Sonli yechish. Bu bosqich masalani sonli yechish uchun algoritrnlarni ishlab chiqish, EHMlarda dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o’kazishnio'z ichiga oladi. Bu bosqichdagi qiyinchiliklar, birinchi navbatda, iqtisodiymasalalarning katta hajmi, juda katta axborot massivlarini qayta ishlashzamriyatidan kelib chiqadi.
Sonli natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Siklning bu yakunlovchibosqichida modellashtirish natijalarining to'g'riligi va to'laligi, ularning amaldaqo'llanish darajasi haqida muammo ko'tariladi.
Har qanday ekonometrik tadqiqotlar iqtisodiy jarayon va hodisalarni statisik kuzatish natijasida olingan ma'lumotlarga asosiangan holda oiibboriladi. Har bir iqtisodiy hodisa va jarayon esa makro- yoki mikro statistic ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistika nazariyasi fanidan ma’lumki,statistik ko'rsatkichlar mutloq, nisbiy va o'rtachalardan iborat bo'lib, ular o'zlarining miqdoriy va sifat tomonlariga ega. Demak,iqtisodiy jarayonlar yuqoridagi ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistikkuzatish natijasida olingan va tahlil qilingan ma'lumotlar ekonometrik xodisalarning statistik bazasini tashkil etadi.
Tuzilgan va o'tgan davrdagi jarayonlami aks ettiruvchi ekonometrik modellar endi prognozlash masalalarini hal etishda foydalaniladi, ya'ni omilbelgilarning kelajakda qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlarida jarayondaqanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi masalasi yechiladi.
Dostları ilə paylaş: |