Elektromagnit maydoni va uning inson organizmiga ta’siri. Reja



Yüklə 306,5 Kb.
səhifə2/2
tarix27.10.2022
ölçüsü306,5 Kb.
#118726
1   2
1. Elektromagnit maydonining organizmga ta’siri. Elektromagnit m

L=101g =101g , (1.)
Ekranning mustahkamligiga asoslanib, ular yaxshi elektr o’tkazuvchan, qalinligi 0,5 mm dan kam bo’lmagan yaxlit materiallardan tayyorlanadi. Kuzatish uchun va texnologiya nuqtai nazaridan qoldirilgan ochiq joylar yacheykasi 4x4 mm dan kam bo’lmagan metall to’r bilan to’silishikerak. Ekran albatta yyerga ulanishi zarur. To’r va ekran elementlari o’zaro yaxshi payvandlangan bo’lishikerak. CHunki elektr o’tkazuvchanlikning pasayishi ekran effektining keskin kamayishiga olib keladi.
Ekran bilan elektromagnit maydonining kuchsizlanish darajasi shartli ravishda elektromagnit to’lqinlarining ekran materialiga kirib borishi chuqurligi ekran qalinligidan kamroq bo’lishi bilan belgilanadi.
Magnit maydonining ekranga kirib borish chuqurligi d bo’lganda, undagi kuchsizlanish e=2,718 marta bo’lsa, quyidagi formula bilan aniqlanadi:


(2.)

Bunda: -ekran moddiyining mutloq magnit qarshiligi g/m; -ekran moddiyining solishtirma o’tkazuvchanligi, Sm/m; f-chastota, Gs.


Bunda ekranni muhofazalanish samaradorligi quyidagi tengsizlikni qanoatlantirishkerak:


E>jd/ , (3.)

Bunda: d-ekran moddiyining qalinligi, mm; , , f-qancha katta bo’lsa, maydonning ekran qalinligiga kirib borish chuqurligi shuncha kam bo’ladi; bu esa ekranni yupkalashtirish imkonini beradi.


Odatda yuqori va o’rta yuqori chastotadagi elektromagnit maydonlarining kirib borish chuqurligi juda kichkina (mm dan ancha kichkina), shuning uchun bunday ekranlarni tanlash konstruksiya nuqtai nazaridan karaladi.

3.Elektromagnit maydonini o’lchov asboblari


Ish joylaridagi elektromagnit maydoni intensivligini baholash uchun elektromagnit maydoni hosil qilayotgan manba yaqinida maydonning elektr va magnit kuchlanishlari ayrim-ayrim o’lchash bilan belgilanadi.


CHunki, elektromagnit maydoni zonadagi elektr va magnit maydonlarining umumiy ta’siri ostida vujudga keladi (14.2.-rasm).
Elektromagnit maydonining kuchlanishini o’lchaydigan asosiy asbob IEMP-1 va uning bir necha modifikasiyalari mavjud. Bu asbob yordamida elektr maydonining 50 Gs-100 kGs va 100 kGs, shuningdek, magnit maydonining 100 kGs-1,5 MGs diapazonlarida elektromagnit maydonining kuchlanishini o’lchash imkoniyatini beradi. Umumiy ishchi chastotalar diapazonida kuchlanish qiymati elektr tarkibi bo’yicha 5-1000 Vt va magnit tarkibi bo’yicha 0,5-300 A/m bo’lganda aniqlik darajasi 20% tashkil qiladi.
O’lchash davrida asbobning antennasi o’lchashi zarur bo’lgan maydonga o’rnatiladi va uning holati asbob strelkasi shkalada maksimal miqdorini ko’rsatguncha harakatlantiriladi.

2.-rasm. Magnit maydonining kuchlanish oqimi zichligini o’lchash asbobi.


Asbob komplektiga kuchlantiruvchi blok, elektr kuchlanish maydonini kuchlanishini o’lchash uchun ramasimon antenna va kuchlanish taqsimlagich kiradi.


UVCH-SVCH diapazonidagi kuchlanish oqimi zichligi ko’pincha PO-1 asbobi bilan o’lchanadi.

4. Lazer nuridan himoyalanish


Optik kvant genyeratori «lazer» deb ataladi. Lazer hozirgi zamon texnikasining eng yuksak yutuqlaridan biri bo’lib, ixtiro qilingandan keyingi o’n yil ichida juda keng tarqalib ketdi. Lazer asboblari murakkab payvandlash ishlarida, juda aniq o’lchov ishlarida, osmosli asboblarga ishlov berishda, bir kvadrat santimetr yuzada oldingi usullarda olinishi mumkin bo’lgan 50 chiziq o’rniga 600 gacha usullarda olinishi mumkin bo’lgan 50 chiziq o’rniga 600 gacha chiziq chizish mumkin bo’lgan noyob gravyerlik ishlarida va boshqa ko’pgina sohalarda qo’llaniladi.


Lazer nurlari inson organizmiga juda zararli ta’sir ko’rsatishi mumkin, shuning uchun uning ta’sirini kamaytirish maqsadida sanitariya-gigenik normalari va muhofazalanish chora-tadbirlari belgilangan.
Lazer nurlari elektromagnit to’lqinlarining ultrabinafsha nuridan tortib infra qizil nurlarigacha bo’lgan spektr sohalarining hammasini o’z ichiga olgan optik diapazonini qamrab oladi. Lazerning nurlanish oqimi juda kichkina (tashkil qilgan burchagi 1oS) oqim yo’nalishidan iborat bo’lganligidan oqim kuchlanishi zichligi nurlantirilayotgan yuzaga nisbatan juda katta bo’ladi. Lazer nurlarining kuchlanish zichligi 1011-1014 Vt/sm2 ni tashkil qiladi. Har qanday qattiq jism 109 Vt/sm2 kuchlanishda parlanib ketishini hisobga olsak, buning qanday kuchlanish ekanligini tasavvur qilish mumkin.
Bunday katta kuchdagi nur energiyasi inson organizmiga tushib kolsa biologik hujayralarni emirishi va inson organizmiga nihoyatda og’ir ta’sir ko’rsatishi mumkin. Lazer nurlari inson yurak qon aylanish sistemasini, markaziy nyerv sistemasini ko’zni va teri qismlarini jarohatlashi mumkin. SHuningdek, nurlanish qonning qo’yilishiga yoki parchalanishiga, qattiq toliqishiga, bosh og’rig’iga, uyqusizlik dardlariga giriftor qiladi.
Lazer energiyasining birlamchi manbalari sifatida gaz razryadli impuls lampalaridan, doimiy yonuvchi lampalardan SVCH lampalaridan foydalanilib, bularni ishlatish o’z navbatida qo’shimcha har xil xavf manbai hisoblanadi.
Lazer nurlarining inson organizmiga ta’sir darajasi va xarakteri nur yo’nalishi, to’lqin uzunligi, nurlanish quvvati, impuls xarakteri va ularning chastotasiga bog’liq bo’ladi. Lazer nurlari energiyasi organizm hujayralarida yutilib, ularda issiqlik ajrala boshlaydi, har xil hujayraning energiya yutish qobiliyati har xil. Yog’ hujayralari energiyani mutlaqo yutmaydi.
Ko’z hujayralarida yog’simon qavat mutlaqo yo’q, shuning uchun lazer ko’z uchun nihoyatda xavfli.
Shuning uchun O’zbekiston Respublikasi sog’likni saqlash vazirligi tomonidan optik vkant genyeratorlari bilan ishlayotgan kishilar uchun vaqtinchalik sanitariya normalarini belgilashda ko’z qobig’ining intensiv nurlangandagi yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan chegarasi, shuningdek, birmuncha noziq bo’lgan ko’z qorachig’i uchun chegara miqdorlar belgilangan.
Yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan oqim zichligi rubinli lazerlar uchun 10-8 -2; 10-8 Dj/sm2, neodimli lazerlar uchun 10-7 -2; 10-7 Dj/sm2 (bularning ikkalasi impulsli rejimga bog’liq) Geliy neon uchun 10-6 Dj/sm2 (uzluksiz rejim) miqdorida belgilangan.
Lazer nurlaridan saqlanish uchun to’siqlardan va xavfsizlik belgilaridan foydalaniladi. To’siq qurilmalari va belgilar xavfli zonada odam bo’lmasligini ta’minlaydi. Lazer qurilmalari o’rnatiladigan xonalar alohida va maxsus jihozlangan bo’lishikerak.
Bunda lazer nuri asosiy o’tga chidamli devorga qarab yo’naltirilgan bo’lishikerak. Bu devor va shuningdek xonaning boshqa devorlari ham nur qaytarish koeffisienti juda oz bo’lgan materiallardan bo’lishikerak. Jihozlarning ustki qoplamalari va detallari yarqirash xususiyatiga ega bo’lmasligikerak. Xonaning yoritilishi maksimal miqdorda bo’lishikerak, chunki bu holda ko’z qorachig’i minimal kengaygan bo’ladi.
Lazer qurilmalarini ma’lum masofadan turib boshqarishni taminlash va avtomatlashtirish yaxshi natija beradi.
Shaxsiy muhofaza aslahalari sifatida yorug’lik filtrli muhofaza ko’zoynagi, muhofaza to’siqlari sifatida xalat va qo’lqoplarni tavsiya qilish mumkin. Nazorat o’lchovlari maxsus usullar bilan tegishli apparaturalarni qo’llab olib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar


1.O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Toshkent, ,,O’zbekiston", 1992 y.
2. Barkamol avlod - O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent «SHarq",1998 y.
3.O’zbekiston Respublikasini Mehnat kodeksi Toshkent, 1996 y.
4.O’zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi Qonuni Toshkent, 1993 y.
5.V.S.Alekseev, E.O.Murodova, I.S.Davыdova. Bezopasnost jiznedeyatelnosti «Prospekt» Moskva-2006 g.
6.O.Qudratov, T.G’aniev. Hayotiy faoliyat xavfsizligi. Toshkent. «Mehnat»-2004.
7.H.E.G’oipov. Mehnat muhofazasi. Toshkent. «Mehnat»-2000.
8.O’.R.Boynazarov. Hayot faoliyat xavfsizligi. Ma’ruza matnlari to’plami. Qarshi-2000.
9. G’.E.YOrmatov. Hayot faoliyat xavfsizligi (Ma’ruza matnlari to’plami), Toshkent-2003
10. Bezopasnost jiznedeyatelnosti. Pod obщey redaksiey doktora texn. nauk, professora S.V.Belova. Moskva, «Vыsshaya shkola» 2003.
Yüklə 306,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin