ha — ayrim bemorlarda kasallikning birinchi kunlari ich ketishi va qorinda og‘riq kuzatilishi mumkin.
yo‘q — difteriya o‘ta xavfli infeksiyalar guruhiga kirmaydi.
ha — toshmalar chinchechak kasalligining asosiy belgilaridan hisoblanadi.
E — gripp, ornitoz, difteriya, chinchechak, paragripp kabi kasalliklar nafas yo‘llari infeksiyalari hisoblanadi.
E — gripp kasalligi qo‘zg‘atuvchilari filtrlanuvchi viruslar hisoblanadi va uning bir necha turlari mavjud.
B — paragrippning yashirin davri 3—4 kun davom etadi (bu davr 2 kungacha qisqarishi va 7 kungacha cho‘zilishi mumkin).
E — adenovirusli infeksiya o‘tkir boshlanib, et uvushishi, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq kuzatilishi, isitma chiqishi, ba’zi hollarda ich ketishi mumkin.
B — I darajali toksik difteriyada shish bo‘yinning o‘rtasigacha, II darajalida — o‘mrov suyagigacha va III darajalida — o‘mrov ostigacha yetadi.
D — meningokokksemiya meningokokklarning qonga tushishi (sepsis) bo‘lib, badan terisida gemorragik toshmalar paydo bo‘ladi.
E — meningokokkli meningitda lumbal punksiyada suyuqlik loyqa bo‘lib, u bosim bilan chiqadi. Tarkibida hujayra elementlari sonining oshganligi aniqlanadi.
E — meningokokk infeksiyasida penitsillinning yuqori miqdorda tayinlanishiga sabab gematoensefalik to‘siqdan o‘tishdir.
E — mayda qontalashlar (toshmalar) va ikki to‘lqinli isitma chinchechakning xarakterli belgilaridan hisoblanadi.
C — bir yadroli elementlar — monositlar va limfositlarning oshishi mononukleoz nomi va mohiyatini belgilaydi.
E — infeksion mononukleozning spetsifik davosi ishlab chiqilmagan.
A — ornitozda kasallik manbai va rezervuari uy qushlari va yovvoyi qushlar hisoblanadi.
B — adenovirusli infeksiyalarda limfoid to‘qimalar va nafas yo‘llari, ko‘z, ichak shilliq pardalari zararlanishi va kuchli bo‘lmagan intoksikatsiya kuzatiladi.
C — chinchechak virus tabiatli o‘ta yuqumli infeksiya bo‘lib, intoksikatsiya, ikki to‘lqinli isitma va o‘ziga xos toshmalar — papula, vezikula va pustulalar bilan kechadi.
B — difteriya yurak-qon tomirlar va nerv sistemalari zararlanishi, mahalliy fibrinoz parda hosil bo‘lishi va umumiy intok- sikatsiya bilan kechadigan yuqumli kasallikdir.
Qon (transmissiv) infeksiyalar bo‘yicha testlarning javoblari yo‘q — toshmali tif faqat bu kasallikka chalingan bemorlardan yuqadi.
ha — Ku-isitma teri va shilliq qavatlar orqali yuqishi mumkin.
yo‘q — gemorragik isitmalar asosan kanalar va sichqonsimon kemiruvchilardan yuqadi.
yo‘q — OITS o‘pishganda yuqmaydi, so‘lak bilan juda kam miqdorda ajraladi.