Texnika
va
texnologiyaning
hozirgi
rivojlanish
darajasida
shahar
chiqindilaridan ham maxsus konteynerlarda ko’p miqdorda biogaz olish mumkin.
Berlin (Germaniya) ning g’arbiy rayoni Vannaseda qurilgan quvvati 4,5 MVt
bo’lgan 3 blokli elektr stansiya 500 metr masofada joylashgan chiqindilarni qayta
ishlab olingan biogaz bilan ishlaydi. Bu yerda 1955-yildan 1979-yil (25 yil
davomida) gacha taxminan 11000 tonna axlat to’planib qolgan.
1992-yilda Toshkentda maishiy chiqindilarni qayta ishlash tajriba zavodi ish
boshladi. Hozirda (2005-yildan) O’zbekistonda chiqindilardan biogas olish va undan
amaliy maqsadlar uchun foydalanish yo’lga qo’yilgan. Qishloq ho'jaligida ko'p
uchraydigan mol go'ngi hamda o'simliklar chirindisi bu usulda hom-ashyo bo'lib
hizmat qiladi. Bunda aralashmaga 60-70% miqdorda suv qo'shilib berk holda 30-
350C gacha isitiladi. Shundan so'ng aralashmada bijg'ish jarayoni boshlanadi. Bu
jarayon ta'sirida harorat 700C gacha ko'tariladi. Endi bu joyda yonuvchan gazlar
CH4- metan va NH4 - ammiak ajrab chiqa boshlaydi. Bu gazlardan be'malol
honadoningizni isitgani hamda ovqat tayyorlash uchun foydalana olasiz.
Bunday qurilmani uy sharoitida qurmoqchi bo'lganlarga quyidagi sxemani tavsiya
qilaman:
1-reaktor-aralashtirgich; 2 - yuklovchi tuynuk; 3 - germetik berkitiladigan qopqoq; 4
- gidrozatvorli ressiver; 5 - quyqani chiqarib tashlash kanali; 6 - gaz (iste'mol uchun)
Bu yerda bakni yer ostiga ko'miladi. Qopqoq zich qilib berkitiladi. Aralashmani
solishda boshlang'ich harorat uchun suvni isitib qo'shilsa jarayon tezroq amalga
oshadi.
Bunday qurilmada 20-15 kundan so'ng gaz ajrab chiqishi boshlanadi.
Agar 5 tonna go'ngdan foydalanmoqchi bo'lsangiz, 5 oy mobaynida kuniga 35-40
m3 gaz ajrata olasiz bunda. Ya'ni, 5 tonna go'ng bilan butun qish davomida sizda
hech qanday gaz muammosi bo'lmaydi.
Gaz ajralish quvvatini oshirmoqchi bo'lib, biz quyidagicha sxemani ishlab chiqqan
edik:
Dostları ilə paylaş: