EKOLOGIYADA FOYDALANILADIGAN USLUBLAR
Ekologik ilmiy-tadqiqotda ko’pincha tasviriy, taqqoslash, tajriba hamda ekotizimlarni modellashtirish uslublaridan foydalaniladi. ekologiyada tajriba va modellashtirish uslublaridan nisbatan keng foydalaniladi.
Tajriba-tadqiqotchi tomonidan yaratilgan sharoitda borayotgan ma’lum tabiiy jarayonni kuzatishdir. Tajribada ma’lum ob’ektga (individ, populatsiya, biogeotsenoz) ta’sir etayotgan omil kuchining ortishi yoki kamayishi namuna bilan taqqoslanadi. Tajriba natijalari haqida ko’rsatkichlarni o’zgarishiga qarab xulosa qilinadi. Buning uchun albatta namuna bilan taqqoslash zarur. Tajriba hech vaqt taqqoslashsiz olib borilmaydi.
Ilmiy tadqiqot ishlari laboratoriya va dala sharoitlarida olib boriladi.
Modellashtirish jarayoni umumlashtirish uchun ancha qulay imkon beradi, shuningdek hodisaning ba’zi tomonlarini aniq ma’lumot bilan to’ldirish yoki yangi nazariy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Modelь “ishlamay qolsa”, ya’ni haqiqatga uncha to’g’ri kelmasa, EHM tomonidan o’zgartirishlar kiritilishi va yaxshilash zarurligini aytib beradi.1
EKOLOGIYA FANINING VAZIFALARI
Ekologlarning kelajakdagi amaliy vazifalari inson ehtiyojini yanada to’laroq qondirishga qaratilgan holda antropogen betsenozlarni qayta ko’rib chiqish va barqarorligini oshirishga qaratilishi kerak. “Inson va biosfera” deb atalgan yirik xalqaro dasturda keyingi yillarda ekologiya sohasida hamda insonni o’rab turgan atrof-muhitni tadqiq qilishning aniq ilmiy yo’nalishlari ko’rsatib berilgan:
Hayot jarayoni qonuniyatlarini o’rganish, shuningdek insonning tabiiy tizimlarga va biosferaga bo’lagan ta’sirini bir butun holda o’rganish.
Biologik resurslardan oqilona foydalanishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish, inson faoliyati natijasida o’zgargan tabiatdagi o’zgarishlarni oldindan bilib olish va biosferada kuzatilayotgan jarayonlarni boshqarish va nihoyat insonning yashash muhitini saqlash.
Dostları ilə paylaş: |