Leyshmaniozlar — protozoy transmissiv kasalliklar guruhi bo‘lib, ko‘pincha ichki a’zolar (visseral leyshmanioz) yoki teri va shilliq pardalar (teri leyshmaniozi) zararlanishi bilan xarak- terlanadi. Etiologiyasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchilari — leyshmaniyalar. Leish- mania tropicaantroponoz (shahar tipidagi) teri leyshmaniozini qo‘zg‘atadi. Leishmania major — zoonoz (cho‘l, qishloq tipidagi) teri leyshmaniozini qo‘zg‘atadi. Leishmania braziliensis— teri va shilliq qavatlar (Amerika tipidagi) leyshmaniozni qo‘zg‘atadi. Leishmania donovani visseral yoki ichki leyshmanioz (Hindiston kala-azari)ni qo‘zg‘atadi. Leishmania infantum— visseral (O‘rtayer dengizi tipidagi) leyshmaniozni qo‘zg‘atadi. Leyshmaniyalar rivojlanish davrini ikki bosqichda o‘taydi: xivchinsiz va xivchinli. Xivchinsiz shakli oval shaklida bo‘lib, uzunligi 2—6 mkm ga teng. Yadrosi sharsimon shaklda, hujayraning uchdan bir qismini egallaydi. Yadroning yonida kinetoplast bo‘lib, kalta tayoqchani eslatadi. Romanovskiy usulida bo‘yaganda sitoplazma osmon rangida, yadro — qizg‘ish-binafsha rangda, kinetoplast esa yadroga nisbatan intensivroq rangda bo‘yaladi. Ular umurtqali xo‘jayini (odam, itlar, kemiruvchilar) tanasida uchraydi, makrofaglarda, ilik, taloq va jigar hujayralari ichida parazitlik qiladi. Bitta zararlangan hujayrada bir necha o‘nlab leyshmaniyalar aniqlanadi. Ular oddiy bo‘linish yo‘li bilan ko‘pa- yadi. Xivchinli shakli harakatchan bo‘lib, uning xivchini 10—20 mkm gacha uzunlikka ega. Uzunasiga bo‘linib ko‘payadi. Umurtqasiz xo‘jayini hisoblangan iskabtopar (tarqatuvchi) organizmida rivoj- lanadi. Leyshmaniyalar oziq muhitlarda, rivojlanayotgan tovuq embrioni hamda to‘qimalar kulturasida o‘stiriladi.