Rejali profilaktik emlashlar taqvimi (Qzbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan 09.97-yil tasdiqlangan)
Vaksinatsiya muddati
Emlashning nomi
Vaksinaning nomi
1 sutkada
B gedatitga qarshi
VGV-1
2-5 kunda
Silga qarshi Poliomiyelitga qarshi
BSJ-1 OPV-0
2 oylikda
Difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘talga qarshi Poliomiyelitga qarshi B gedatitga qarshi
AKDS-1 OPV-1 VGV-2
3 oylikda
Difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘talga qarshi Poliomiyelitga qarshi
AKDS-2 OPV-2
4 oylikda
Difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘talga qarshi Poliomiyelitga qarshi
AKDS-3 OPV-3
9 oylikda
Qizamiqqa qarshi B gedatitga qarshi
Qizamiq-1 VGV-3
16 oylikda
Difteriya, qoqshol, ko‘kyo‘talga qarshi Poliomiyelitga qarshi Qizamiqqa qarshi Edidemik darotitga qarshi
AKDS-4 OPV-4 Qizamiq-2 Ediddarotit-1
7 yoshda (1-sinf)
Difteriya, qoqsholga qarshi Poliomiyelitga qarshi Silga qarshi
5 -m--52 -- 2 DPS AOB
15 yoshda (9-sinf)
Silga qarshi
BSJ-3
16-17 yoshda
Difteriya, qoqsholga qarshi
ADS-m-6
26 yoshda
Difteriya, qoqsholga qarshi
ADS-m-7
46 yoshda
Difteriya, qoqsholga qarshi
ADS-m-8
Mazkur taqvimni amalda qo‘llash natijasida bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha muammo hisoblangan B virusli gepatit ham kamaytirildi.
Har qanday vaksina va erituvchini ishlatishdan oldin tekshirib ko‘rish zarur. Bunda flakon — ampulaning etiketkasi borligi, vaksinaning to‘g‘ri tanlanganligi, vaksina yoki erituvchining muddati tugamaganligi tekshiriladi. Ifloslanish (kontaminatsiya) ehtimoliga alohida e’tibor beriladi, ya’ni flakonning, darz ketma- ganligi, ichidagi suyuqlikning oqmaganligi, flakon ichida suzib yurgan narsalar yoki boshqa ifloslanish belgilari yo‘qligi sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiriladi. Flakon qopqog‘i igna bilan teshilgan bo‘lsa vaksina yoki erituvchi ifloslangan hisoblanadi.To‘la bo‘lmagan flakonlardan vaksinani bir flakonga yig‘ish vaksinani ifloslantiradi. Har qanday shubhali flakon yo‘q qilinishi shart.
Vaksinalar sezgir biologik preparatlar sifatida ma’lum rejimda saqlanishi lozim. Turli vaksinalarni saqlashda harorat rejimining buzilishi ularning samaradorligini pasaytirishdan tashqari, ularni qo‘llaganda turli xil asoratlarga olib kelishi mumkin. Masalan, muzlatilgan adsorblangan preparatlarni qo‘llash allergik reak- siyalarga olib kelsa, yuqori haroratda saqlangan odam immuno- globulinini qo‘llash kollaptoid holatga sabab bo‘ladi.
Ko‘pgina vaksinalar, ayniqsa BSJ va qizamiqqa qarshi vaksina, yorug‘likka juda sezgirdir. Shu sababli ularni doimo qorong‘i joyda saqlash zarur. Vaksinalar odatda muzlatgichlar, termokonteynerlar va vaksinalarni saqlashga mo‘ljallangan maxsus sumkalarda saqlanishi kerak.
Davolash-profilaktika muassasalari (poliklinika, QVA — qishloq vrachlik ambulatoriyalari, QVP — qishloq vrachlik punktlari, FAP
feldsher-akusherlik punktlari)da barcha vaksinalar ko‘pi bilan 1 oygacha muddatda 0°C dan + 8°C haroratda saqlanadi. Poliklinika yoki boshqa davolash-profilaktika muassasalarida vaksinalar uy sovutgichlarida ham saqlanishi mumkin. Bu vaqtda sovutgichda termometr bo‘lishi shart va har kuni 2 marta harorat qayd etib boriladi. Sovutgichda harorat tez ko‘tarilishini e’tiborga olib, sovutgich eshigini zaruratsiz bir daqiqa ham ochish mumkin emas. Xona harorati 20°C bo‘lgan vaqtda eshigi ochilgan sovutgichda 30 sekund ichida haroratning 4°C dan 12°C gacha ko‘tarilishi isbot- langan.
Haroratni qayta 4°C gacha tushirish uchun kamida 20—30 minut vaqt kerak bo‘ladi. Elektroenergiya bo‘lmay qolishi mumkinligini inobatga olgan holda muzlatgichning muzlatish kamerasida muzli paketlar bo‘lishi shart.
Sovutgichdagi muzlar o‘z vaqtida eritib turiladi. Bu vaqtda vaksinalar vaqtincha termokonteynerga o‘tkaziladi. AKDS, ADS, ADS-m, AS va B gepatitga qarshi vaksinalar muzlatilgan (0°C dan past bo‘lgan harorat)da buziladi. Shuning uchun bu vaksinalarni muzlatish kamerasida saqlash mumkin emas. BSJ, OPV, qizamiq hamda parotitga qarshi vaksinalarni muzlatish mumkin.
V
■mkta
ItiriiiL'hi M II a Hut <|fl '1|.1П|Г
£ Ulllalmaun
fl ^ IshUlinani; s
7-rasm. Vaksinali flakon termoindikatori (FTI). aksinalar faolligi maxsus indikatorlar yordamida tekshiriladi. Ulardan biri nazorat kartochkali indikator bo‘lib, u to‘rtta darchadan iborat. +10°C dan yuqori bo‘lgan haroratda birinchi uch darcha rangi oq rangdan moviy (havo rang)ga o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda har bir flakonda vaksinaning faolligini vizual (ko‘zdan kechirish orqali) tekshirish imkonini beradigan yangi indikator — vaksinali flakon termoindikatori (FTI) keng qo‘llanmoqda (7-rasm). FTI — yopishtirilgan termo- sezgir qog‘oz bo‘lib, ma’lum vaqt issiqlik ta’sirida o‘z rangini o‘zgartiradi. Odatda ichki kvad- rat rangi tashqi aylana rangiga nisbatan och bo‘lishi kerak: kvadrat rangi tashqi aylana bilan bir xil yoki unga nisbatan to‘qroq bo‘lsa, bunday vak- sinalarni ishlatish yaramaydi.
FTI yordamida tibbiy xodim qaysi flakon yaroqli, qaysi biri yaroqsizligini aniqlaydi. FTIli flakonda ichki kvadrat to‘q rang ola boshlasa-da, lekin u tashqi doira rangidan ochroq bo‘lsa, ular ichki kvadrati ochroq flakonlardan avval ishlatilishi lozim. Shu bilan tibbiy xodim yo‘q qilinadigan vaksinali flakonlar sonini keskin kamaytiradi. Bu ikki xil indikator past harorat ta’sirini ko‘rsata olmaydi. Bu maqsadda muzlatish indikatorlaridan foydalaniladi. Bunday indikator plastik tiniq g‘ilofdagi juda kichkina kapsula bo‘lib, ichida qizil suyuqlik bor. Harorat bir soatdan ortiq vaqt ichida 0°C dan past bo‘lsa, kapsula
— Yuqumli kasalliklar
yorilib, oq qog‘ozda qizil dog‘ yoyiladi. Bu ko‘rsatkich vaksinaning muzlaganligini bildiradi.
Profilaktik vaksinalar teri ostiga, teri orasiga, mushak orasiga, og‘iz orqali yuborilishi mumkin. Vaksinadan keyin organizmning allergik reaksiyasi, tana haroratining ko‘tarilishi, ensefalitlar, talvasa sindromi va boshqa asoratlar kuzatilishi mumkin.
«Xavfsiz inyeksiyalar» dasturining qoidalari Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, bir yil davomida dunyo bo‘yicha 12 milliard inyeksiya qilinadi. Tibbiy xodimlar ayniqsa muolaja va emlash xonalari hamshiralari orasida shpirs ignasining bexosdan sanchilish xavfi ancha yuqori bo‘ladi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, inyeksiyalar bilan bog‘liq bo‘lgan qon orqali yuqadigan infeksiyalar soni dunyo miqyosida quyi- dagicha: 8—16 mln odam B gepatitni, 2,3—4,7 mln odam S gepa- titni va 80—160 ming odam OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) infeksiyasini inyeksiyalar orqali yuqtiradi. Ayniqsa, B gepatit juda yuqumli bo‘lib, mazkur virus bir haftagacha saqlanib qoladi.
«Xavfsiz inyeksiyalar» dasturiga asosan har bir kelgan bemor va sog‘lom potensial infeksiya manbai deb qaralishi va shunga yarasha ehtiyot choralari ko‘rilishi zarur.
Xavfsiz inyeksiyalar mohiyati quyidagilardan iborat:
1) bemorga ziyon yetkazmaslik (bir martalik shpris va ignalarni ishlatish); 2) tibbiyot xodimini infeksiya yuqish xavfiga duchor qilmaslik (vaholanki bundan saqlanish mumkin); 3) atrof-muhit va aholi uchun xavfli chiqindilarni qoldirmaslik.
Xavfli inyeksiyalar yuqumli (B, S virusli gepatitlar, OITS, abssesslar, qoqshol) yoki yuqumsiz (travmatik falajlanishlar, toksik anafilaktik shok va b.) asoratlarga olib kelishi mumkin. Ko‘pincha shpris ignasi bilan bexos jarohatlanishlar inyeksiyalar vaqtida yoki inyeksiyadan keyin ro‘y beradi. Tibbiy hamshira igna bilan qancha ko‘p harakat qilsa, bexosdan jarohatlanish ehtimoli shuncha ko‘p bo‘ladi. Ko‘pchilik inyeksiya vaqtida (bemorning keskin harakat- lanishi natijasida) va inyeksiyadan keyin shprisni yuvganda, ignani shprisdan olganda, ignaga qalpog‘ini qayta kiygizganda, shprisdan ishlatilgan ignani olib tashlashda jarohatlangan. Bundan tashqari ochiq holdagi ignalari bo‘lgan chiqindilarni vaqtida yo‘q qilinmasligi ham igna bilan jarohatlanish xavfini tug‘diradi.
Inyeksiyalar bilan bog‘liq ko‘p asoratlar infeksiyali hisoblanib, ular asosan steril bo‘lmagan tibbiy asboblardan foydalanish orqali yuzaga keladi. Bular nafaqat inyeksiya oluvchilar, balki inyeksiya qilgan xodimlar uchun ham xavflidir.
Qon orqali o‘tadigan kasalliklar (B va S gepatitlar, OITS) quyidagicha o‘tishi mumkin:
bemordan bemorga (kontaminatsiyalangan, ya’ni qon va boshqa biologik suyuqliklar bilan ifloslangan tibbiy asboblarni ishlatish natijasida);
bemordan tibbiy xodimga (masalan, ishlatilgan ignalarni noto‘g‘ri yo‘q qilish yoki unga qopqoqchasini qayta kiygizish uchun ignani tasodifan sanchib olish natijasida);
d) bemordan aholiga (bemorga inyeksiya qilingan shprislar o‘z vaqtida kuydirish yo‘li bilan yo‘q qilinmasligi natijasida). Aholi ifloslangan ignalarning tasodifan sanchilishi yoki kontaminatsiyali tibbiy asboblardan tibbiy muassasadan tashqarida qayta foydalanish orqali kasallik yuqtirib olishi mumkin.
Inyeksiyani bajarishda preparat ehtiyotkorlik bilan qoida bo‘yicha steril shprislar (ignalar) yordamida yuborilsa va u xavfsiz yo‘q qilinsa, bu inyeksiya xavfsiz o‘tkazilgan inyeksiya hisoblanadi. Inyeksiyalarni bajarishda tirnoqlar kalta olingan bo‘lib, qo‘llarda taqinchoqlar bo‘lmasligi kerak. Quyidagi qoidalarga amal qilish xavfsiz inyeksiyalar asosi hisoblanadi:
Ozoda va qulay ish joyi:
preparatlar yorug‘lik va issiqlik ta’sirida qolmasligi uchun qorong‘ida va sovutgichda saqlanadi;
ish stoli bemor qo‘li yeta olmaydigan joyda turishi zarur;
ish joyida qon va boshqa biologik ajratmalar bilan ifloslanish bartaraf qilinadi;
o‘tkir asbob (igna)lar yig‘iladigan quti bexosdan jarohat- lanmaslik uchun doimo kuzatiladigan joyda hamshira nazoratida bo‘lishi kerak;
ishlatilgan shpris va ignalar yig‘iladigan quti shpris va igna bilan ortiqcha harakat qilmaslik uchun tibbiy xodimga yaqin joylash- tirilishi kerak;