2. ELEKTR MAYDON KUCHLANGANLIGI
Elektrlangan jism atrofida fazoda elektr maydon mavjud bo`ladi. Elektr maydon materiyaning moddadan farqli bo`lgan bir turidir. Elektr maydonga kiritilgan zaryadga shu elektr maydon tomonidan ta`sir etuvchi kuch elektr kuchi deb ataladi, Elektr maydonning asosiy xossalari —elektr zaryadiga bu maydonning biror kuch bilan ta`sir qilishidir. Zaryadga ko`rsatilgan ta`sirga qarab maydonning borligini, uning fazodagi taqsimoti aniqlanadi. Qo`zg`almas zaryadning elektr maydoni elektrostatik maydon deb ataladi. Elektrostatik maydonni faqat elektr zaryadlari hosil qiladi.
Maydonning tayinli bir nuqtasiga qo`yilgan zaryadga ta`sir etuvchi kuchning bu zaryadga nisbati maydonning har bir nuqtasida zaryadga bog`liq emas va maydon xarakteristikasi deb hisoblanishi mumkin. Bu xarakteristika maydon kuchlanganligi deyiladi:
. (2.1)
Maydon kuchlanganligi nuqtaviy zaryadga maydon tomonidan ta`sir qiladigan kuchning shu zaryadga nisbatiga tengdir. vektorning yo`nalishi musbat zaryadga ta`sir etadigan kuch yo`nalishi bilan bir xil bo`lib, manfiy zaryadga ta`sir etadigan kuchga qarama- qarshidir.
Elektrostatik maydonni hosil qiluvchi q nuqtaviy zaryad bilan q0 sinov zaryadi orasidagi Kulon ta`sir kuchini hisobga olsak, (2.1) quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
. (2.2)
Dostları ilə paylaş: |