Elektrotexnika fanining predmeti va uning bugungi kunda jamiyat hayotidagi o’rni Reja


O'zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi



Yüklə 102,28 Kb.
səhifə2/4
tarix29.04.2023
ölçüsü102,28 Kb.
#126076
1   2   3   4
Elektrotexnika fanining predmeti va uning bugungi kunda jamiyat

O'zbekistonda energetikaning rivojlanish tarixi

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Saudiya Arabistonining ACWA POWER kompaniyasi bilan imzolagan bitim O‘zbekistonning energetika sohasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-noyabrdagi 21658-xx-sonli topshirig‘iga binoan Sirdaryo viloyatida ikkita zamonaviy va yuqori quvvatga ega bug‘-gaz qurilmasi qurish hamda foydalanishga topshirish belgilab berilgan edi.
2020-yilning 5-mart kuni Hyatt Regency mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tizimidagi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati Saudiya Arabistonining yirik investori ― ACWA Power kompaniyasi bilan umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollariga teng bitim imzoladi.
Sirdaryo viloyatida ACWA Power kompaniyasi tomonidan 1500 MVt quvvatga ega bug‘-gaz turbinali elektr stansiyasi qurilib, so‘ng 25 yil davomida O‘zbekiston elektr energetika sohasiga nisbatan arzon bahoda elektr energiyasi yetkazib berish nazarda tutilayotgan mazkur investitsiya bitimining yagona xaridori «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati bo‘lib, ushbu bitim O‘zbekistonning energetika sohasi taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shishi kutilmoqda.
Shu o‘rinda bir narsani alohida ta'kidlash joizki, xorij investorlari quradigan 1500 MVt quvvatga ega yangi elektr stansiyasi o‘rtacha 3–4 ta viloyat miqyosidagi iste’molga teng bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqaradi va bu orqali ayni yillarda mavjud elektr energiyasi taqchilligiga ma'lum ma'noda barham beradi.
– Bizning O‘zbekiston bozoriga kirib kelishimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuritayotgan odilona siyosati, mamlakatning rivojlanishi yo‘lida olib borayotgan islohotlari juda muhim o‘rin tutadi. ACWA Power kompaniyasining bu sa'y-harakatlari O‘zbekiston energetika sohasi rivojiga munosib hissa bo‘lib qo‘shilishi biz uchun katta sharaf, – deydi ACWA Power raisi Muhammad Abunayyan.
– Energetika vazirligi tizimidagi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati yurtimiz elektr energetika sohasida alohida ahamiyat kasb etadigan bitimni imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Energetika vaziri Alisher Sultonov aytganidek, ACWA Power kompaniyasi haqiqatan ham O‘zbekistonda elektr energiyasini ishlab chiqarish imkoniyatlarini yanada kengaytirishda strategik hamkor maqomiga ega bo‘lmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatimiz aholisini sifatli elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta'minlashga xizmat qilishi shubhasiz, – deydi «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Dadajon Aynaqulovich Isaqulov.
Ma’lumot o‘rnida: Hyatt Regency mehmonxonasining «Farg‘ona» zalida bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan qiymati 0,55–1,1 milliard AQSH dollari, quvvati 500 dan 1000 MVt gacha bo‘lgan shamol elektr stansiyasini barpo etish hamda Sirdaryo viloyatining Shirin shahridagi kollejda energetika va kimyo texnologiyasi yo‘nalishidagi mutaxassislarning texnik ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan tashkil etiladigan o‘quv markazini rivojlantirish bo‘yicha AQSHning Air Products & Chemicals kompaniyasi ishtirokidagi o‘zaro anglashinuv memorandumlari ham imzolandi.
Elektr energiyasini an'anaviy usullar yordamida ishlab chiqarish allaqachon urfdan qolmoqda. Barcha sohalar qatori ushbu tarmoqda ham eng zamonaviy texnologiya, innovatsiyalarni qo'llash davr talabiga aylangan. Bu, o'z navbatida, atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan, inson salomatligi uchun xavfsiz bo'lgan ekologik toza elektr energiyasini hosil qilish imkonini yaratadi.
Tabiiy resurslarga boy bo'lgan mamlakatimizda keyingi yillarda energetika sohasini isloh qilishda yangicha echim va texnologiyalarga katta e'tibor qaratilayotgani bejiz emas. Ayni paytda O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 90 foizi ko'mir, tabiiy gaz va boshqa neft` mahsulotlarini yoqish evaziga olinadi. Bu ortiqcha yo'qotishlar talab etish bilan birga, atrof-muhitga zarar yetkazmasdan qolmaydi.
To'g'ri, insoniyat taraqqiyotida kishilarning energetikaga bo'lgan ehtiyoji ularni tabiiy manbalar — o'tin, ko'mir, torf va boshqa yoqilg'ilardan foydalanishga majbur qildi. Bu usul hozir ham energetika olishning eng tezkor, aniq va vaqt sinovidan o'tgan yechimi sanaladi. Hatto, ana shu tabiiy boyliklarning qanchalik ko'pligi davlatlarning energetika sohasi rivojini belgilaydi.
O'tgan asrning 2-yarmidan boshlab dunyoda elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojning ortishi hamda bu sohada ilm-fanning taraqqiy etishi uning muqobil usullarini rivojlantirishga ham yo'l ochdi. Bunda suv, shamol, quyosh kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga ekologik toza elektr energiyasi olish ko'zda tutiladi.
Oxirgi 3-4 yilda qulog'imizga tez-tez chalinayotgan “yashil energiya”, “muqobil energiya” tushunchalarining har ikkisi qayta tiklanuvchi energiya so'ziga ishora qiladi. Ma'lumotlarga ko'ra, “yashil energiya”ning asosini Yer yuzidagi hayot manbai bo'lgan Quyosh tashkil qiladi. Shamol, suvning tabiatda erkin aylanishi va boshqa iqlim sharoiti bilan bog'liq jarayonlarning barchasi galaktikamiz markaziy sayyorasi — Quyoshning faolligi hisobiga amalga oshadi. U qayta ishlangani tufayli “qayta tiklanuvchi”, ekologiyaga deyarli zarari bo'lmagani uchun esa “yashil energiya”, deb ta'riflanadi.
O'zbekiston 2030 yilga qadar elektr energiya ishlab chiqarilishida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini hozirgi 10 foizdan 25 foizga etkazishni maqsad qilgan. Bu Prezidentimizning 2019 yil 22 avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida ham o'z ifodasini topgan. Bunday natijalarga erishish uchun energetika vazirligi tomonidan qayta tiklanuvchi energetikada yirik loyihalarni amalga oshirish bo'yicha faol harakatlar boshlangan. Yangi energiya manbalarini topish, qayta tiklanuvchi quvvatlar samaradorligini oshirish hamda ularni energiya tizimida qo'llash ko'lamini kengaytirish maqsadida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko'magida to'g'ridan to'g'ri xoriiy investitsiyalar hisobiga yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.
Yiliga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi
ishlab chiqariladi
Ekologik toza energiya ishlab chiqarishni 2500 mVtga oshirish bo'yicha Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Saudiya Arabistonining nufuzli “ACWA Power” kompaniyasi o'rtasida 2020 yilning mart oyida imzolangan hamkorlik kelishuvi ana shu sa'y-harakatlarning muhim qismi hisoblanadi.
Loyiha uch asosiy bosqichdan iborat bo'lib, umumiy investitsiyaviy qiymati 2,5 milliard AQSH dollarni tashkil etadi. Global miqyosda energiya ishlab chiqarish va suvni sho'rsizlantirish korxonalari sohibi, jami quvvati 38,7 gVt.ga teng elektr energiyasi hosil qilish hamda dunyoning 12 mamlakatidagi 58 ta ob'ektga etkazib berish orqali nom qozongan “ACWA Power” kompaniyasi mamlakatimiz uchun xavfsiz va samarador “yashil” energetika echimlarini taklif etmoqda.
Sirdaryo viloyatida qurilishi boshlangan quvvati 1500 mVt.ga teng issiqlik elektr stansiyasi bu boradagi loyihalarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy qiymati 1,2 milliard AQSH dollari bo'lgan mazkur stansiyaning foydali ish koeffietsenti qariyb 60 foizni tashkil etadi. Bu hozirda faoliyat ko'rsatayotgan boshqa turdosh stansiyalar bilan taqqoslaganda, ishlab chiqarish uchun iste'mol qilinayotgan tabiiy gaz miqdorini deyarli ikki barobar iqtisod qilish imkonini beradi.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, kombinatsiyalangan siklli stansiya Yaponiyaning eng so'nggi gaz turbinasi texnologiyasi asosida quriladi. U ish turkumidagi 2 ta gaz va bitta bug' trubinasi, 2 ta utilizator bug' generatoriga ega bo'lib, dunyodagi eng samarali elektrostantsiyalardan biri bo'lishi kutilmoqda.
Stansiya konstruktsiyasi, uning ish faoliyatini real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi tizim jahondagi eng nufuzli soha mutaxassislari tomonidan mukammal darajada tayyorlangan. Bundan tashqari, eng zamonaviy yechimlar ekspluatatsiya qilish va nazorat vositalaridan foydalanishni ham ko'zda tutadi.
Stansiya yiliga 12 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hozirgi kunda O'zbekistonda elektr energiyasi iste'moli yiliga o'rtacha 68-70 milliard kilovatt soatni tashkil etsa, Sirdaryodagi IES ishga tushgach, qurilma iste'molchilarning elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojining 15 foizini qondirishga hissa qo'shadi.
Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Sirdaryo IES qurilishining rasmiy ochilishi marosimida yurtimiz mutasaddi idoralari rahbar-mutaxassislari, Saudiya Arabistoni va “ACWA Power” kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Mehmonlar tantanali tadbirda nutq so'zlab, yangi elektr stansiyasining imkoniyatlari haqida ma'lumot berildi.
— O'zbekistonda energetika tarmog'ini isloh qilishga qaratilgan keng ko'lamli rejaning bir qismini amalga oshirishda ishtirok etayotganimizdan faxrlanamiz, — dedi “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan. — Bu yo'lda har ikki mamlakat vakillari bir jamoa bo'lib mehnat qilyapmiz. “ACWA Power” kompaniyasining arzon narxlarda elektr energiyasi etkazib berish borasidagi tajribasiga bildirilgan ishonch uchun O'zbekiston Respublikasi hukumati, energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga minnatdorlik bildiraman. Biz amalga oshirayotgan uchta yirik loyiha mamlakatdagi faoliyatimizni kengaytirish imkonini bermoqda.
Mazkur elektr stansiyasining qurilishi davrida mingdan ortiq fuqarolar bandligi ta'minlanadi. Mahalliy aholi orasidan xizmatchilar ishchi guruhlari tarkibiga olinib, pudratchilar, logistika kompaniyalari va muhandislik bo'yicha maslahatchilar bilan shartnomalar tuzilishi rejalashtirilgan. Muhimi, yirik investitsiyaviy loyiha O'zbekistonning energetika quvvatini talab darajasida oshirishga katta imkoniyat beradi. Boisi, 2030 yilga borib mamlakatimizda elektr energiyasi iste'moli 110 milliard kVt soatga etishi kutilmoqda.



Yüklə 102,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin