E. I. Musaboyev, A. Q. Bayjanov Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya Tibbiyot kollejlari uchun o ‘quv qo ‘llanma «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,2 Mb.
səhifə200/236
tarix26.11.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#135417
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   236
yuqumli-kasalliklar

Odam kasallikni yetarlicha termik ishlanmagan sarkosistalar bo‘lgan mol yoki cho‘chqa go‘shtini iste’mol qilganda yuqtiradi.
Ichak sarkosistozi klinikasi ishtaha pasayganligi, ko‘ngil aynishi, qorin dam bo‘lishi, qorinda og‘riq va ich ketishi bilan xarakterlanadi. Cho‘chqa go‘shti bilan zararlanganda kasallik klinikasi yaxshi seziladi. Kasallik infeksiya tushgan go‘shtni yegandan 3—8 soat o‘tgach boshlanadi va bir necha kundan 3 haftagacha davom etishi mumkin.
Mushak sarkosistozi odatda belgilarsiz kechadi, ayrim hollarda miozit, mialgiyalar va terida allergik toshmalar kuzatiladi. Bu vaqtda qon tekshirilganda eozinofiliya aniqlanadi.
Tashxis qo‘yish uchun bemor najasi tekshiriladi. Yangi ajralgan najasda sporosistalar uchraydi. Sporosistalar kasallik yuqtirgandan keyin 9-kundan boshlab najasda paydo bo‘ladi. Ularning eng ko‘p miqdori 14—22-kuni kuzatiladi. Sporosistalar najasda uzoq vaqt saqlanmaydi.
Mushak sarkosistozi tashxisi uchun biopsiya o‘tkaziladi va zararlangan o‘choqdan olingan surtma va gistologik kesmalar tekshiriladi. Bulardan tashqari, tashxis uchun mushaklarni tripsin bilan parchalash usullari ham keng qo‘llanadi.
Profilaktikasi boshqa protozoy invaziyalaridagi kabi o‘tkaziladi.
Nazorat savollari

  1. Sarkosistoz qo‘zg‘atuvchilari — sarkosistalarning qanday turlarini bilasiz?

  2. Odam sarkosistozni qanday yuqtiradi?

  3. Mushak sarkosistoziga qanday qilib tashxis qo‘yiladi?

  4. Sarkosistoz profilaktikasi qanday o‘tkaziladi?

Koksidioz (coccidiosis)
Qo‘zg‘atuvchilari — koksidiyalardir (lotincha coccus — yuma- loq). Odamda koksidiyalarning bitta turi — Isospord belli parazitlik qiladi.
Koksidiyalar jinssiz va jinsiy yo‘l bilan rivojlanadi. Ingichka ichak shilliq qavati epitelial hujayralarida ko‘payadi.
Kasallik yuqtirgan odam najasi bilan oosistalar ajraladi. Ular rangsiz tiniq ko‘rinishda bo‘lib, 20—30 mkm uzunlikka ega va parda bilan qoplangan. Oosistalar ovalsimon shaklda bo‘lib, yangi ajralgan najasda ular yetilmagan holda uchraydi. Xona haroratida 2—3 kun davomida ko‘ndalangiga bo‘linadi va ikkita 12—14 mkm uzunlikdagi sporosistalar hosil bo‘ladi.
Tashqi muhitda oosistalar bir necha oy saqlanadi. Odam yetilgan oosistalarni ifloslangan suv va ovqatlar bilan yutganda ichakda ulardan sporozoitlar ajraladi. Sporozoitlar ichak devorlari hujay- ralariga kiradi va u yerda rivojlana boshlaydi.
Koksidiyalar epiteliy hujayralarida rivojlanib, ularni parchalaydi va yallig‘lanish vujudga keladi. Ba’zi hollarda ingichka ichak shilliq qavatida yaralar va eroziyalar paydo bo‘ladi.
Kasallikning yashirin davri 6 kundan 10 kungacha davom etadi. Kasallik o‘tkir boshlanib, bosh og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi va qorindagi og‘riq bezovta qiladi. Tana harorati ko‘tarilishi mumkin. Koksidioz enterit va enterokolit shakllarida o‘tadi. Kasallik odatda sog‘ayish bilan yakunlanadi.
Koksidiyalarning oosistalari najasni mikroskopiya qilganda va ba’zida bemorlarni duodenal zondlashda aniqlanadi. Ularni aniqlash uchun boyitish usullaridan ham foydalaniladi.
Shuni esda tutish kerakki, kasallikning o‘tkir shaklida oosistalar bo‘lmaydi. Ular najasda kasallikning 10-kunidan keyin, ya’ni sog‘ayish bosqichida klinik belgilar pasayganda paydo bo‘ladi. Najas bu vaqtga kelib shakllangan holda bo‘ladi va shuning uchun odatda uni laboratoriya usulida tekshirilmaydi.
Oosistalar topilganda fekaliyalar 2—3 kun davomida Petri kosachalariga joylashtiriladi va unga natriy dixromatning 2% li eritmasi quyiladi. Keyingi mikroskopiya va yetilgan oosistalarning topilishi tashxis qo‘yishda qo‘zg‘atuvchi turini aniqlash imkonini ham beradi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin