Ekalogik madaniyat fanidan mustaqil ishi fan o’qituvchisi: bekjonov. F



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/2
tarix21.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#127351
1   2
EKOLOGIK MADANIYAT P-P(S) 2-3-GURUH TOJIQULOV ISLOM

Tabiatdan foydalanish - fanlararo integrativ ilmiy soha. XX asrning 60-70 yillaridan boshlab tabily resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish bilan bog'liq bo'lgan muhim sotsial-iqtisodiy muammolar yechimining ilmiy asoslarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan tabiatdan foydalanish ilmiy yoʻnalish sifatida shakllana boshladi. "Tabiatdan foydalanish" termini va tushunchasini ilk bor ilmiy iste'molga kiritgan Y.A.Kurajkovskiy (1969) tabiatdan foydalanishning fan sifatidagi vazifalari tabiatdan va uning resurslaridan bevosita foydalanish bilan bog'liq bo'lgan har qanday faoliyatning umumiy tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat, deb belgilagan edi. O'tgan davrda tabiatdan foydalanish tabiiy resurslardan foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish, hozirgi va kelgusi avlodlarni moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun atrof muhitni ifloslanishi va buzilishidan asrash, tabiatni oʻzgartirish kabi tabiat va jamiyat orasidagi o'zaro ta'sirini optimallashtirishni ta'minlaydigan amaliy tadbirlar majmuasi sifatida qarab kelindi. Ayni paytda tabiatdan foydalanishga doir bunday vazifalarni amalga oshirish maxsus, keng qamrovli va teran tadqiqotlarni taqoza etishi va tabiatdan oqilona foydalanishning nazariy asoslarini ishlab chiqish zaruriyati sababli tabiiy, Ijtimoiy va texnikaviy fanlarning "chorrahasi"da integrativ (lot. integratio tiklash, to'ldirish) sajiyaga ega bo'lgan ilmiy yo'nalish shakllana boshladi. Majmuly fan sifatida shakllanayotgan tabiatdan foydalanish tabiat va jamiyat orasidagi o'zaro ta'sir natijalarini ochib beradi, tahlil qiladi va baholaydi, tabiiy resurslardan foydalanish hamda tabiiy muhitni himoya qilishning nazariy tamoyillarini ishlab chiqadi. Tabiatdan foydalanish fani qarab chiqadigan masalalar qatoriga iqtisodiy va sotsial masalalar ham kiradi. Tabiatdan foydalanish tabiatga undan foydalanishning har qanday vazifalari yechimida yaxlit majmuali yondashuvni ta'minlaydi.

N.F.REYMES

N.F.Reymersning - fikricha, tabiatdan foydalanish-ning ob'yektini tabiiy resurslar, Jamiyat hayotining tabiiy sharoitlari va uning sotsial-iqtisodiy rivojlanishi orasidagi o'zaro munosabatlar majmuasi tashkil etadi. Bu munosabatlarni optimallashtirish hayot muhitini asrash va qayta tiklashga yo'naltirilgan sa'y-harakatlar esa tabiatdan foydalanishning predmeti bo'lib xizmat qiladi.


N.F.REYMESR
N.F. Glazovskiy (1998) tabiatdan foydalanishning ob'yekti ((lot. objektum narsa, hodisa) tablatni ham, insonni ham o'z ichiga olgan holda inson va atrof muhit o'zaro ta'siri xususiyatlariga ko'ra hududiy jihatdan tabaqalashgan bo'lishi lozim, deb hisoblaydi. Tabiatdan foydala-nish muammolarini oʻrganish inson va tabiiy muhit orasidagi o'zaro ta'sirini belgilaydigan tabiiy, iqtisodiy, sotsial va madaniy jarayonlar hisobga olingan holda insonparvarlik nazaridan olib borilishi lozim. Tabiatdan foydalanish nazariyasi asoslarini V.I.Vernadskiyning noosfera toʻgʻrisidagi g'oyalari negizida yaratish mumkin. Noosferaviy yondashuv tabiatdan foydalanish-ning nafaqat tabiiy va ekologik omillarinigina emas, balki tabiatdan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlarida namoyon boʻladigan tarixiy, etnik, siyosiy, madaniy, diniy xususiyatlarini hisobga olishni taqozo etadi. Noosfera konseptsiyasi (lot. conceptus fikr, tasavvur) nuqtai-nazaridan "tabiatdan oqilona foydalanish" tushunchasi tabiiy va ijtimoiy resurslaridan foydalanishning biosferaning asosiy funktsiyalarini (lot. functio bajarish, vazifa) saqlab qolgan holda kompleksning barcha komponentlariga ta'sir ko'rsatadi: litogen asos buziladi, yuzaning kuchli oʻzgarishi sodir bo'ladi, suv balansi oʻzgaradi, tuproq - o'simlik qoplami buziladi, tabiiy muhitni ifloslanishi sodir boʻladi.
Jamiyat va tabiat o`rtasida iqtisodiy-ekologik munosabat shakli - mavjud ekologik tizimni saqlab qolish darajasidagi kishilarning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan hayot tarzi.
Tabiiy muhitni inqirozga, ijtimoiy muhitni falokatga olib kelmaslik uchun biz yaqin kelajakda ekologik munosabat shakliga o`tib olishimiz kerak.
Ekologik vaziyat – atrof-muhitning mahalliy yoki mintaqaviy yomonlashuvidir, masalan, suvlarning ifloslanishi, tuproq degradatsiyasi va hokazolar bo’lib, ularga asossiz va xavfli deb qaraladi. «Ekologik vaziyat» atamasi tabiiy emas, balki antropogen jarayon deb qaraladi.
Mintaqaviy ekologik vaziyatlar vujudga kelishining o’tkirlik darajasi tabiiy sharoit ko’rsatkichlari o’zgarganligi bilan aniqlanadi, qaysiki: A) sanitar-gigienik sharoitga ta’sir etadi; B) tabiiy resurslarning yo’qolishiga olib keladi; C) tabiiy landshaftlarni buzadi va ko’rinishini o’zgartiradi.
Atrof muhit» tushunchasi ingliz tilida (environment) o'tgan asrning 60 yillarida ko'llanilgan bo'lsa, nemis tilida (umewelt) faqat keyingi yillardagina eng tarqala boshladi. Rus tilida «tashqi elementlar» tushunchasi rus evolyusionst olimi K.F. Rule (1814-1858) tomonidan qo'llanilgan.
Organizmlarni bevosita o'rab turgan keng ma'nodagi tushuncha – yashash muhiti (sharoiti) – ayrim organizm yoki biosenozni abiotik va biotik omillar yig'indisi ta'sirida organizmning o'sadigan va ko'payadigan joyidir. Masalan, o'tloqlarda, u erdagi ekologiyada to'rtta yashash muhiti farqlanadi

E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin