Elektr energiyasini olishning an’anaviy va noana’naviy usullari haqida umumiy ma’lumotlar



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/40
tarix03.06.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#116579
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40
ekologik toza energiya turlari va nanotexnologiya

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9-MA’RUZA. 
NANOTEXNOLOGIYALAR – TARAQQIYOT OMILI. 
 
 
Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan 
foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy 
rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi. (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 42-
modda) 
Bugun dunyoda nanotexnologiya jadal rivojlanmoqda. Ushbu yo‘nalishda 
yaratilgan ilmiy ixtirolar iqtisodiyot, tibbiyot, biologiya, ekologiya, aviatsiya, 


radioelektronika kabi ko‘plab muhim sohalarda yuqori samaradorlik va 
tejamkorlikka erishish imkonini bermoqda. 
Mamlakatimizda 
fan, 
ta’lim 
va 
ishlab 
chiqarish 
integratsiyasini 
rivojlantirishga 
qaratilayotgan 
e’tibor, 
intellektual 
salohiyatning 
qo‘llab-
quvvatlanishi samarasida ilm-fanning ushbu zamonaviy yo‘nalishi ham izchil 
taraqqiy etmoqda. Prezidentimiz Islom Karimovning 2008 yil 15 iyuldagi 
“Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni 
rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu 
boradagi sa’y-harakatlar ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qilmoqda. 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarni 
tizimli asosda tashkil etish va rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan maxsus 
dastur asosida Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo‘limi, Polimerlar kimyosi 
va fizikasi, Yadro fizikasi, Umumiy va noorganik kimyo institutlari, Toshkent davlat 
texnika universitetining “Fan va taraqqiyot” ilmiy texnologik majmuasi va boshqa 
ilmiy muassasalarda nanotexnologiyalar sohasida qator istiqbolli loyihalar amalga 
oshirilmoqda. 
Bugun tobora rivojlanayotgan mamlakatimiz sanoatini va zamonaviy ishlab 
chiqarish sohalarini polimer mahsulotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu ehtiyojni 
qondirish 
uchun 
ilmiy 
tadqiqot 
ishlari 
va 
nanotexnologik 
ishlanmalarni 
muvofiqlashtirish asosida nanotizimlar hamda nanomateriallar sanoatini yaratish 
zarurati yuzaga kelmoqda. 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida 
nanotexnologiya yo‘nalishida olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishi 
ushbu ustuvor vazifalarni hayotga tatbiq etishga yo‘naltirilgan. Shu maqsadda 
polimer tizimlarda nanozarrachalar va nanotuzilmalarning shakllanishi, ularning 
yaratilishi, materiallarning maxsus xossalarida namoyon bo‘lishini o‘rganish hamda 
undan amalda samarali foydalanishga oid tadqiqotlar olib borilayotir. Mazkur 
institutdan ma’lum qilishlaricha, bunday fundamental tadqiqotlar allaqachon 
o‘zining yuqori samaradorligini namoyon etmoqda. Qator loyihalar bo‘yicha muhim 
natijalarga erishildi, xususan, tabiiy va sintetik polimerlardan nanopolimer tizimlar 
ajratib olindi. 
Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ekinlariga zararkunandalar, hasharotlar va 
kasalliklarga qarshi bir necha bor kimyoviy ishlov beriladi. Hozir amalda 
foydalanilayotgan bunday vositalar asosan chetdan valuta evaziga olib kelinadi. 
Qolaversa, ularning foydali jihatlari bilan birga atrof-muhitga muayyan salbiy ta’siri 
ham bor. 
Shu bois institut olimlari bunday vositalarni mahalliy xomashyo va 
texnologiyalar asosida ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda. 
Masalan, ipak qurti g‘umbagidan ajratib olinadigan “O‘zxitan” preparati ekologik 
sof va samaradordir. Nanotexnologiyalarning muhim xususiyatlarini o‘zida 
namoyon etuvchi ushbu ixtiro amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. “O‘zxitan” 
bilan ishlov berilgan ekinlarning mahsuldorligi, urug‘ning unuvchanlik xususiyati, 
kasallik, zararkunandalar va murakkab iqlim sharoitlariga bardoshliligi bir necha 
barobarga oshdi. Tabiatga mutlaqo zararsiz ushbu vositaning o‘zi esa tuproqqa 


singib ketadi. Hozirgi kunda bu preparatdan oziq-ovqat sanoati va tibbiyotda ham 
samarali foydalanilmoqda. 
– Olimlarimizning yana bir muhim ixtirosi polimer tizimlar asosida yaratilgan, 
g‘o‘za parvarishida muhim o‘rin tutuvchi “Polidef” vositasidir, – deydi Polimerlar 
kimyosi va fizikasi instituti direktorining o‘rinbosari Abdushukr Sarimsoqov. – 
Xorijda ishlab chiqarilayotgan shunday vositalar ekologiyaga salbiy ta’sir etishi 
barobarida ochilmagan ko‘saklarni quritadi. “Polidef” sepilganda esa g‘o‘zadagi 
ko‘raklar qurimaydi, tuproqqa ziyon yetmaydi. Mamlakatimizning qator 
viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklarida olib borilgan sinov-tajriba ishlarida uning 
samaralari yaqqol namoyon bo‘ldi. Davlat kimyo komissiya ushbu ixtironi sinovdan 
o‘tkazib, ishlab chiqarishga ruxsat berdi. U mamlakatimizning mahalliylashtirish 
dasturiga 
kiritilib, 
«Farg‘onaazot» 
ochiq 
hissadorlik 
jamiyatida 
ishlab 
chiqarilmokda. 
Davlatimiz rahbari tomonidan soha rivojiga qaratilayotgan doimiy e’tibor 
tibbiyotda ham samarali ixtirolarni yaratish va amalga tatbiq etish imkonini 
berayotir. Ana shunday muhim ishlanmalardan biri “SelAgripp” preparati 
farmakologik xususiyatlari jihatidan xorijiy dori vositalaridan aslo qolishmaydi, 
narxi esa bir necha barobar arzon. Hozirgi kunda poytaxtimizdagi “Radiks” ilmiy 
ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarilayotgan ushbu preparat gripp 
kasalligining oldini olish va davolashda samaralidir. Shu kunlarda olimlarimiz 
“SelAgripp”ning pediatriya sohasida qo‘llaniladigan turlarini yaratish yuzasidan 
izlanish olib bormoqdalar. 
Kuyish oqibatida kelib chiqqan va bitishi qiyin yaralarni davolash tibbiyotning 
dolzarb muammolaridandir. Hozir bu jarayonda tibbiyotimizda xorijdan olib 
kelinayotgan plyonka qoplamalardan foydalanilmoqda. Mahalliy xomashyo asosida 
yaratilgan plyonka qoplama bu borada bir qancha afzalliklarga ega. Xususan, bu 
vosita jarohat joyiga bog‘langach teriga singib ketadi. Uning tarkibidagi 
nanotuzilmali kumush zarrachalari jarohatni tez va samarali davolash, bemorning 
immun tizimini kuchaytirish imkonini beradi. Respublika shoshilinch tibbiy yordam 
ilmiy markazi mutaxassislari kuyish asoratlarini davolashda qo‘llanilayotgan ushbu 
ixtironing shifobaxshligini alohida e’tirof etdilar. 
Nanotexnologiya sohasidagi izlanishlarning yuksak natijalari dermatologiya, 
pulmonologiya va ftiziatriya sohalarida ishlatiladigan inson vujudiga beziyon shifo 
vositalarini yaratishda ham yaxshi samara bermoqda. 
Institutda tabiiy polimerlar bilan bir qatorda sintetik polimerlardan 
foydalanishning istiqbolli yo‘nalishlariga oid izlanishlar ham ko‘plab muhim 
ixtirolarga asos bo‘lmoqda.
Kelajak fani bo‘lgan nanofan va nanotexnologiya yo‘nalishidagi bunday 
tadqiqotlarda yoshlar ham o‘z salohiyatini namoyon etayotir. Ular jahonning 
taraqqiy etgan mamlakatlarida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanlarda faol ishtirok 
etib, ilm-fanimizning bunday muhim natijalarini dunyo ilmiy jamoatchiligi o‘rtasida 
keng namoyish etmoqda. Iqtidorli yigit-qizlar safini kengaytirish maqsadida 
institutda yurtimizning boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari bilan 
mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. 


Yurtimizda nanotexnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy-intellektual salohiyatni 
rivojlantirish, 
ilmiy-texnika bazasini takomillashtirish va xalqaro aloqalarni 
kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli ishlar 
mamlakatimizning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin