Qisqa tutashuv tokini nisbiy birliklarda hisoblash
Elektr tarmoq qarshiliklarini hisoblash. Dastlab bazis kattaliklar aniqlanadi. Bazis quvvati ixtiyoriy tanlanishi mumkin. Ammo, odatda o’nga karrali sonlar olinadi. Masalan, 10, 100 MVA. Bazis kuchlanishi sifatida q.t. nuqtasi kuchlanishi olinadi. Keltirilgan sxemada EYUK bo’lmaydi, faqat karshilik va uzatuvchi simlar ko’rsatiladi. Keltirilgan sxema asosida elektr tarmoq elementlarining induktiv qarshiliklari hisoblanadi.
Elektr tarmoq elementlarini to’g’ri ketma-ketlikdagi qarshiliklarini qisqa tutashuv nuqtasiga keltirish. Bunda keltirilgan sxema karshiliklari qisqa tutashuv nuqtasiga qarab elektr sxemalarni almashtirish qoidalari asosida yig’ib boriladi. Bu qoidalar 2-jadvalda keltirilgan. Bundan tashqari almashtirish qoidalar kurs loyihasini hisoblash namunasida batafsil keltirilgan.
Elektr tarmoq elementlari teskari ketma-ketlikdagi qarshiliklarini qisqa tutashuv nuqtasiga keltirish. Teskari ketma-ketlikdagi almashtirish sxemasi to’g’ri ketma-ketlikdagi almashtirish sxemasi bir xil bo’lib, faqat elementlarni qashiliklari bilan farq qiladi. Bunda, asinxron va sinxron mashinalarni induktiv qarshiliklari 20% ko’paytirilib almashtirishlar o’sha tartibda takrorlanadi.
Elektr tarmoq elementlari nol ketma-ketlikdagi qarshiliklarini qisqa tutashuv nuqtasiga keltirish. Nol ketma-ketlikdagi keltirilgan sxema fakat elektr sxemaning neytal erga ulangan elementlarini o’z ichiga oladi. Bu sxema dastlabki sxemadan neytrali izolyatsiyalangan elementlarni olib tashlash orqali hosil qilinadi. Sxemada qolgan elementlar uchun 1-jadval asosida keltirilgan sxema elementlar qarshiliklari qayta hisoblanadi.
Qisqa tutashuv toklarini hisoblash. Qisqa tutashuv toklari nisbiy birliklarda(bazis kattaliklarda) quyidagi ifodalardan topiladi. Dastlab tizimning bazis toki hisoblanadi:
Uch fazali simmetrik kiska tutashuvda kiska tutashuv tokining davriy tashkil etuvchisi effektiv kiymati kuyidagi ifodadan topiladi:
Ik =Ib/Xcym
Zarba tokining oniy kiymati:
bu erda -zarba toki koeffitsienti bulib uni 3-rasmdan aniqlaymiz.
Kiska tutashuv kuvvati:
Dostları ilə paylaş: |