Karyer temir yo’l transporti (orasi 1520 mm iz) ko’chma tarkibi,
inshootlari va qurilmalari mohiyati va undan foydalanish amaldagi
«O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish
qoidalari», «O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar
harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnoma» va «O’zbekiston
Respublikasi temir yo’llarida ishora berish bo’yicha yo’riqnoma»
talablarining mazkur Qoidalarga zid bo’lmagan
qismlariga muvofiq
bo’lishi kerak.
Har bir karyerda mahalliy sharoitida qo’llashni hisobga oluvchi
«Karyerda temir yo’l transportidan foydalanish qoidalari» ishlab
chiqilishi va korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi
kerak.
Tor izli temir yo’l transportining karyerda ishlashi korxona bosh
muhandisi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi
«Sanoatkontexnazorat» davlat inspekstiyasi organlari bilan
kelishilgan yo’riqnomalar bilan belgilanishi kerak.