Dastlabki ekologik tushunchalar Aristotel, Teofrast, Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino shuningdek, Gumbold, Lomark, Rule, Darvin, Gekkel asarlarida yoritilgan. O’zbekistonda D.N.Qashqarov, E.P.Korovin, T.Z.Zoxidov, A.M.Muhammadiev, V.V.Yaxontov, M.A.Sultonov, R.O.Olimjonov kabilar O'zbekistonda ekologiya faniga hissa qo'shgan bo'lsalar E.P.Korovin, I.I.Granitov, V.A.Burigin, O.X. Xasanov kabi olimlar O’zbekiston o’simliklarini o'rgandilar va ekologiya fanini rivojlantirdilar.
Ekologiya so’zi yunonchadan olingan bo’lib, “eykos” – “uy, turar-joy”, “logos” – “fan, ta’limot” degan ma’nolarni anglatadi.
Bu atamani fanga birinchi bo’lib, 1866 yilda nemis tabiatshunosi Ernest Gekkel kiritgan.
Ekologiya fanining mazmuni, predmeti, maqsadi va vazifalari. Ekologiya – organizmlar o`rtasidagi o`zaro va ularni yashash muhiti bilan bo`ladigan munosabatlarini o’rganuvchi fandir.
Ekologiyaning obyekti – tirik organizmlar va ularni atrof-muhiti, aniqrog`i, yagona ekologik tizimdagi o`zgaruvchan tirik organizmlar va o`zgaruvchan atrof – muhitdir. Ekologiyaning predmeti - yagona ekologik tizimdagi ekiologik o`zgaruvchan organizmlar va ularning o`zgaruvchan atrof tabiiy muhiti o`rtasidagi munosabatdir.
Ekologik inqiroz – jamiyat va tabiat o`rtasidagi o`zaro munosabat muvozanatining barqaror ravishda buzilishi natijasida atrof tabiiy muhit xolatining yomonlashib borishi, davlat boshqarish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning yuzaga kelgan xolatdan chiqa olmasliklari hamda ekologik tizimlarni tiklash imkoniyatlarining yo`qolishi, ya`ni tabiiy muhit inqirozi va ijtimoiy muhit falokatiga olib keladi.
«Ekologik iz»
Insonning atrof muxitga ta’sirini ifodalovchi ko’rsatkich. U biz iste’mol qilayotgan barcha maxsulotlar va resurslarni olish uchun qancha miqdor unumdor yerlar va tabiiy toza suvdan foydalanayotganimizni ko’rsatadi.
Yerning mavjud imkoniyati kishi boshiga 1,8 ga teng
2000 yilda Sayyoramizdagi bir kishining o’rtacha ekologik izi = 2,3 ga ni tashkil etgan. Bu Yerning mavjud imkoniyatidan 20% ortiqdir.
1961 yilga nisbatan insonning ekologik izi 3 barobarga oshdi