Ehtimollar nazariyasining predmeti va uning iqtisodiy, texnik masalalar uchun ahamiyati



Yüklə 73,55 Kb.
səhifə3/9
tarix13.12.2023
ölçüsü73,55 Kb.
#140168
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ehtimollar nazariyasining predmeti va uning iqtisodiy, texnik ma

3-misol. Tasodifiy tanlangan 80 ta bir xil detaldan 3 tasi yaroqsiz ekanligi aniqlandi. Yaroqsiz detallarning nisbiy chastotasi W ( A )  ga teng.
4-misol. Bir yil davomida ob‘ektlarning birida 24 ta tek-shiruv o‗tkazildi, bunda 19 marta qonunchilikning buzilishlari qayd etildi. Qonunchilik buzilishlarining nisbiy chastotasi W ( A )  ga teng.
Uzoq kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki, agar bir xil shart-sha-roitlarda tajribalar o‗tkazilib, ularning har birida tajriba-lar soni yetarlicha katta bo‗lsa, u holda nisbiy chastota juda oz (tajribalar qancha ko‗p o‗tkazilgan bo‗lsa, shuncha kam) o‗zgarib, bi-ror o‗zgarmas son atrofida tebranadi. Bu o‗zgarmas son hodisa-ning ro‗y berish ehtimolligi ekan.
Shunday qilib, agar tajriba yo‗li bilan nisbiy chastota aniqlangan bo‗lsa, u holda uni ehtimollikning taqribiy qiyma-ti sifatida olish mumkin. Bu ehtimollikning statistik ta‘ri-fidir.
Xotimada ehtimollikning geometrik ta‘rifini ko‗rib chi-qaylik.
Agar elementar hodisalar fazosi ni tekislik yoki fazo-dagi qandaydir bir soha, A ni esa uning qism to‗plami deb qaray-digan bo‗lsak, u holda A hodisaning ehtimolligi A va  ning yuzalari yoki hajmlari nisbatida qaraladi hamda
P ( A) S ( A) (1.4)
S ( )
va
P ( A) V ( A) (1.5)
V ( )
formulalar bo‗yicha topiladi.
Takrorlash va nazorat uchun savollar:

  1. Tabiat va jamiyat qonunlari sababiy bog‗lanishlarning namo-yon bo‗lish shakli bo‗yicha qanday sinflarga bo‗linadi?

  2. Hodisalarni qanday turlarga bo‗lish mumkin?

  3. Ehtimollar nazariyasining predmeti nima?

  4. Ehtimollar nazariyasi rivojlanishi tarixi haqida nimalar-ni bilasiz?

  5. Ehtimollar nazariyasining iqtisodiy, texnik masalalar uchun ahamiyati qanday?

  6. Eksperiment, tajriba, elementar hodisa va hodisa nima, ular qanday belgilanadi?

  7. Elementar hodisalar fazosi deb nimaga aytiladi?

  8. Hodisaning ehtimolligi qanday aniqlanadi?

  9. Ehtimollikning qaysi xossalarini bilasiz?

  10. Hodisaning nisbiy chastotasi haqida nima bilasiz?

  11. Ehtimollikning statistik ta‘rifining mohiyati nimada?

  12. Ehtimollikning geometrik ta‘rifi qanaqa?


Yüklə 73,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin