E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə18/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Immunoprofilaktika — bu immun preparatlar yuborish yo‘li bilan inson organizmini himoyalashdir. Immunoprofilaktika maqsa- dida ishlatiladigan preparatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. sun’iy faol immunitet hosil qiladigan preparatlar;

  2. faol bo‘lmagan immunitet hosil qiladigan preparatlar;

  3. qo‘zg‘atuvchining o‘sish va ko‘payishini to‘xtatuvchi pre- paratlar.

Birinchi guruh preparatlarga vaksinalar va anatoksinlar kiradi.

  • a k s i n a l a r — faol immunitet hosil qilish maqsadida ishlatiladigan preparatlardir. Bu nom sigir (vacca — sigir)dan yuqumli material olib, undan chinchechakka qarshi vaksina yara- tishda foydalangan ingliz olimi Eduard Jenner sharafiga berilgan. Bu preparatlar yordamida immunizatsiya qilish — vaksinatsiya deyiladi. Vaksinalar maxsus tanlab olingan mikroorganizmlar shtammla- ridan tayyorlanadi. Bu shtammlar birinchi navbatda to‘liq immuno­gen xususiyatiga ega bo‘lmog‘i va odam organizmida yetarli miqdorda antitelolar hosil bo‘lishini ta’minlashi lozim.

Vaksinalar 2 xil bo‘ladi: tirik va o‘lik.
Tirik vaksinalar. Bu turdagi vaksinalar virulentligi pasaytiril- gan, ammo immunogenlik xossalarini saqlab qolgan maxsus olin- gan mikroorganizm (bakteriyalar, viruslar)lar shtammlaridan tay­yorlanadi. Tirik vaksinalar uzoq muddatli immunitet hosil qiladi. Chinchechakka qarshi vaksinaning ommaviy qo‘llanilishi natijasida 1979-yillarga kelib bu kasallik butun dunyoda batamom tugatildi.
Bugungi kunda tirik vaksinalar qator virusli, rikketsioz va bakterial infeksiyalar profilaktikasida qo‘llanilmoqda. Bunday vaksinalarga quturish (antirabik vaksina), sil (BSJ), tularemiya, poliomiyelit, qizamiq, epidemik parotit va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi.
O‘lik vaksinalar. Bular natriy xlorid eritmasidagi o‘lik mikro- organizmlar suspenziyasidir. Ular maksimal immunogen xossalarga ega bo‘lgan mikroblar turlaridan tayyorlanadi. Vaksinalar har xil usullar yordamida faolsizlantiriladi. Bular yuqori harorat, ultra- binafsha nurlar, ultratovush, kimyoviy moddalar (fenol, formalin, spirt, aseton va b.)dir. Tirik vaksinalarga nisbatan o‘lik vaksinalar ham immunogenlikka ega. O‘lik vaksinalarga ko‘kyo‘tal (AKDS vaksinasi komponenti), qorin tifi, vabo, leptospiroz va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi.
A n a t o k s i n l a r — formalin va issiqlikning uzoq ta’siri natijasida yuqumsizlantirilgan toksinlardir. Anatoksin (ana — teskari, orqaga) tayyorlash uchun toksinga ozroq miqdorda 0,3—0,4% formalin qo‘shiladi va 30—32 kun davomida 37°C haroratda saqlanadi. Natijada toksin zaharliligini yo‘qotadi, lekin immunogen xossalarini saqlab qoladi. Anatoksinni ishlatganda uzoq muddatli anatoksik immunitet hosil bo‘ladi. Bugungi kunda tozalangan va adsorblangan anatok- sinlar qo‘llanmoqda.
Ayrim turdagi vaksinalar gen-injeneriyasi texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilmoqda, masalan, B gepatitga qarshi ishlab chiqilgan DNK-rekombinant vaksina bunga misol bo‘ladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin