Экономика и социум



Yüklə 398,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix27.11.2023
ölçüsü398,32 Kb.
#136631
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Abdusalomov

________________________________________________________________ 
"Экономика и социум" №4(107) 2023 www.iupr.ru
koʻnikmaga ega boʻlgan mutaxassislarni yetishmasligi (61%) mavjud va yangi 
texnologiyalar oʻrtasida integratsion aloqalarni sustligi (62%) kabi omillar 
toʻsqinlik 
qilmoqda. Ishlab chiqarishni raqamli trnasformatsiyasi sohasidagi 
tadqiqotlarning natijalariga koʻra (koʻrsatishiga) raqamli texnologiyalar va 
boshqaruv usullaridan foydalanayotgan korxonalar oʻz raqobatchilariga nisbatan 
26% ga koʻproq foyda koʻrishar ekan. Raqamli texnologiyalashga yetarli darajada 
mablag’ sarflagan xolda boshqaruvga kam e’tibor qaratayotgan korxonalarning 
moliyaviy natijalari 11% ga past, faqat boshqaruv jarayonini modernizatsiyalash 
hisobiga esa faqat 9% ga qoʻshimcha daromad olish mumkin. 
Zamonaviy iqtisodiy vaziyat toʻrtinchi sanoat inqilobini boshlanganligi bilan 
xarakterlandi. Ushbu inqilob doirasida raqamlashtirilgan “aqilli” korxonalar 
tashkil etilmoqda. Bunday korxonalar ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh 
boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi. Lekin bugungi kunda 
mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalarida ishlab chiqarish 
jarayonlariga raqamli texnologiyalarni keng koʻlamda joriy etish jarayoni 
qoniqarli darajada emas. Bunga quyidagi xolatlar toʻsqinlik qilmoqda: 
-
 
yangi iqtisodiy tartibni tartibga soluvchi qonunchilik bazasining yoʻqligi 
yoki uning hozirgi bosqichda sodir boʻlayotgan texnologik oʻzgarishlarga mos 
kelmasligi; 
-
 
yangi texnologiyalar, iqtisodiy munosabatlar ob'ektlari va sub'ektlari paydo 
boʻlishi, kapital shakliga aylangan ma'lumotlar hajmining tez oʻsishi 
-
 
malakali kadrlar tayyorlashning yetarli darajada emasligi, inson 
kapitalining yetishmasligi; 
-
 
katta hajmdagi ma'lumotlar katta miqdordagi axborot oqimlarini va 
ma'lumotlarni uzatish, qayta ishlash va saqlashda axborot xavfsizligini ta'minlash 
bilan bog'liq xavflarni keltirib chiqaradi; 

Yüklə 398,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin