Eksperimental psixologiya: tushuncha tarixi. Eksperimental psixologiyaning hozirgi davrdagi holati. Reja



Yüklə 244,04 Kb.
səhifə10/33
tarix22.06.2022
ölçüsü244,04 Kb.
#117143
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Eksperimental psixologiya tushuncha tarixi. Eksperimental psixo

Qo’llanish shakligi ko’ra

Tadbiq etish usuliga ko’ra

- shaxs yo’nalishi, qiziqishlari
- shaxsni o’rganish metodlari
- obro’-e’tibor, shaxs mavqeini o’rganish
- psixik jarayonlar
- ijodiy qobiliyatlar
- umumiy bilimlar, kasbiy ko’nikma va malakalar
- psixofiziologik, tipologik xususiyatlar
- harakatlar aniqligi va koordinasiyasi, psixomotorika
- hissiy-irodaviy soha
- hissiy barqarorlik
- psixik holatlar

- kuzatish
- suhbat
- so’rovnoma
- so’rovnoma va anketa
- sosiometrik metodlar
- varaqli metodlar
- apparaturali testlar
- trenajyor qurilmalar yordamidagi tadqiqotlar
- maxsus jismoniy mashqlar
- kompleks metodikalar

- analitik testlar
- sintetik testlar
- kompleks metodikalar
- ko’p marotaba o’tkaziladigan testlar

V. L. Marishuk tomonidan tasniflangan psixodiagnostik metodlarga aniq misollar keltirish maqsadga muvofiqdir.
Individual-psixologik xususiyatlar, shaxs sifatlari va holatlarini o’rganadigan metodlar:

  • shaxsning yo’nalganligi, qiziqishlari (K.K. Platonovning shaxs xaritasi, YE.A.Klimovning qiziqishlar anketasi);

  • shaxs tuzilishini o’rganuvchi metodikalar (MMPI, Veksler, Ayzenk metodikalari);

  • shaxsning jamoadagi o’rni va ahamiyatini o’rganuvchi metodikalar (Sosiometriya metodi);

  • tafakkur xususiyatlarini o’rganuvchi metodikalar (Veksler va Raven metodikalari);

  • patologik xususiyatlarni o’rganuvchi metodikalar (MMPI, Zondi-testi);

  • ijodiy qobiliyatlarni o’rganish metodikalari (mantiqiy va matematik tafakkurni aniqlashning Ayzenk metodikasi, Rorshax metodikasi);

  • umumiy tushunganlik, kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar (Veksler testi subtestlari);

  • diqqat, idrok, xotira kabi bilish jarayonlarini o’rganuvchi varaqli va apparaturali metodikalar (Burdon jadvali, Landolt xalqalari, antisipasiya metodikasi va boshqalar);

  • psixomotor xususiyatlarni o’rganuvchi metodikalar (YE.P. Ilin va M.G. Davletshin metodikalari);

  • psixik holatlarni o’rganuvchi metodikalar (SAN, Spilberger-Xanin, M.Lyusher metodikalari).

Qo’llanish shakliga ko’ra:

  • kuzatish (tabiiy sharoitda murakkab vaziyatlarni modellashtirish);

  • suhbat (yakka holda va gurux bilan);

  • so’rovnoma va anketa (ochiq va yopik tipdagi, bevosita va vositali);

  • sosiometriya metodlari;

  • varaqli testlardan foydalanish (yakka holda va gurux bilan);

  • apparaturali testlar (yakka holda va gurux bilan);

  • trenajyor qurilmalardagi tadqiqotlar;

  • maxsus jismoniy mashqlar (diqqat, xotira, harakat tezligi va boshqalarni rivojlantirish uchun metodikalar);

Psixodiagnostikada eng keng qo’llaniladigan metodlardan biri testdir. Psixologiyada test deganda o’rganilayotgan xususiyatning rivojlanish darajasi haqida sifat va miqdoriy ko’rsatkichlar olish imkonini beruvchi standartlashtirilgan metodikalar tushuniladi. Metodikaning standartligi uning hamma joyda va har doim bir tarzda qo’llanilishi, o’tkazish sharoitidan tortib tadqiqot natijalarini tahlil va talqin qilishgacha bir xilligidir. Test sinovlari natijalari qayerda va kim tomonidan o’tkazilishidan qat’iy nazar taqqoslanishi mumkin. Psixodiagnostikaning boshqa metodlariga nisbatan testlarga validlik, ishonchlilik, aniqlik, bir xil mazmunga ega bo’lish kabi talablar kuchliroq qo’yiladi.
Psixodiagnostikada foydalaniladigan testlarni bir necha mezonlarga ko’ra tasniflash mumkin:
1. Test sinovi predmetiga ko’ra: intellektual (aqliy) testlar, shaxsni o’rganish testlari, shaxslararo munosabatlarni o’rganish testlariga bo’linadi. Aqliy testlar shaxs tafakkuri, idroki, diqqati, xotirasi, nutqi, xayoli va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanish darajasini o’rganishga xizmat qiladi. Birinchi intellektual testlar 1905 yilda A.Bine va Simonlar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, ular yordamida aqliy taraqqiyotdan orqada qolayotgan, maktab dasturini o’zlashtira olmayotgan bolalar aniqlangan. Shaxsni o’rganuvchi testlar asosan kishilarning individual-psixologik xususiyatlari temperamenti, xarakteri, qobiliyatlari, his-tuyg’ulari, xulq-atvor motivlari va boshqa sifatlari o’rganiladi. Masalan, MMPI, Kettel testi ana shunday testlar hisoblanadi. Shaxslararo testlar turli ijtimoiy guruxlardagi insoniy munosabatlarni o’rganishga xizmat qiladi. Masalan Dj.Moreno tomonidan ishlab chiqilgan sosiometriya metodi, guruxning jamoa sifatida o’z-o’zini attestasiya qilish testi shular jumlasidandir.
2. Testda foydalaniladigan topshiriqlar tipiga ko’ra: amaliy testlar, obrazli va mantiqiy (verbal) testlarga bo’linadi. Amaliy test topshiriqlari tekshiriluvchidan biror bir harakatlarni bajarishni, real predmetlar yoki ularning timsollari bilan ba’zi vazifalarni bajarilishini taqozo etadi. Obrazli testlar esa turli suratlar, chizmalar, tasavvurlarga asoslanadi. Verbal testlar so’zlarga asoslangan bo’lib, tushunchani ta’riflash, xulosa chiqarish, so’zlarni taqqoslash, turli mantiqiy bog’lanishlar hosil qilish shaklida tashkil etiladi. Ko’p hollarda test topshiriqlari kompleks tabiatga ega bo’lib, amaliy va nazariy, obrazli va verbal shaklda bo’lishi mumkin.
3. Test materiallarini tekshiriluvchiga taqdim etish shakliga ko’ra: varaqli va apparaturali testlar mavjud. Varaqli testlarda tekshiriluvchilar topshiriqlarni maxsus tayyorlangan varaqlarda rasmlar, chizmalar, jadvallar va so’rovnomalar shaklida oladilar. Apparaturali testlar audio- va videotexnika, elektron hisoblash mashinalari yordamida o’tkaziladi.
4. Test orqali baholanish obyektiga ko’ra: prosessual testlar, muvaffaqiyat testlari, holat va xususiyatlarni o’rganish testlariga bo’linadi. Prosessual testlar yordamida xulq-atvor yoki psixologik jarayonlar tadqiq etiladi. Muvaffaqiyat testlari esa inson faoliyati natijalari asosida psixologik xususiyatlarni o’rganishga xizmat qiladi. Holat va xususiyatlarni o’rganuvchi testlar shaxsning barqaror psixologik holat va xususiyatlarini baholash imkonini beradi.
5. Proyektiv testlar alohida guruhni tashkil etadi. Proyektiv metod tushunchasi 1939 yilda amerikalik psixolog L Frank tomonidan psixologiya faniga kiritilgan. Psixodiagnostikaning boshqa metodlaridan farqli o’laroq, proyektiv testlarda tekshiriluvchiga javoblarni tanlashda erkinlik beriladi. Tekshiruvchi tomonidan baholash tabiatiga ega bo’lgan tashqi ko’rsatmalar bo’lmaydi. Shaxsning biror xususiyati o’lchanmay, balki ijtimoiy muhitdagi o’zaro munosabatlari va xususiyatlari umumlashtirib baholanadi. Psixodiagnostikada eng keng qo’llanilayotgan proyektiv metodlarga TAT (Tematik appersepsion test), AAT (auditoriya appersepsion testi), Zondi-testi, Rorshax testi, psixogeometrik test va boshqalarni misol keltirish mumkin.

Yüklə 244,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin