Tabiatni asrash, ekologik madaniyat oddiy ko'nikmalarni egallash-dan boshlanadi. Ko'chada ketayotganda konfet qog'ozini yoki pista po'chog'ini maxsus qutiga emas, duch kelgan joyga tashlasak, yo'lakdan yurmay, maysalar ustidan bosib o'tsak, ikki-uchta dovuchcha uzaman deb daraxtlar shoxini sindirsak, qusharning mini buzsak, ariqlarga axlat ag'darsak, bularning hammasi bizning madaniyatsizligimiz, shavqatsizligimiz, farosatsizligimizdan darak beradi.
«Ekologik madaniyat» degan tushuncha zamirida ayni shu holatlar oqibatini anglash, tabiat va jamiyat qonunlariga mos tarzda hayot kechirish talablari mujassamdir. Ekologik madaniyat ham umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim ko'r-satkichi hisoblanadi. Usiz insonni to'la ma'noda madaniyatli, ma'naviyatli deb bo'lmaydi.