Elektr zaryadi. Kulon qonuni. Elektr maydoni


- rasm. ρ hajmiy zaryad zichligi bilan zaryadlangan elementar hajm



Yüklə 376,56 Kb.
səhifə6/7
tarix02.12.2023
ölçüsü376,56 Kb.
#137286
1   2   3   4   5   6   7
Elektr zaryadi. Kulon qonuni. Elektr maydon kuchlanganligi va po-fayllar.org (3)

9.8 - rasm. ρ hajmiy zaryad zichligi bilan zaryadlangan elementar hajm
9.8-rasmda ρ hajmiy zaryad zichligi bilan zaryadlangan dV elementar hajm keltirilgan. dV hajm elementi zaryadi dq = ρdV ga teng. Boshqa tarafdan, ρ fazoviy koordinatalarning uzluksiz funksiyasi hisoblanadi.
Elementar dV hajmning 1 - tomonidan chiqqan tashqi normal x o‘qining manfiy yo‘nalishiga mos keladi. Shu sababli, shu sirt bo‘yicha vektor oqimi – Ex(x)dydz ga teng bo‘ladi. Parallelopipedning 2 – sirtidan chiqqan tashqi normal x o‘qining musbat yo‘nalishiga mos keladi va shu sirt bo‘yicha oqim + Ex(x + dx)dydz ga teng bo‘ladi. Ikkala oqim yig‘indisi
ga (9.20)
teng bo‘ladi.
Parallelopipedning butun sirti bo‘yicha to‘la oqim

ga (9.21)


teng bo‘ladi, bu yerda
Ostrogradskiy - Gauss teoremasiga asosan, shu oqim

dN = q = ρdV ga
tengdir. (9.20) va (9.21) ifodalarni taqqoslasak, quyidagiga ega bo‘lamiz:
divE =ρ (9.22)
Bu ifoda Ostrogradskiy-Gauss teoremasining differensial ko‘rinishidir. Elektr maydonining divergensiyasi elektr oqimining fazoviy koordinatalar yo‘nalishlari bo‘yicha gradiyentlar yig‘indisiga yoki zaryadlangan hajmning hajmiy zaryad zichligiga teng bo‘ladi.
Ostrogradskiy-Gauss teoremasini amalda tatbiq etish uchun, quyidagi tushunchalarni kiritamiz:
· zaryadlarning hajmiy zichligi deb, jismning bir birlik hajmiga mos kelgan zaryadga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizikaviy kattalikka aytiladi, ya’ni

, (9.23)


bu yerda q – jismning V hajmiga mos kelgan zaryad miqdori.
· zaryadning sirt zichligi deb, jismning bir birlik sirt yuzasiga mos kelgan zaryadga miqdor jihatdan teng fizikaviy kattalikka aytiladi, ya’ni
, (9.24)
bu yerda q – jismning S yuzasiga mos kelgan zaryad miqdori.
· zaryadning chiziqli zichligi deb, jismning uzunlik birligiga mos kelgan zaryadga miqdor jihatdan teng fizikaviy kattalikka aytiladi, ya’ni
, (9.25)
bu yerda q – jismning uzunligiga mos kelgan zaryad miqdori va quyidagi misollarni ko‘rib chiqamiz.


Yüklə 376,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin