O’ZBEKISTONDA EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISHI
Ekologik yo’nalishdagi ishlar keyinchalik O’zFA Botanika instituti olimlari V.A.Burigin, O.X.Hasanov va boshqalar tomonidan o’simliklarni qurg’oqchil issiq (cho’l) sharoitiga moslashishi, o’simliklar hamjamoasining tuzilmasi, mahsuldorligi, em-xashakbop o’simliklarning orasidan qurg’oqchil issiq sharoitga chidamli turlarini tanlash va ularning ekologik-biologik xususiyatlarni o’rganib, sun’iy yaylovlar barpo etishning ilmiy asoslari ishlab chiqildi. O’zFA Zoologiya va parazitologiya institutida hayvonot olamini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish tadbirlari, qishloq xo’jalik hayvonlarida uchraydigan yuqumli kasalliklarning oldini olish, qimmatli hayvon turlarining kadastri va nazorat ishlari olib borildi.
Ushbu ilmiy ishlarga T.Z.Zohidov, A.M.Muxammadiev, V.V.YAxontov, M.A.Sultonov, G.O.Olimjonov va boshqalar rahbarlik qildi. XX asrning ikkinchi yarmida hozirgi davr fanlarini “ekologlashtirish” boshlandi. Bu esa ekologik bilimlarning katta ahamiyatga ega ekanligini bildiradi. Demakki, hozirgi davrda ekologiya fanining kelajagi porloq, chunki insoniyatning sayyoramizda yashab qolishi, ko’p jihatdan ushbu fanning rivojlanish darajasi bilan bog’liq bo’lib qoladi.
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy vazifalar
O’zbekiston Respublikasining atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi birinchi navbatdagi vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1. Jamiyatning ta’lim olish va intelektual potentsialini o’sishini ta’minlovchi sharoit yaratish;
2. Atrof-muhit holatini yaxshilash uchun hamda global ekologik muammolarni hal etishga etarli mablag’ ajratish kerak;
3. Genetik fond, turlar va landshaftlar xilma-xilligini saqlash;
4. Tabiiy resurslardan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish;
5. Maxsus muhofazaga olingan hududlarni boshqarish bo’yicha dasturlar ishlab chiqish;
6. Atrof-muhitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo’yicha nazorat tizimini takomillashtirish va rivojlantirish;
7. Xususiylashtirish jarayonlarida ekologik talablarga rioya qilish va atrof-muhitga zarar keltirmaslik uchun javobgarlik kabilarni nazorat qilish mexanizmini yaratish;
8. Ekologik xavfsiz mahsulotlar va texnologik jarayonlar sohasida ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish;
9. Ekologik axborotlar va atrof-muhit monitoringi bo’yicha bank tizimini yaratish;
10. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo’mitasining tabiatni muhofaza qilish ishlari bo’yicha faoliyatini yorituvchi markazlashgan axborot tizimini yaratish;
11. ekologik va tarbiyaviy tizimini yanada rivojlantirish;
12. Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo’yicha bosqichma-bosqich dasturlar ishlab chiqish;
13. Xalq xo’jaligining turli sohalarida ekologik toza texnologiyalar, chiqindilarni zararsizlantirish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik ishlanmalarni hayotga tadbiq etish, hamda ilmiy tadqiqot ishlari olib borishni davom ettirish;
14. Atrof-muhitni muhofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo’yicha hamjamiyat ekologik tashkilotlari bilan o’zaro hamkorlikni kuchaytirish va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish.
Dostları ilə paylaş: |