Ekzistensial psixologiya — bu psixologiyaning yoʻnalishi boʻlib, u maʼlum bir inson hayotining oʻziga xosligidan kelib chiqadigan, umumiy sxemalarga tushirib boʻlmaydigan, ekzistensializm falsafasiga muvofiq paydo boʻlgan yoʻnalishi. Uning qoʻllaniladigan boʻlimi ekzistensial psixoterapiyadir. Ekzistensial psixologiya psixologiyada gumanistik yoʻnalish sifatida tasniflanadi.

Rollo Ris Mey amerikalik ekzistensial psixolog va "Sevgi va iroda" ta'sirchan kitobining muallifi edi. U ko'pincha gumanistik psixologiya va ekzistensial falsafa bilan bog'langan va Viktor Frankl bilan birga ekzistensial psixoterapiyaning asosiy tarafdori edi.

R.May fikriga koʻra ekzistensial psixologiya rivojlanishining birinchi bosqichini fenomenologiya deb hisoblash kerak. Ekzistensial psixologiyaning fenomenologik bosqichi vakillari Yevgeniy Minkovski, Ervin Shtraus, V. E. fon Gebsattel.
Fenomenologik nuqtai nazaridan ekzistensial psixologiya shaxsni (mijozni) dastlabki tushunchalari va qadriyatlari doirasida koʻrib chiqishdan bosh tortishi bu ularning asosiy gʻoyasidir.
Ikkinchidan, ekzistensial psixologiya rivojlanishi bosqichi, R. May L.Binsvanger, A. Storcha, M. Boss, J. Balli, Roland Kuhn, J. van den Bergma, F. Buttendika va boshqalar asarlarida ifodalangan.
An’anaviy hayotning mazmunining muammolari falsafaning predmeti hisoblanadi. Faylasuflar odamning hayotining mazmuni nima va u qanday bo‘lishi kerakligi masalasini ye chadilar . Mavjud psixologiya fanlari tizimi doirasida, hozircha qat’iyan hayotiy - mazmuniy muammolarga yo‘naltirilgan, aniq ta’riflangan, maxsus intizom yo‘q.Bunga o‘xshaganlarning bir qismi biologik sababdan tortib g‘oyaviy sababgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni ko‘rib chiqadigan ruhlanish (motivatsiya) nazariyasini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun hayot mazmunining muammosi bilan alohida maktab - ekzistensial psixologiya shug‘ullanadi.

Ekzistensiya" tushunchasining o‘zi, so‘zma-so‘z tarjima qilganda “paydo bo‘lish”, “vujudga kelish”, “shakllanish” ma’nolarini anglatadi. Bu butun ekzistensializmning mohiyatini nafaqat psixologiya va psixoterapiyada, balki falsafa, san’at, adabiyot va hokazolarda ham aniq aks ettiradi. Unda odam psixodinamik mexanizmlari, xulq-atvor shakli, tabiiy va shaxsiy sifatlarining statik to‘plami sifatida emas, balki doim bor bo‘lgan va bo‘luvchi mavjudot sifatida asosiy rol o‘ynaydi.
Psixologiyada ekzistensial yo‘nalish XX asrning birinchi yarmida Evropada ikkita g‘oyaning chegarasida vujudga keldi: bir tomondan bu o‘sha paytda odamning holis va ilmiy tahlilining ko‘rsatmasi va deterministik qarashlari bilan hukmronlik qilgan ko‘plab psixolog va terapevtlarning qanoatlanmasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu psixologiya va psixiatriyaga katta qiziqish uyg‘otgan ekzistensial falsafaning shiddatli rivojidir. Natijada psixologiyada Karl Yaspers, Lyudvig Binsvanger, Medard Boss, Viktor Frankl kabilar tomonidan taqdim etilgan yangi – ekzistensial oqim vujudga keldi. Ekzistensializmning psixologiyaga ta’siri asl ekzistensializm yo‘nalishining shakllanishi bilan chegaralanib qolmadi. Juda ko‘plab psixologik maktablar u yoki bu miqyosda mana shu g‘oyalarni o‘ziga singdirdilar.

Ekzistensial psixologiyaning asosiy predmeti – odamzod hayotining mazmuni, uni yo‘qotish, o‘zgartirish va erishishning shart-sharoitlari. Viktor Frankl, Rollo Mey, Djeyms Byudjental kabi mualliflar tomonidan ekzistensial falsafa asosida ishlab chiqilgan umumpsixologik nazariyalar va psixologik praktikaning metodologik asoslari bugungi kunda ekzistensial psixologiyaning cho‘qqilari hisoblanadi.