1-MAVZU. EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH” FANINING PREDMETI, VAZIFALARI, MAQSADI VA TARIXI
Ekologiyaga oid yuqoridagi ta’riflarni mujassamlashtirib, quyidagi ta’rifni berish mumkin. Ekologiya- organizmlarning hayot faoliyati qonuniyatlarini, ular hayot kechiradigan tabiiy muhitga inson omilining ta’sirini hisobga olgan holda o’rganadigan fandir. Ekologiya – tabiatda hosil bo’lgan bir butun biologik birikmalarni o’rganadi, shu birliklarning guruhlariga, a’zolariga o’ziga xos uslublar bilan yondashadi. Ekologiya organizmlarning turli biologik evolutsion taraqqiyot bosqichlarini, ya’ni organik molekula → gen → organella → hujayra → to’qima → organ → tur vakillari → tur o’z navbatida ularning abiotik va biotik omillar ta’sirida biologik birliklar tizimini hosil qilishni o’rganadi.
Autekologiya, demekologiya va populyatsiya ekologiyasi asosida tur vakillari va ma’lum tirik organizmlar uyushmasiga kiruvchi turlar o’rganiladi. Sinekologiya o’z navbatida autekologiya, demekologiya, populyatsiya ekologiyasga asoslangan holda murakkab ko’p turlardan tashkil topgan tabiiy majmualarni, ularning ichki tuzilishlarini, rivojlanishini, son va sifat o’zgarishlarini, katta va kichik birliklarni bir- birlari hamda muhit o’rtasidagi munosabatlarini o’rganadi. U statistik yo’llar bilan ilmiy- tadqiqot ishlari olib boradi. Sinekologiya –bu umumiy ekologiya. Umumiy ekologiyadan turli ekologiyalar, ekologik yo’nalishlar ayrim fanlarning bo’limi sifatida rivojlanmoqda, jumladan:
Fiziologik ekologiya- tirik organizmlarining yashash joyiga moslashishi ta’sirida kelib chiqadigan fiziologik o’zgarishlarni o’rganadi. Poleekologiya- tabiatdan yo’qolib ketgan organizmlar, turlar, guruhlarning ekologiyasini o’rganadi. Evolyutsion ekologiya- tabiatda populyatsiyalarning o’zgarib, rivojlanib turishining ekologik mexanizmlarini o’rganadi. Morfologik ekologiya- tirik organizmlarning yashash sharoiti ta’siri natijasida, ularning tanalarining tuzilish qonunlarini o’rganadi. Dengiz va chuchuk suv ekologiyasi ( gidroekologiya )- turli suv havzalarida uchraydigan tirik organizmlarning o’sish, rivojlanish, ko’payish, tarqalish qonunlarini o’rganadi. Ijtimoiy ekologiya- jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi turli ekologik munosabatlarni o’rganadi. Inson ekologiyasi- insonning tabiiy holati, unga salbiy va ijobiy ta’sir qilayotgan ekologik omillarning mohiyati, uning sog’lig’i, tabiatdagi o’rni va rolini o’rganadi. ( geografik ekologiya )- geografik jarayon va hodisalarning tGeoekologiyaabiat va jamiyatga ta’sirini turli bosqichlarda o’rganadi.