Eksperimental psixologiya tushuncha tarixi. Eksperimental psixo
To’gri «metod» atamasining darajasini hohlagancha ishlatsa bo’ladi, masalan psixofizikada – o’rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor: psixodiognostikada – proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differentsial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi. (birinchi daraja); Yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to’grisida baxs yuritiladi va uning turlichaligi – egizaklar metodida (to’rtinchi daraja) ko’rsatilgan.
Psixologik tadqiqotda qo’llaniladigan usullarning darajali bo’lishini. G.D.Pirьov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo’lgan: 1) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish; 2) metodik qo’llanma; 3) metodik yondashuv
S. L. Rubinshteyn «Umumiy psixologiya asoslari» da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko’rsatdi. Kuzatuv «tashqi» va «ichki» ga bo’lingan, eksperiment –labaratoriya ishi, tabiiy va psixologik – pedagogik, qo’shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o’rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o’tdi. Tabiiyki, vaqt bu klassifikatsiyaning qirralarini ta’kidladi. SHunday qilib, psixologiyani falsafa bilan bog’liqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarni psixologik ro’yxatga qo’shilishi bilan ragbatlantirildi.
Psixologik tekshiruvlarning keng ko’lamdagi ikkinchi klassifikatsiyasi – bolgar psixologi G. D. Pirьov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondoshuvlarni ta’kidlab o’tdi. SHu metodlarning har biri bir qancha turlargalarga bo’linadi. SHunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalarga, so’rovnomalarga faoliyat maxsullarini o’rganishga va boshqalarga bo’linadi.
B. G. Ananьev Pirьov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. Hamma metodlarni u 1) tashkiliy 2)empirik 3) ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va 4) sharhlash metodlariga bo’ldi. Tashkiliy metodlarga Ananьev qiyosiy, longityud va kompleks metodlarni kiritdi. Ikkinchi guruhda observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar qoldi.