1.3-§ O’rta mahsus ta’lim jarayonida informatika va AT fanini o’qitish metodikasi. Ta`lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biri bo´lgan informatika va axborot texnologiyalarining fan sifatida o„ziga xosligi, uning zamonaviy fanlar tizimida tutgan o„rni va ahamiyatidan, hozirgi jamiyat hayotidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda «Informatika va AT» fanini o„qitishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o„quvchilarda kompyuter savodxonligini shakllantirish;
o„quvchilarda axborotga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jarayonlari haqidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli o„zlashtirib olishlarini ta`minlash;
o„quvchilarga dunyoning zamonaviy ilmiy ko„rinishini shakllantirishda axborot jarayonlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida yangi axborot va kommunikatsion texnologiyalarning ahamiyatini ochib berish;
kompyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko„nikmalarini shakllantirish.
«Informatika va AT» fanining pedagogik vazifalari insonning umumiy ta`lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo„shadigan o„ziga hos xissasi bilan aniqlanadi.
O„quvchilarda informatika haqidagi bilimni shakllantirish va ular tafakkurini rivojlantirish.
Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o„quv predmetlarini o„qitish jarayonida ishtirok etadi.
Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
O„quvchilarni amaliy faoliyatga, mehnatga, ta`lim olishni davom ettirishga tayyorlash.
Yuqoridagi masalalardan hech biri boshqalaridan ajratilmagan holda, alohida hal etilmasligi lozim. Ular bir butunlikda bir-biri bilan chambarchas bog‟liq holda amalga oshirilishi lozim. o„quvchilar informatika asoslarini mustahkam egallashlari asosidagina ularning tafakkurini tarbiyalash va ilmiy dunyoqarashni yaratish mumkin. Ikkinchi tomondan, mantiqiy fikrlashga o„rgatish bilangina, o„quvchilarning informatikani fan sifatida uning o„ziga xos tomonlarini chuqur tushunishlariga erishish mumkin. Bundan tashqari, informatikani o„qitish jarayonida amaliy faoliyatga tayyorlash vazifasini to„g‟ri hal etishga erishish uchun informatika kursining ilmiyligini oshirish lozim. Faqatgina to„g‟ri va chuqur xulosalar qila olsagina, o„quvchilar har bir masalani echishga tanqidiy va ijodiy yondasha oladilar, yangi muammolar oldida o„zlarini yo„qotib qo„ymaydilar va turli shart-sharoitlarda unumli faoliyat ko„rsata oladilar. SHuningdek, amaliy ish o„quvchilarning dunyoqarashini kengaytiradi va uni yangi faktlar bilan boyitishadi, hamda informatikadan bilim darajalarini oshiradi, chuqur, to„liq va mustahkam bo„lishini ta`minlaydi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o„quvchilari o„zlashtirishi zarur bo„lgan informatika va AT fani mazmuniga qo„yiladigan talablar:
Informatsiya, o„lchov birliklari, xususiyatlari, vatanimizda informatika fanining taraqqiyoti, algoritm tushunchasi, dastur, uning turlari, EHM umumiy
tuzilishini bilish;
Norton Commander (NC) operatsion qobig‟i haqida tushuncha, fayl tushunchasi, fayllarning turlari va nomlanishi, NCda fayllar ustida bajariladigan amallar, funktsional tugmachalar va ulardan foydalanish, amaliy dasturlar va
ularning asosiy turlarini bilish;
Windows nima, Windows dasturining afzalliklari va o„ziga xos
xususiyatlarini bilish;
Kompyuter grafikasi tushunchasi, grafik muharrirlari va ularda tasvir hosil qilish, grafik muharrirlarning matnlar muharrirlaridan farqi va
o„xshashliklarini bilish;
Matn muharrirlari, ularning turlari, matnlarni kiritish va xotirada saqlash, xotiradan o„qish, ularni tahrir qilish usullari, matnlarni shakllantirish, bosmaga chiqarish usullarini bilish;
Elektron jadval tushunchasi, ularning turlari, elektron jadvallarni ishga tushirish va ulardan chiqish tartibi, elektron jadval yacheykalari ustida amallar bajarish qoidalarini bilish;
Ma`lumotlar bazasi, ularning turlari va hosil qilish usullari, ma`lumotlar bazasini ishga tushirish va undan foydalanish tartibi, ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari haqida tushunchaga ega bo„lishdan iborat.
Axborot jamiyati tushunchasi, mamlakatimizdagi axborotga oid qonunlar mazmuni, lokal va xalqaro tarmoqlarni bilish.
Respublikamizdagi o„rta maxsus, kasb-hunar, maktab ta`limi tizimida faoliyat ko„rsatayotgan professor-o„qituvchilarni malaka oshirish kurslarida ilg‟or pedagogik va axborot texnologiyalari bo„yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish davr talabidir. Mamlakatimizda ta‟lim sohasida ro„y berayotgan tub yangilanishlar har bir ta‟lim muassasasida o„quv jarayoni metodik ta‟minotini rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari yaqin yillar ichida pedagogik innovatsiyalarning asosiy manbai bo„lib qoladi.Ta‟lim oluvchilar uchun mustaqil bilim olish imkoniyatlarini oshirish, ta‟limning elektron axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish ta‟lim mazmunini takomillashtirishning zaruriy shartlaridan biri sanaladi.Ta‟lim–pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo„lib, o„quvchi-talaba bilan o„qituvchi(pedagog)ning shaxsga yo„naltirilgan o„zaro munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng bo„lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishida fanning roli ortib bormoqda.
O„rta maxsus ta‟lim DTS o„quv jarayonida yangi pedagogik texnologiya, ta`lim dasturlari, umumdemokratik prinsiplarda tashkiliy – boshqaruv funksiyalarni rivojlantirish, o„quvchilarga shaxs sifatida qarash, o„quv-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ijtimoiylashtirish, ijtimoy muassa sifatida maktab huquqlarini kengaytirishni joriy qilishni nazarda tutib o‟rta maxsus ta‟limining asosiy yo„nalishlarini aniqlaydi.
O„qituvchi va talabaning maqsadi bo„yicha natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda talabalarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitga qarab ishlatilgan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun balkim, komp‟yuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo„lar, bular o„qituvchi va talabaga bog‟liq.