Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish


Ekologiya fanining maqsadi



Yüklə 182 Kb.
səhifə7/7
tarix25.11.2023
ölçüsü182 Kb.
#134405
1   2   3   4   5   6   7
1-MAVZU. “EKOLOGIYA VA TABIATNI MUHOFAZA QILISH” FANINING PREDMETI, VAZIFALARI, MAQSADI VA TARIXI

Ekologiya fanining maqsadi:
• Ekosistema komponetlarini aniqlash va himoyalash.
• Evolyutsion nazariya bosqichlarini o’rganish.
• Ekosistemada hayvonlar mavjudlgi va himoyasini muhokama qilish.
• Ekologik vaziyatlarni muhokama qilish.
• Tog’lar, daryolar va cho’llarni ekologik xususiyatlarini o’rganish va muhokama qilish.
• Marjon qoya toshlari va namgarchilik ko’p hududlarni o’rganish.
• Insonning atrof muhitga ta’sirini o’rganish va muhokama qilish.
Ilmiy metodlar

Olimlar muammolarni hal qilishda turli xil ilmiy metodlardan foydalanadilar. Bu metodlar boshqalar tushuna oladigan faktlarni tashkil qilish va yozishni o’z ichiga. Olimlar muammoni hal etishda ko’pgina variantlarini qo’llaydilar. Ilmiy tadqiqotda birinchi qadam bu hal qilinishi kerak bo’lgan muammoni yoki savolni aniqlab olish. Savolni aniqlab olgandan so’ng ma’lumotlar to’planadi va ular tahlil qilinadi. Ma’lumot to’plashda kutubxona fondi materiallarini tahlil qilish, soha haqidagi bilimlarni yig’ib chiqish, labarotoriya va dalada test ishlarini olib borish kerak.


Yangi yo’nalishga o’tishdan avval soha haqida ma’lum bo’lgan barcha ma’lumotlarni to’plash juda muhim sanaladi. Ishni o’zingiz nimani bilishingiz kerak ekanligi haqidagi savoldan boshlang. So’ngra turli xil manbalardan yig’ilgan ma’lumotlarni tekshiring. Adabiyotlar, entsiklopediya, hukumat hujjatlari, kasbiy jurnallar, ilmiy maqolalar va internet kabi manbalardan foydalanish mumkin (M.Begon va boshqalar, 2006. 154-bet).
Bazida olimlar o’zlari to’plamagan yoki boshqalar tomonidan to’plangan ma’lumotlardan foydalanadilar. Barcha to’plangan ma’lumotlar ham ishonarli emas. Siz barcha ma’lumot manbalarini o’rganishingiz va ma’lumotlarni ilmiy jihatdan to’g’ri, ishonchli ekanligini tekshirib ko’rib foydalanishingiz kerak. SHunda bu ma’lumotlar siz kutgan natijaga erishishingizda samarali natija beradi (M.Begon va boshqalar, 2006. 174-bet)3.


Nazorot savollari:

1. Ekologiya mustaqil fan sifatida qachon vujudga keldi?


2. О‘rta Osiyo allomalarining ekologiya faniga qо‘shgan hissasini sо‘zlab bering.
3. О‘zbekistonda ekologiya yо‘nalishidagi ilmiy ishlarning asoschilari kimlar?
4. Ekologiya fanining rivojlanishida О‘zbekiston olimlari tomonidan olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlar haqida tо‘xtaling.

1 Begon and others. Ecology. UK. 2006. P. 10-12.



2 M.Begon va boshqalar, 2006. 174-bet

3Begon and others. Ecology. UK. 2006. B. 10-12; 154;174.



Yüklə 182 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin