Antik va XVII-XIX asrlardagi ekologik
tadqiqotlar
Hozirgi davrdagi bilimlarimizning shakllanishida qadimgi yunon olimlarining xizmati katta. Masalan, Aristotel (e.av. 384-322 y.y) o’zining “Hayvonlar tarixi” degan asarida suvda va quruklikda yashovchi hayvonlar, shuningdek suzuvchi, havoda uchuvchi va o’rmalovchi kabi hayotiy shakllarni ajratgan. Ulardan tashqari, organizmlarning yashash joylari, yolg’iz yoki gala bo’lib yashash, oziqlanishi va boshqalar qiziqtirgan. Tirik organizmlarning tuzilishi va hayoti Aristotelning shogirdi Teofrast (e.av. 380-271 y.y) ishlarida ham uchraydi. Teofrast o’simliklarning yashash joylarini hisobga olib, ularni o’t, chala buta, buta va daraxt kabi hayotiy shakllarga bo’ladi.
XVII-XVIII asrlardagi ekologik ma’lumotlar tirik organizmlarning ayrim guruhlarini o’rganishga qaratilgan edi. J.Byuffon ishlarida hayvonlarning tuzilishiga tashqi muhitning ta’siri, J.B.Lamark o’simlik va hayvonlarning evolyutsion o’zgarishlarida eng muhimi tashqi muhit ta’siri ekanligi, ekologik g’oyalarning rivojlanishida Ch.Darvinning organik olam evolyutsiyasi haqidagi ta’limoti ilgari surilgan. Nemis biologi Ernest Gekkel 1866 yilda fanga “ekologiya” tushunchasini birinchi bo’lib kiritdi va unga ta’rif berdi. ekologiya mustaqil fan sifatida XX asrning boshlarida vujudga keldi. Uning rivojlanishiga G.F.Morozov, V.N.Sukachev, V.G.Ramenskiy, K.Raunkier, Ch.Elton, M.S.Gilyarov, N.S.Serebryakov, A.Tensli, G.Odum, Yu.Odum va boshqalar katta hissa qo’shdi. Yirik rus olimi V.I.Vernadskiy biosfera haqidagi ta’limotni yaratdi va biosferaning holati inson faoliyati bilan bog’liqligi haqida xulosa keldi.
O’RTA Osiyo allomalarining ekologiya haqidagi
qarashlari
O’rta Osiyolik allomalar al-Xorazmiy, Forobiy, Beruniy, Abu Ali Ibn Sino va boshqalar hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrlarda tabiat va undagi muvozanat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. Muhammad Muso al-Xorazmiy “Bilginki, daryoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am, kulfat tushgan bo’ladi” deb ta’kidlagan edi. Buyuk alloma suvlarni ortiqcha sarflash hozirgi kundagi Orol fojiasi kabi noxo’sh hodisalarni keltirib chiqarishini nazarda tutgan bo’lsa, ehtimoldan holi emas. Abu Nasr Forobiy odam a’zosining tuzilishi va unda kelib chiqadigan o’zgarishlar, ya’ni kasalliklar, ovqatlanish tartibining buzilishi, kasallikning oldini olish chora-tadbirlari, shuningdek, tabiiy sun’iy tanlanishlar haqida ma’lumotlar qoldirgan. Abu Rayhon Beruniy asarlarida o’simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi, tashqi muhit bilan o’zaro aloqasi va xo’jalik ahamiyati haqida ma’lumotlar topish mumkin. Abu Ali Ibn Sino inson sog’lig’ini saqlash, parhez, gigiena to’g’risida, kasalliklarni, jumladan, asab kasalliklarini davolashda jismoniy usullar yaxshi natija berishini aytgan. U kishi organizmiga tashqi muhit ta’siri muhimligini, ayrim kasalliklar suv va havo orqali tarqalishi haqida fikrlar bayon etgan.
Dostları ilə paylaş: |