Elektr energiyasini olishning an’anaviy va noana’naviy usullari haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/40
tarix03.06.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#116579
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40
ekologik toza energiya turlari va nanotexnologiya

Nano nima? 
Keyingi o‘n yillikda jahon jamoatchiligi lug‘at boyligiga «nano» so‘zi kirib 
keldi. Xo‘sh, «nano» nima? Qisqa qilib aytganda, nano milliarddan bir qismdir.
Nanotexnologiya tushunchasi uchun tugal va aniq ifoda yo‘q, ammo mavjud 
mikrotex­nologiya asosida bu o‘lchamlarni nanometrdagi texnologiya deb yuritish 
mumkin. Shuning uchun mikrodan nanoga o‘tish bu moddani boshqarishdan atomni 
boshqarishga o‘tish demakdir. Sohaning rivoji deganda esa asosan uchta yo‘nalish 
tushuniladi: 
- o‘lchami atom va molekulalar o‘lchamlari bilan solishtirarli elektron 
sxemalarni tayyorlash; 
- nanomashinalarni loyihalash va ishlab chiqish; 

alohida 
atom 
va 
molekulalarni 
boshqarish va ulardan alohida 
mikroob'ektlarni yig‘ish. 
Bu yo‘nalishdagi izlanishlar ancha vaqtdan buyon olib borilmoqda. 1981 yilda 
tunnelli mikroskop yaratilib, alohida atomlarni ko‘rish mumkin bo‘ldi. Shundan 
buyon texnologiya sezilarli takomillashtirildi. Bugun bu yutuqlarni kundalik hayotda 
ishlatamiz: 
lazerli 
disklarni 
ishlab 
chiqarish, 
jumladan, 
DVD 
disklardan 
nanotexnologik usulsiz foydalanish mumkin emas. 
Soha taraqqiyotidagi asosiy bosqichlarni bir eslab ko‘raylik.
1959 yil. Nobel mukofoti sohibi Richard Feynman kelajakda alohida 
atomlarni boshqarib, odam har qanday moddani sintez qilishi mumkinligini bashorat 
qildi. 
1981 yil. Binig va Rorer tomonidan moddalardan atomlar darajasida ta'sir qila 
oladigan skanerlovchi tunnel mikroskopning yaratilishi. 
1982-85 yillar. Sistemalarda atomar aniqlikka erishildi. 
1986 yil. Atom quvvatli mikroskop yaratilib, u tunnel mikroskopidan farqli 
ravishda har qanday, masalan, tok o‘tkazmaydigan material bilan ham ta'sirlasha 
oladi. 
1990 yil. Alohida atomlarni boshqarishga erishildi. 
1994 yil. Sanoatda nanotexnologik usullarning qo‘llanila boshlanishi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin