E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə163/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Tashxisi. Klinik tashxis anamnestik ma’lumotlar (notanish hayvonlar tishlashi, uzoq davom etgan yashirin davr), gidrofobiya, aerofobiya, falajlanishlar, progressiv rivojlanishlar asosida qo‘- yiladi. O‘lganda miya tekshiriladi. Miyaning har xil bo‘limlari — katta yarim sharlar po‘stlog‘i, miyacha, uzunchoq miya va Ammonov shoxidan 0,5—1 sm kattalikda bo‘lakcha olinadi. Spetsifik kiritmalar

  1. Yuqumli kasalliklar

  • Babesh-Negri tanchalarining topilishi tashxisning tasdig‘i hisoblanadi, ular hujayra ichida va tashqarisida aniqlanishi mumkin. Fluoressentlanuvchi antitelolar usulida yanada tezroq natija olish mumkin. Bu usul yordamida miya to‘qimasi yoki jag‘ osti so‘lak bezlarida quturish virusi antigeni aniqlanadi. Infeksiya tushgan material bilan ishlaganda o‘ta xavfli infeksiya qo‘zg‘atuvchilari uchun belgilangan barcha qoidalarga rioya qilish kerak.

Davolash. Quturishning spetsifik davosi ishlab chiqilmagan. Klinik belgilar paydo bo‘lganidan keyin bemorni asrab qolishning iloji yo‘q. Simptomatik davo uning azoblanishini kamaytirishga qaratilgan bo‘ladi. Quturish bilan kasallangan bemor tinch holat va tashqi ta’sirlar shovqin, yorug‘lik, suvdan himoyalanishga muhtoj bo‘l- gani uchun, uni tinch, qorong‘ilatilgan palataga joylashtiriladi. Bemor uchun individual post tashkil qilinadi. Bemor azobini kamaytirish uchun og‘riqsizlantiruvchi preparatlar, narkotiklar va talvasaga qarshi preparatlar (morfin gidroxlorid, omnopon, amina- zin, xloralgidrat huqna shaklida) tayinlanadi. Qo‘zg‘algan bemorlar yotoqda ip panjaralar ostiga yotqiziladi va kuzatib turiladi. Falajlanish davrida nafas va yurak faoliyatini yaxshilovchi moddalar qo‘llanadi va o‘pkani sun’iy ventilyatsiya qilinadi. Reanimatsiya tadbirlari bilan birga antirabik immunoglobulinni qo‘llash hozircha samara bergani yo‘q.
Kasallikning oqibati hamisha yomon. Gidrofobiya xuruji paydo bo‘lganidan 1—3 kundan keyin kasallik o‘lim bilan tugaydi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin