Profilaktikasi va o‘choqda o‘tkaziladigan tadbirlar. Bemorlar o‘z vaqtida aniqlanib izolatsiya qilinadi. Meningokokk infeksiyasining tarqalgan shakli bilan og‘rigan bemorlar maxsus bo‘limlar (yoki bokslar) ga yotqiziladi. Nazofaringitli bemorlarni uyda izolatsiya qilish mumkin, bunda tibbiy xodim har kuni bemorni kuzatib turishi shart. Meningokokk tashuvchilar shifoxonaga yotqizilishi shart emas. Sanatsiya to‘rt kunlik levomitsetin bilan davolashdan iborat (kattalarga 5 g dan kuniga 4 mahal, bolalarga — yoshiga qarab). Infeksiya o‘chog‘ida kimyoprofilaktika o‘tkazilmaydi. Har kuni binoni 0,1% li xlorli eritmalar bilan dezinfeksiya qilinadi (joriy dezinfeksiya), xona shamollatiladi, ultrabinafsha nurlar yordamida nurlantiriladi.
Meningokokk tashuvchanlik va u qanday shakllanadi?
Lyumbal punksiya nima va u nima maqsadda o‘tkaziladi?
Meningokokk infeksiyasida nima uchun penitsillin yuqori miqdorda tayinlanadi?
Bemorlarni shifoxonadan chiqarish qoidalari qanday?
Organizmni sanatsiya qilish nima?
Chinchechak (variola vera) Chinchechak — viruslar chaqiradigan yuqori kontagiozli o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, umumiy intoksikatsiya, ikki to‘lqinli isitma va o‘ziga xos toshma (papula, vezikula, pustula) toshishi bilan kechadi. Chinchechak karantin infeksiyaga kiradi. Etiologiyasi.Chinchechak qo‘zg‘atuvchisi virusning alohida turi