3 g kaliy xlorid, 0,16 g kalsiy xlorid va 0,1 g magniy xlorid qo‘shib tayyorlanadi.
Venaga dastlab 38—40°C gacha ilitilgan poliion eritmalar yuboriladi. Bu eritmalar II darajali suvsizlanishda 40—48 ml/min, og‘ir va o‘ta og‘ir shakllarida (III—IV darajali suvsizlanishda) 100—120 ml/min tezlik bilan yuboriladi va so‘ngra kamaytiriladi. 2 l eritma yuborilgandan keyingi yuborishlar sekinlashtiriladi, asta-sekin 10 ml/min gacha pasaytiriladi. Bolalarda suyuqliklarni bunday usulda yuborish tez giper- gidratatsiya (suyuqlikning ko‘payib ketishi) ga olib keladi va natijada miya hamda o‘pka shishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun venaga suyuqliklar sekin va doimiy vrach nazoratida yuborilishi zarur. Odatda eritmalarni yubora boshlagandan 15—25 min o‘tgach bemorda tomir urishi va arterial bosim tekshiriladi. 30—45 minutdan keyin nafas yetishmovchiligi yo‘qoladi, sianoz kamayadi, ovoz paydo bo‘ladi. 4—6 soatdan keyin bemor ahvoli ancha yaxshilanadi. U mustaqil o‘zi suyuqliklar icha boshlaydi. Bu vaqtga kelib organizmga yuborilgan suyuqlik hajmi odatda 6—10 /ni tashkil etadi. Erishilgan holatni ushlab turish uchun davom etayotgan suv va elektrolitlar yo‘qotishni korreksiya qilish zarur. Bemor qayt qilish, najas va siydik orqali qancha suyuqlik yo‘qotsa, shuncha eritma («kvartasol», «asesol», «xlosol») yuborish lozim. Bunda katta yoshdagi odam bir sutkada nafas va teri orqali 1—1,5 /suyuqlik ajratishini ham hisobga olish zarur. Pirogen reaksiyalar (et uvushishi, tana haroratining ko‘ta- rilishi) kuzatilsa, eritmalarni yuborish to‘xtatilmaydi. Eritmaga 1% li dimedrol eritmasidan 1—2 ml yoki pipolfen qo‘shiladi. Kuchli reaksiyalarda prednizolon (30—60 mg/sut) tayinlanadi. Natriy xloridning izotonik eritmasi bilan davolash yaramaydi, chunki u kaliy va natriy gidrokarbonat tanqisligining o‘rnini to‘ldira olmaydi. Hujayralarning ikkilamchi suvsizlanishi bilan kechadigan plazma giperosmotikligiga olib kelishi mumkin. Bu eritmani qisqa muddatli yuborish mumkin, lekin albatta keyinchalik standart eritmalar — «trisol», «kvartasol» va boshqalarga o‘tiladi. Bemorni shokdan chiqarishda aylanib yuruvchi (sirkulyatsiya) qonning hajmi tiklanmagunga qadar yurak glikozidlarini qo‘llash mumkin emas. Chunki qonning quyuqlashishi miokardga mexanik ta’sirni oshiradi. Sog‘ayish davrida kaliy tuzlari, ko‘pincha eritmalar shaklida tayinlanadi. Bunda uning tarkibi quyidagicha bo‘ladi. 1 /suvda 100 g kaliy asetat, 100 g kaliy bikarbonat va 100 g kaliy sitrat. Bu eritmani bemor 100 ml dan kuniga 3 mahal ichadi.