Экономика и социум



Yüklə 293,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix23.04.2022
ölçüsü293,34 Kb.
#115484
1   2   3   4   5   6   7   8   9
b06fdc ce01f7a2794c4d75ba1b4f209f2ebadf

__________________________________________________________________ 

"Экономика и социум" №10(77) 2020                                           www.iupr.ru

 

bo‘lishi  va  rivojlanishi  tarixida  o‘ziga  xos  mavqega  ega  bo‘lgan  buyuk 



mutafakkirdir.  Uning  ma'naviyat-ma'rifat,  odob-axloq,  ta'lim  va  tarbiya  haqida 

qoldirgan  ilmiy-falsafiy  merosi  va  ta'limoti  O‘zbekiston  davlat  mustaqilligi 

ma'naviy  zaminlarini  mustahkamlashda,  milliy  o‘zligimizni  tanishimizda,  istiqlol 

mafkurasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda”

2

.  


Markaziy  Osiyo  xalqlari  tarixida  o‘chmas  iz  qoldirgan  jamoat  va  davlat 

arbobi,  mutafakkir  Yusuf  Xos  Hojibning  siyosiy-  huquqiy  qarashlarini  o‘rganish, 

uning  bugungi  kunda  ham  o‘z  ahamiyatini  yo‘qotmagan  g‘oyalaridan  milliy 

davlatchilikni  barpo  etish  va  mustahkamlashda  tanqidiy  foydalanish,  ulardan 

ulg‘ayib  kelayotgan yosh  avlodni xabardor  qilish,  o‘zlikni  anglash  davlat siyosati 

darajasiga  ko‘tarilgan  O‘zbekiston  Respublikasida  alohida  ma'naviy  -  ma'rifiy  va 

amaliy ahamiyat kasb etadi

3

.   



Mutafakkir  kishilarni  o‘ylab  oila  qurishdan  boshlab,  farzand  tarbiya  etish, 

oilaning  moddiy  ta’minotini  yuritishgacha  bo‘lgan  eng  ezgu  zaruriy  vazifalarni 

birma-bir  bayon  etadi.  Yusuf  Xos  Hojibning  o‘zi  kishilarga  munosabatda 

o‘rtamiyona yo‘l tutishni tavsiya etadi. Shunda do‘st dushmanga aylanmaydi, ezgu 

ishlar amalga osha boradi, deb ta’lim beradi. 

“Qutadg‘u  bilig”da  yana  jumboqlarni  yechish  usullaridan  ham 

foydalanilgan.  Bu  uslub  o‘quvchini  asarga  qiziqtiradi,  uni  o‘qimishli  qiladi. 

Hozirgi  davrda  bu  muammoli  ta’lim  deb  yuritiladi.  Ammo  tarbiya  va  ta’lim 

merosimizda  jumboq-muammoli  ta’lim  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega.  Masalan, 

asardagi Kuntug‘mish (Elig) bilan Oyto‘ldi munozarasini olaylik. 

Bu  munozarada  olim  quyidagi  fikrni  ilgari  suradi:  Elig  Oyto‘ldiga  o‘rin 

berganda o‘tirmagani, “xon yonida menga o‘rin yo‘q”, - degan edi. Yerga koptok 

qo‘ygani va unga o‘tirgani bilan Oyto‘ldi - davlat koptok kabi barqaror emas, bir 

                                                           

2

 

Boboev H., G‘ofurov Z. O‘zbekistonda siyosiy va ma'naviy-ma'rifiy ta'limotlar taraqqiyoti. – Toshkent: Yangi asr 



avlodi, 2001, 225-b. 

 

3



 Тахиров Курбанбай Хайитбоевич Юсуф Хос Ҳожибнинг сиёсий-ҳуқуқий қарашлари.Юридик фанлар 

номзодлик диссертация – Автореферат, Тошкент – 2011. 





Yüklə 293,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin