E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə168/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Kasallik profilaktikasi infeksiya o‘chog‘ida ishlayotgan xodimlarning shaxsiy ehtiyotkorligi va sanitar-veterinar tadbirlardan iborat. Uy hayvonlari o‘rtasida oqsim kasalligi bilan kurashishda vaksinatsiya, karantin tadbirlar va dezinfeksiya muhim ahamiyatga ega.
Endemik joylarda albatta sutni pasterizatsiya qilish va qaynatish zarur. Yog‘ pasterizatsiya qilingan yoki qaynatilgan qaymoqdan tayyorlanishi kerak. Kasal hayvonlarni parvarishlaganda albatta ehtiyot choralari ko‘rilishi shart, ya’ni qo‘llarni yuvish, maxsus kiyimlar — kleyonkali fartuk, rezina qo‘lqoplar, etiklar va bosh­qalar kiyish buyuriladi. Oqsim kasalligi bo‘yicha xavfli bo‘lgan xo‘jaliklarda o‘smirlar va qo‘l terisida mikrojarohati bo‘lgan kishilar ishga qo‘yilmaydi.
Aholi orasida muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib bori- lishi zarur.
Nazorat savollari

  1. «Birlamchi afta» nima?

  2. Oqsim kasalligida uchraydigan xarakterli toshmalar haqida gapirib bering.

  3. Oqsimda qanday serologik reaksiyalar qo‘llanadi?

  4. Oqsimni davolash haqida gapirib bering.

  5. Oqsim profilaktikasi nimalardan iborat?

Manqa (malleus)
Manqa — o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, septik kechishi, teri, shilliq qavatlarda pustulalar, yaralar hamda ichki a’zolarda ko‘plab abssesslar paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin