12. ELEKTR YURITUVCHI KUCH Tokning muntazam oqib turishi uchun zanjirning ma`lum sohalariga yoki butun zanjirga ta`sir etuvchi tashqi kuchlar zarur ekan. Ularni ximiyaviy protsesslar, bir jinsli bo`lmagan muhitda yoki har xil turdagi ikki xil modda chegarasida zaryad tashuvchilarining diffuziyasi, o`zgaruvchan magnit maydonlari hosil qiladigan elektr maydonlari va x.k. vujudga keltirish mumkin. Tashqi kuchlarning birlik zaryad ustida bajargan ishiga teng bo`lgan kattalik zanjirdagi yoki uning bir qismidagi elektr yurituvchi kuch (EYUK- ε ) deyiladi.
ε (12.1)
bu yerda AchAm =q( ) bo`lib, manbaning qutblari ochiq (uzilgan) bo`lsa,
0, ε U. (12.2)
Elektrostatik va tashqi kuchlarning birlik (+) zaryadni ko`chirishda bajargan ishiga teng bo`lgan kattalik zanjirning berilgan qismidagi kuchlanish tushuvi yoki U kuchlanish deyiladi.