O’zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishganidan boshlab Rio-de-Janeyro shaxrida bo’lib o’tgan xalqaro konferentsiyada qabul qilingan ekologik siyosatni ya’ni atrof muhit holatini yaxshilash aholi salomatligini mustaxkamlashga qaratilgan ishlarni muvofaqqiyatli amalga oshirib kelmoqda .
Ekologik muammolarni hal etishning asosisy yo’nalishlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi,Vazirlar maxkamasi,turli nodavlat tashkilotlari hamda davlat tomonidan qabul qilingan Atrof hitni muxofazasi,gigienik,biologik xilma-xillikni saqlash bo’yicha milliy xarakat rejalari va strategiyalarida o’z aksini topgan.
Bozor iktisodiyoti sharoitida davlatning eng muhim vazifasi aholi sonini o’sishi,shaxarlarning transport orqali yuk tashishi, sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bilan bo’g’liq ravishda atrof muhit muxofazasini muammolarini hal etish ya’ni tabiiy resurslarni qayta ishlash va ulardan oqilona foydalanish masalalari turibdi. O’tish davrida shubxasiz tabiiy resurslardan foydalanish darajasi o’zgaradi va atrof muhitnining ifloslanishiga ta’sir ko’rsatadi.
Bunday sharoitda Tabiatni muhofaza qilish davdat qo’mitasi tomonidan tabiiy resurslardan tejab tergab foydalanish va kam chiqindili texnologiyalardan foydalanish kabi ekologik siyosatni qo’llashni taqoza etadi.Shunga qaramasdan respublikada quyidagi ekologik muammoalar hal etilmay qolmoqda:
1.Orol bo’yidagi ekologik tang ahvol;
2.Yer, suv, biologik resurslarning qisqarishi ;
3.Yer, suv, biologik xilma-hillikga va atmosfera havosini sifatiga qo’shni davlatlarning ta’siri;
4.Taiiy holatni va uning ifloslanish manbalari shuningdek tabiiy resurslardan foydalanishni nazorat qilish uchun yetarli texnik va metodik imkoniyatlarning cheklanganligi;
5.Atrof muhit holatini analitik nazorat qilish uchun maxsus asbob uskunalarning ishlab chiqarish korxonalarining mavjud emasligi;
6.Tog’-kon chiqindilari, avvalgi uran konlari ayniqsa ularning chegara xududlardagi holati;
7.Sanoat va maishiy turmushdagi chiqindilarning qayta ishlovchi va o’zlashtiruvchi tizimning takomillashmaganligi;
8.Tabiiy atrof muhit va ularning ifloslanish manbalari hamda tabiiy resurslardan foydalanish holati bo’yicha yetarli ekologik bank tizimi ma’lumotlari etarli bo’lmasligi;
Tabiiy atrof muhitni muhofaza qilish va va tabiiy resurslardan samarali foydalanish masalalari makroiqtisodiyotni isloh qilish jarayonida uning diqqat markazida turmog’i lozim.
O’zbekiston Respublikasi atrof muxit va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi birinchi navbatdagi vazialari quydagilar hisoblanadi:
1.Jamiyatning ta’lim olish va intellektual potentsialini o’sishini ta’minldovchi sharoitni yaratish;
2.Atrof muhit holatini yaxshilash uchun hamda global ekologik muammoalarni hal etish uchun yetarli mablag’lar ajaratilishi kerak;
3. Genetik fondni, turlar xilma xilligi va landshaftlarni saqlash;
4.Tabiatdan foydalanishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish;
5.Maxsus muxofazaga olingan xududlarni boshqarish bo’yicha dasturlar ishlab chiqish kerak;
6.Atrof muxitni ifloslanish manbalarini aniqlash bo’yicha nazorat tizimini takomillashtirish va rivojlantirish;
7.Xususiylashtirish jarayonida ekologik talablarga rioya qilish va atrof muxitga zarar keltirgani uchun javobgarlik kabilarni nazorat mexanizmlarini yaratish;
8.Ekologik xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar sohasida ekologik sertifikatlash tizimini takomillashtirish;
9.Ekologik axborotlar va atrof muxit monitoringi bo’yicha bank tizimini yaratish;
10.Tabiatni muxofaza qilish davlat qo’mitasining tabiatni muxofaza qilish ishlari bo’yicha faoliyatini yoritib turuvchi markazlashgan axborot tizimini yaratish;
11.Ekologik ta’lim va tarbiya tizimini yanada rivojlantirish;
12.Xalqaro ekologik normalar va standartlar bo’yicha bosqichma-bosqich dasturlar ishlab chiqarish;
13.Xalq xo’jaligining turli soxalarida ekologik toza texnologiyalar chmqindilarning zararsizlantirish va o’zlashtirish bo’yicha ilmiy-texnik ishlarni hayotga tadbiq etish hamda ilmiy –tadqiqot ishlarini olib borishin davom ettirish;
14.Atrof muxit muxofazasi, tabiiy resurslardan foydalanish masalalari bo’yicha jamiyatdagi ekologik tashkilotlar bilan o’zaro xamkorlikni kuchaytirish va birgalikda ekologik qarorlar qabul qilish.