E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


-rasm. Manqa. Oyoqlarda yaralar hosil bo‘lishi



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə170/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   236
yuqumli-kasalliklar

49-rasm. Manqa. Oyoqlarda yaralar hosil bo‘lishi.
o‘pincha yuz terisi zararla- nadi. Burundan yashil tusda shilliq aralash yiringli ajralmalar keladi.
Keyinchalik jarayon mushaklar va ichki a’zolarga o‘tadi, u yerda abs­sesslar paydo bo‘ladi. Ko‘krak- dagi og‘riq va yo‘tal bemorni be- zovta qiladi, bunda yiringli yoki qon aralash ajralma keladi. Lablar ko‘karadi, nafas olish qiyin- lashadi, o‘pkada xirillashlar eshitiladi, yiringli artritlar rivojlanadi. Yurak chegaralari kengayib, puls tezlashadi va gipotoniya kuzatiladi. Jigar va taloq kattalashadi. Kasallikning keyingi davrlarida septik ich ketishlar kuzatiladi. O‘tkir manqa 2—5 hafta davom etadi.
Surunkali manqa asta-sekinlik bilan rivojlanib, qayta zo‘rayishlar va remissiyalar shaklida kechadi. Bemorlarda umumiy intoksikatsiya, isitma, ko‘p miqdordagi pustulalar va ularning yaralar hosil bo‘lishiga moyilligi kuzatiladi. Mushaklarda abssesslar hosil bo‘ladi, ularning ochilishi (yorilishi) natijasida oqma yaralar vujudga keladi. Ko‘p sonli abssesslar bilan kechadigan pnevmoniya rivojlanadi. Manqaning surunkali shaklida bemorlarda kuchli oriqlash (kaxek- siya) kuzatiladi.
Tashxisi. Tashxis qo‘yish xarakterli klinik belgilar va epide- miologik ma’lumotlarga asoslanadi. Tashxis bakteriologik tekshi- rishlar bilan tasdiqlanadi. Bakteriologik va bakterioskopik tekshi­rishlar uchun yaralardan ajralgan oqmalar, balg‘am, qon, zarar- langan limfatik tugunlardagi abssess punktati tekshirish materiali bo‘lib xizmat qiladi. Material glitserinli agar yoki glitserinli kar- toshkaga ekiladi.
Biologik sinama o‘tkazish uchun erkak dengiz cho‘chqalaridan foydalaniladi. Tekshirish materiali qorin parda ichiga yuboriladi. 3—5
kundan keyin erkak dengiz cho‘chqasida orxit (Shtraus fenomeni) rivojlanadi. 8—15 kundan keyin manqa yuqtirilgan cho‘chqalarning ko‘pchiligi o‘ladi. Kasallikning avj olgan davrida ular o‘ldiriladi, ularning a’zo hamda to‘qimalaridan bakteriologik tekshirishga materiallar olinadi.
Serologik tekshirish usullaridan KBR va PGAR qo‘llanadi.
Manqa tashxisini tasdiqlash uchun allergik sinama muhim ahami­yatga ega. Teri ichiga 0,1 ml malein (100 marta eritilgan manqa tayoqchalari bulyonli kulturasining 4 haftalik filtrati) yuboriladi. Ijobiy reaksiya kuzatilganda 24—48 soatdan keyin malein kiritilgan joyda giperemiya, shish, og‘riq va tana harorati ko‘tarilishi tarzida organizmning umumiy reaksiyasi kuzatiladi. Sinama kasallikning 10—15- kunidan boshlab ijobiy natija beradi.
Davolash. Sutkasiga 5—7 g dan 1 oy davomida quvvatlantiruvchi vositalar (vitaminlar, oksigenoterapiya, qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar) bilan birga sulfatiazol qo‘llanadi. Ikkilamchi infeksiya qo‘shilganda antibiotiklar tayinlanadi. Simptomatik preparatlardan yurak-tomir va og‘riq qoldiruvchi preparatlar ishlatiladi. Abssesslar rivojlanganda jarrohlik operatsiyalari o‘tkaziladi. Sulfanilamidlar bilan vaksinaterapiya qo‘llash samarali usullardan hisoblanadi. Buning uchun malein o‘sib boruvchi miqdorda teri ostiga yoki ichiga yuboriladi.
Manqa o‘z vaqtida davolanmasa oqibati hamisha yomon tugaydi. Surunkali manqada o‘lim hollari 50% gacha kuzatiladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin