e-qaror.gov.uz
15.11.2022
1
2022 - yil 14 -
noyabr
311-10-134-F/22
Ohangaron tuman hokimligi
Ohangaron tumanida
2022-yil 15-noyabrdan 1
5-dekabrgacha
“Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni
o‘tkazish to‘g‘risida
Joriy yilning shu davriga qadar tuman hududida 33 ta yong‘inlar sodir
bo‘lishi oqibatida 2 nafar fuqarolarning halok bo’lishi holatlari qayd etilgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yong‘inlarning asosiy qismi aholi yashash uylarida
sodir bo‘lib, fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya
qilmasliklari oqibatida kelib chiqmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – Favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat komissiyasi
raisining 2022-yil 10-noyabrdagi 49-sonli bayoni ijrosini ta’minlash, shuningdek,
Ohangaron tumani hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar bilan
bog‘liq favqulodda
vaziyatlarni oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash va
yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish
maqsadida:
1. Ohangaron tumani hududida 2022-yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr
kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilsin.
2. Tuman hududidagi barcha (mulkchilik shaklidan qat’iy nazar) korxona,
tashkilot va muassasa rahbarlariga:
- o‘zlari rahbarlik qilayotgan korxona va tashkilotlar hamda muassasalarda
yong‘in xavfsizligi qoidalari bo‘yicha barcha xodimlar yo‘riqnomadan o‘tkazilsin;
- bino va inshoatlarda yong‘in xavfsizligi holati ichki komissiya tomonidan
e-qaror.gov.uz
15.11.2022
2
o‘rganib chiqilsin va aniqlangan nuqsonlar
zudlikda bartaraf etilsin;
- ichki buyruq asosida, yong‘inlar sodir bo‘lganda ishchi-xodimlarni to‘g‘ri
harakat qilishga maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish orqali amaliy
ko‘nikmalari oshirilsin;
- yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar bilan bog‘liq
favqulodda
vaziyatlarda tezkorlik bilan bartaraf etish hamkorlikdagi rejalariga aniqliklar
kiritilsin.
Tuman sektor rahbarlariga:
- Toshkent viloyati hokimining 2022-yil 27-sentabrdagi 521-10-0-Q/22-sonli
qarori asosida tuman kesimida tuzilgan ishchi
guruhlarining faoliyati
jadallashtirilsin;
- tashkil etilgan ishchi guruhlarning ish faoliyatida asosiy e’tibor,
xonadonma xonadon yurib aholi o‘rtasida tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib
borishga qaratilsin;
3. “Ohangarontumangaz” gaz ta’minoti bo’limi (Z.Pirimov), Tuman elektr
tarmoqlari korxonasi bo’limi (Q.Mirzayev):
- Sodir bo‘layotgan yong‘inlarning aksariyati aholining turmushda elektr
energiyasidan va gaz ta’minotidan foydalanishda
xavfsizlik qoidalariga rioya
etilmayotganligi oqibatida kelib chiqayotganligi bois, mahallalarda xonadonbay
profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etsinlar.
Ohangaron tumani
hokimining matbuot kotibi E.O’tbasov:
- “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida amalga oshirilgan barcha tadbirlar
ommaviy axborot vositalarida keng yoritilsin.
4. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi (A.Mamajonov):
- “Yong‘in xavfsizligi oyligi” davomida
tuman Favqulodda vaziyatlar
bo’limining barcha shaxsiy tarkibini jalb etgan holda ishchi guruhlar tarkibida
aholi xonadonlarida, korxona va muassasalarda yong‘in
xavfsizligi holati
o‘rganilsin va aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etishda amaliy yordam ko‘rsatsin;
- “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida barcha amalga oshirilgan chora-
tabirlar umumlashtirilib, joriy yilning 15-dekabriga qadar tuman hokimiga axborot
kiritilsin.