Elektronika sxemalar



Yüklə 2,42 Mb.
səhifə1/5
tarix18.10.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#130561
  1   2   3   4   5
Mustaqil ishga namuna


ELEKTRONIKA SXEMALAR ”




fanidan
MUSTAQIL ISHI
tayyorlash ushun namuna

Mavzu: Kirish. Elektr zanjirlarining asosiy tushunchalari, elementlari va qonunlari.

Reja :
1. Fan haqida tushuncha. Fan tarixi. Fanning xalq xo‘jaligidagi roli.


2. Elektr zanjir va uni elementlari.
3. Asosiy qonunlar.


KIRISH
Elektrotexnika faniga tushuncha. Elektrotexnika-elektr va magnit xodisalardan texnikada foydalanish haqidagi fandir. Elektrotexnika faninig xalq xo‘jaligidagi roli Bugungi elektrotexnika fani ko‘p kirrali bulib juda ko‘p soxalarda qo‘llanilmokda Xozirda buyuk ijtimoiy va iktisodiy o‘zgarishlar asrida elektrotexnika faning axamiyati benixoya usdi. Elektrotexnikaning muxim soxalaridan bulgan elektroenergetikani xayotimizda nakadar katta urin olganini respublikamiz misolida kurish mumkin. O‘zbekiston energetiklarining gayrati va shijoati bilan 1926 yildanyok Buz suv GES i,CHirchik GES kaskadlari ishga tushirila boshlandi. 1945 yilda quvvati 150 ming k Vt bulgan Farxod GES i ishga tushdi.Xozirgi payitda CHorvok,Tuyamuyin GES lari kabi yirik gidrrotexnika inshootlari xamda umumiy quvvati 6-7 mln. kVt dan ortik Angren,Toshkent, Sirdaryo, GRES lari ishlab turibdi va xar biring quvvati 3-4 mln. kVt li yangi GRES larni kurish davom etmokda Bular xammasi ulkamizni kiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi.Endilikda sanoat va kishlok xo‘jaligining, transport va kurilishning, aloka va kosmonavtikaning, turmush ixtiyojlari va meditsinaning biror soxasi yukki, u elektrotexnika fani bilan boglanmagan bulsin. Zamonaviy elektrotexnikaning rivojlanishi elektr kurilmalardan yupka katlamli mikrosxemalar, tranzistorlar, diodlar, mikroprotsessorlarni ishlatishga imkon beradi. Yil sayin yangidan yangi avtomatik liniyalar, sexlar va avtomat zavodlar ishga tushmokda natijada elektrotexnika fanidan yangi - elektronika, avtomatika, mikroelektronika, mikrosxematexnika, kibernetika, EXM larni boshkaruvchi kompyuter texnikasi, loyixalashni avtomatlashtirilgan tizimlari kabi fanlar ajralib chikdi.
Xulosa. Xozirgi zamon texnikasining asosiy fundametllaridan biri bulgan elektrotexnika fanini mustaxkam urganish zarur. Bulajak mutaxassislar xalq xo‘jaligining turli soxalaridagi vazifalarni muvoffakiyatli xal etishlari uchun ixtisosligi elektrik bulish bulmasligidan kat’iy nazar etarli darajada elektrotexnik bilimlarga va tayyorgarlikka ega bulish kerak.
Fan tarixi. Elektrotexnika elektr haqidagi fan sifatida eramizdan avvalgi IV-V asrlarda yuzaga kelgan. Inson elektr va magnit xodisalarning oddiy kuzatuvchisi bulishdan, to sun’iy energiya manbalarini yaratguncha oradan ko‘p davr utdi. Elekrtrotexnika amaliy fan sifatida tiklanishi taxmiinan XVI asrlardan boshlanib, XIX asr boshlarida fanlar tarakkiyoti katoridan mustaxkam urin oladi. 1802 yili V.V.Petrov elektr yoyini kashf etdi. 1832 yili P.L.SHilling telegraf apparat yaratdi 1833 yili E.X.Lens elektromagnit induksiya qonunlarini asoslab berdi. 1834 yili B.S.YAkobi 1- bulib elekrt dvigatelini ixtiro kildi. 1876 yili P.N.YAblochkov elektr shamini yaratdi.1890 yili A.N.Lodigin metall tolali chuglanish lampasini yaratdi.1882 yili Benardos matelllarni elektr yoyi bilan payvandlashni amalga oshirdi.1888 yili M.O.Dolivo-Dobrovolskiy uch fazali tok sistemasini ishlab chikdi, uch fazali dvigatel, uch fazali tarnsformator yaratdi. 1895 yili A.S.Popov antena yordamida elektromagnit tulkinlarini xar tomonga tarkatishga miyassar buldi va birinchi bulib radiogramma uzatishga erishdi.

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin