Ekotizmlarning o'zgarishi suksessiya hodisasi. Biosfera haqida tushuncha. Vernadskiy ta’limoti, noosfera reja


Ekotizimlarning mahsuldorligi va ekologik piramida qoidalari



Yüklə 23,43 Kb.
səhifə3/4
tarix21.06.2022
ölçüsü23,43 Kb.
#117117
1   2   3   4
EKOTIZMLARNING O\'ZGARISHI SUKSESSIYA HODISASI. BIOSFERA HAQIDA TUSHUNCHA . VERNADSKIY TA’LIMOTI ,

Ekotizimlarning mahsuldorligi va ekologik piramida qoidalari
Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi deganda ma'lum maydondagi tirik organizmlarning muayyan vaqt birligida vazn to`plash tezligiga tushuniladi. Bu tezlik tabiatda vaqt va joyga ko`ra turlicha kechadi.
Produtsentlarning muayyan vaqt birligida to`plangan vazni birlamchi mahsulot hisoblanadi. U shu mahsulotni to`plash uchun tuproqdan undan ko`ra ancha ko`p modda oladi. Bu moddalarning 40-70 % ni o`z hayotiy jarayonlariga (nafas olish, oziqlanish, suv bug`latish) sarflaydi, qolganini vazn sifatida to`playdi.
Birlamchi mahsulot konsument va redutsentlar uchun ozuqa bo`lib hisoblanadi. Ular ham ozuqa sifatida olingan birlamchi mahsulotning ko`p qismini o`z hayotiy ehtiyojlariga sarflab, faqat ozginasini vazn sifatida to`playdilar. Ularning to`plagan bu vazni ikkilamchi mahsulot deyiladi.
Shunday qilib, geterotrof organizmlar birlamchi mahsulot hisobida yashaydi va uning faqatgina bir qismini ikkilamchi mahsulot sifatida to`playdi. Masalan, qoramol o`z vaznini 1 kg.ga oshirish uchun u o`rtacha 70-80 kg. o`t yetadi. Ko`rinib turibdiki, u birlamchi mahsulot bilan olgan energiyasining ko`p qismini o`zining hayot jarayonlariga sarflaydi va oz qismini ikkilamchi mahsulot sifatida to`playdi. Ozuqa zanjirining keyingi zvenolarida ham shunday holat davom etadi va har bir zvenoga o`tishda energiya hamda to`planadigan massa kamaya boradi. Bu holat ekologik piramida deb nom olgan bo`lib, piramidaning ostida produtsentlar (o`simliklar), o`rtasida o`simlikxo`r konsumentlar (hayvonlar) va ustida etxo`r hayvonlar (yirtqichlar) turadi. Ekologik piramidani ingliz olimi CH. Elton o`rgangan va fanga kiritgan. Ekologik piramidada quyidagi qoidalar amal qiladi:
Birinchi qoida ( ikkilamchi biologik mahsulotlar birlamchi biologik mahsulotlardan kam bo`ladi.
Uning ikkinchi qoida ( yeyiluvchi organizmlarning umumiy vazni yeyuvchi organizmlar vaznidan ko`p bo`ladi.
Uning uchinchi qoida biologik mahsuldorlik, ikkilamchi mahsulot to`plovchilarning qisqa umr ko`radiganlarida uzoq yashovchilarga nisbatan yuqori bo`ladi.
Uning to`rtinchi qoida – sonlar qoidasi bo`lib, piramidaning yuqorisiga chiqqan sari organizmlar soni kamaya boradi.

Yüklə 23,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin