Электр қурилмаларда қисқа туташувлар



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə9/18
tarix31.12.2021
ölçüsü0,87 Mb.
#112625
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
«O’tkinchi jarayonlar» fanidan ma’ruzalar matni buxoro – 2013 yi

Tayanch iboralar:

Qisqa tutash kuchlanishi, cho’lg’amning induktiv qarshiligi, uch chulg’amli tranformatorlar, ekvivalent generator, o’zgarmas shinali sistema.



Nazorat savollari

  1. O’zgarmas shinali sistema deb nimaga aytiladi?

  2. O’ta o’tkinchi qarshilikni izohlang?

  3. Qisqa tutash kuchlanishi qanday aniqlanadi?

  4. Tizimning induktiv qarshiligi qanday aniqlanadi?

8 – m a ‘ r u z a.

Reaktorlarda qisqa tutashuv toklari

Reja:


1.Reaktorlarda qisqa tutash toklarini hisoblash.

2. EUY parametrlarini hisoblash.

3. Generatorlar parametrlarini aniqalash.
Reaktorlarning pasportida, odatda, uning nominal toki bilan qarshiligi omlarda ko’rsatiladi.

Elektr uzatuvchi havo va kabel liniyalari. Hisoblash sxemalarida elektr uzatuvchi liniyalar oralig’i ko’rsatiladi. Unda odatda liniya fazasining induktiv qarshiligining solishtirma miqdori ma’lumotnomalarda ko’rsatilgan o’rtacha miqdori asosida qabul qilinib hisobga olingan.

Generatorlar. Sinxron kompensatorlar va dvigatellar uchun hisoblash sxemasida EYUKning yuqori o’tkinchi kattaligini qabul qilish kerak. SHartli ravishda, hamma sinxron mashinalar qisqa tutashuv sodir bo’lguncha qisqichlarda nominal kuchlanish bo’lib, nominal quvvat koeffitstenti bilan to’la nominal quvvatda ishlatiladi deb hisoblanadi. Bundan tashqari hamma sinxron mashinalar UAR va uyg’onishni jadallashtirish qurilmasi bilan ta’minlangan deb hisoblanadi. Ma’lumotnomalarda manbalar EYUKning o’rtacha qiymati keltirilgan, generatorlar uchun bu miqdorlarni (4.1) ifodadan aniqroq qiymatlarni hisoblab topish mumkin. Ma’lumotnomalarda motor yuklamasining EYUK haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, qisqa tutashuv toklarini hisoblashda yuklamaning ta’siri har xil hisobga olinadi. Generatorga to’g’ridan-to’g’ri ulangan yuklama quvvati generator quvvatiga yaqin bo’lsa, EYUKning korrektsiyasi orqali hisobga olinadi va u qiymatigacha olinadi. Qisqa tutashuv joyiga yaqin ulangan katta quvvatli yuklamalar, parametrlari bo’lgan, umumlashtirilgan manbalar ko’rinishida hisobga olinadi. Qisqa tutashuv joyidagi uzun liniyalar transformatsiyalash pog’onalari bilan ajralgan yuklamalar, odatda, hisobga olinmaydi. Elektr stantsiyalarining o’z ehtiyoji sistemasidagi qisqa tutashuvda motori yuklama aloxida hisobga olinadi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin