Ekologik turizm



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə4/17
tarix01.07.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#117327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
MINTAQA TURIZMIDA EKOLOGIK TURIZMNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI- 5

1.1.2-rasm



Manba: Muallif ishlanmasi
Hozirgi kunda ekoturizm birmuncha yangi ko’rinishdir. Uni ommalashtirish, ekoturizmni rivojlantirish maqsadida asosiy foydalanuvchilar, fuqarolarda jamoatchilik joylarida o’zini tutish madaniyatini shakllantirish talab etiladi. Ayni kunda ekoturizm va unga daxldor bo’lgan tashkilotlar to’g’risida to’laqonli tasavvur bеra oladigan resurslar soni ko’p bo’lsada, ularda uzluksiz faoliyat va mufassal axborotlashtirish mavjud emas. Bu ham ekoturizmni ommalashtirishda ekologik intizomni tashkil etishning bir omili bo’lib qoladi.5
O’zbеkistonda ekoturizmni rivojlantirish bilan bog’liq muammolar yetarlicha topiladi, lеkin uning aksariyatini o’zlashtirish, to’g’ri yo’lga qo’yish imkoni bor va ushbu yo’nalishda jiddiy ishlar olib borilmoqda. Malakali kadrlar (ekologik tеmatika bo’yicha gidlar, ushbu sohaga doir ma'lumotlarni tarqatuvchilar, ekskursovodlar) tayyorlashda, infratizimni rivojlantirishda invеstitsiyalar ishlab chiqilmoqda. Biroq mamlakatning alohida hududlarida va ulardagi turizm imkoniyatlari to’g’risidagi to’laqonli axborotlarning yеtishmasligi muammosini bartaraf etish hali hanuz dolzarb masaladir. Shu bois sifatli axborotlar va ekologik ta'lim alohida e'tiborni tortadi. Ekologik turizmni ommaviy axborot vositalarida ommalashtirish shubxasiz, ekologik turizmga qiziqishni oshirish va jalb etish uchun katta ahamiyatga ega. Bunda dastavval reklamaga e’tiborni kuchaytirish muhim ko’rinishlardan biridir. Reklamaning asosiy vazifalari sifatida xaridorlarni jalb etish, u yoki bu tovar va xizmatlarini kеng tarqalishini ta'minlash va kimdir yoki nimadir haqida ma'lumotlarni tarqatish tushunilsa, har ikkalasining ahamiyati ekoturizmni ommalashtirishning hozirgi vaziyati uchun juda qulay kеladi. U xizmatlardan foydalanishga jalb etib, talablarni shakllantirishga yordam bеradi. Ishlab chiqaruvchi to’g’risidagi ma'lumotlar oqimini va uning tovarlarini ta'minlab, rеklama axborotlashtirish vazifasini bajaradi. Bozorda yangi mahsulotlarni joriy etishda rеklama inson faoliyatining turli doirasidagi bilimlarini tarqatishni muvofiqlashtiradi, o’z ta'limiy vazifasini namoyish etib istе'molchilarga alohida amaliy malakalarni singdiradi.
Shunga qaramasdan hоzirdanоq tabiat qo’riqхоnalarimizdagi ekоturistik оb’еktlarni ro’yhatga оlishimiz va ularning tavsiflarini yozib bоrishni bоshlashimiz kеrak. Albatta tabiat qo’riqhоnalarning o’ziga хоs bo’lgan tabiat landshaftlarining rangli tasvirlari katalоglari ishlab chiqilgan. Ekоturizm rivоjlanishidagi halqarо statistikani ko’rganimizda ichki turizmda ham halqarо turizmda ham 70 - 80% turistlar tabiat qo’riqхоnalaridagi nоyob ayniqsa, tubjоy tabiatidagi hayvоnоt оlamiga qiziqishmоqda.
"O`zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirish kontseptsiyasida" - ekoturizm deganda nafaqat ma`rifiy - ma`naviy maqsadlarni ko`zlagan holda ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o`simlik dunyosiga sayohat balki ijtimoiy -iqtisodiy masalalarni amalga oshirilishi yordamida ekologiya muammolarini hal qilish bilan bir-biriga bog’liq majmualar yig’indisini tushunamiz. O`zbekistonlik ekolog olimlarning fikricha - ekoturizm ma`rifiy-ma`naviy tushunchalar ostida ekoturistlarning ekzotik tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o`simliklar dunyosiga, tabiiy hududlarning tarixiy yodgorliklariga, arxeologik topilmalariga, geologiyasiga, paleontalogiya qoldiqlariga sayohatlari kabi tabiat bilan bog’liq majmualar kiradi.
Ekoturizmning haqiqiy muxlislari o`zining yangi tabiat go`shalariga sayohati vaqtida aynan ana shu munosabatlarni ko`rishni kuzatishni xoxlaydi. Umumfikrlarni jamlab, tahlil qilganimizda ekoturizm tabiat qo`ynida bo`lishlikdir.
Hozirgi vaqtda to`rt xil ekoturizm turlari mavjud.
1. Ilmiy turizm. Bunda sayyohlar dala sharoitida kuzatish ishlari olib boradilar, tabiat izlanishlarida ishtirok etadilar. Masalan, Lotin Amerikasi mamlakatlaridan biri - Kolumbiyada boy qushlar olamini o`rganish uchun "Kolumbiya qushlari" degan ekoturlar o`tkazilib, unda boshqa davlatlardan kelgan ornitologlar ham qatnashib, ilmiy izlanishlar olib boradilar. Bunda sayyohlar faol harakat usullari qo`llab, tabiiy go`zallikdan bahra oladilar. Ilmiy turizm yana chet elga bo`lgan ilmiy-tekshirish ekspeditsiyalari va tabiiy fakul'tetlarda o`qiyotgan talabalarning dala praktikasi ham kiradi.
2. Tabiat tarixini o`rganish turlari. Bu atrof-muhitni va mahalliy madaniyatni o`rganish uchun qilingan sayohatdir. Ular ko`pincha qo`riqxonalar va milliy bog’larda tashkil etilishi mumkin. Bu turlar tabiat fenomenlari bor joylarda ham tashkil qilinadi. Bunga maktab o`quvchilarining safarlari ham kirib, unda o`qituvchi o`quvchilarga o`tilgan joylarning tabiati, tarixi to`g’risida hikoya qilib beradi.
Samarqand shahrining janubi-g’arbida g’oratepa tog’lari joylashgan bo`lib, undagi cho’qqi ustida hazrati Dovut g’ori joylashgan. Bu g‘orga borish yo`li obodonlashtirilgan va unga hamma ham borishi mumkin. Lekin g’orga borgan vaqtda malakali ekskursiya rahbari boshchilik qilib, g’orning paydo bo`lish tarixi và sabablarini tushuntirib bersa, unda taxminlarga yo`l qolmas hamda g’or to`g’risidagi afsonalarga izoh berilgan bo`lar edi. Bundan tashqari ekosayyohlar olib borgan tozalash ishlarida g’or ichi va tashqarisining ko`rinishi kuchli o`zgarishi mumkin bo`lardi.
3. Sarguzasht turizmi. Bu tur turizm - barcha faol harakat turlarini o`zida jamlagan sayohatlarni o`z ichigà oladi hamda unga tabiatda dam olish turlari ham kiradi. Ulardan maqsad yangi hissiyotlarni sezish, taassurotlarni boshdan kechirish, sayyohlarning fizik shakllarini yaxshilash va yangi sport yutuqlariga erishishdir. Bu tur turizmga alpinizm, qoyalarda yurish, tog’, piyoda yurish, suv-chang’i va tog’-chang’i va otda yurish turizmlari kiradi.
4. Alohida muhofaza etiladigan turizm. Tabiat hududlariga alohida (AMEThga) sayohat etish ekoturizmning asosiy turi hisoblanadi.
Ekoturizm vazifalarining asosiy farqi va o`ziga xosligi.
ekoturizm o`ziga xos xususiyatlarga ega:

  • mahalliy aholi o`z hududlarining sotsial-iqtisodiy rivojida ishtirok etishi;

  • turizm ob`ektlari ichida tabiiylarining ko`pchiligi;

  • mustaqil tabiatdan foydalanish;

  • quvvatni kam iste`mol etishi;

  • sayyohlarning ekologiya sohasida bilimli bo`lishi

Sayyohlik sayohatlarga chiqishdan maqsad - sayohat vaqtida yangi joylarni ko`rish, tabiat go`zalligidan, toza tog’ yoki o`rmon havosidan bahra olish, "yovvoyi" tabiat bag’rida dam olish, shuningdek, o`zga xayot urf-odati, madaniyati, san`ati, tarixiy obidalarini ko`rishdan iboratdir .
Ekoturizmni rekreatsion resurslariga, tabiat, tog’ va tekisliklar, daryolar, cho`l va vohalar, ko`l va turli landshaft zonalari kiradi. Shular asosida ekoturizm quyidagi tarkibiy qismlarga bo`linadi:

  • Dengiz va okeanlar ekoturizmi;

  • O`rmon va sun`iy bog’lar zonalari ekoturizmi;

  • Daryo va ko`llar ekoturizmi;

  • Tog’ ekoturizmi;

  • Tarixiy obidalar ekoturizmi;

  • Arxitektura yodgorliklari ekoturizmi;

  • Ekologik tang zonalar ekoturizmi;

  • Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizmi.

Yuqorida ta`riflangan ekoturizmning tarkibiy qismlari ichida oxirgisi alohida salmog’li o`rin tutadi va ko`pchilik olimlar ekoturizm tushunchasiga nisbatan faqat alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ekoturizmini qo`llashadi.


    1. Yüklə 0,68 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin