yo’l qo’yilmaydi.
Temir yo’lning elektrlashtirilgan uchastkasida temir yo’l
dumpkarlari yoki
boshqa sig’imlarga bir cho’michli ekskavatorlar
bilan yuk ortishga,
karyer
bosh muhandisi (texnik rahbari) tomonidan tasdiqlangan
ishlarni xavfsiz olib
borish usullariga oid
tadbirlar amalga oshirilganda, va quvvat tarmog’ining
kontakt simiga cho’mich tegishidan himoya mavjud bo’lganda yo’l qo’yiladi.
Ekskavatorlarni aytilgan himoya bilan jihozlash O’zbekiston
Respublikasi
«Sanoatkontexnazorat» davlat inspekstiyasi
organlari bilan kelishilgan
bo’lishi kerak.
Qiyalikda vagonlar tarkibi qoldirilsa tormoz tortilgan, g’ildiraklar tagiga tormoz
boshmog’i qo’yilgan bo’lishi kerak.
Ajratilgan vagonning karyer yo’llarida nishabga qarab o’z-o’zidan harakatlanib
ketishidan saqlash uchun, uni ishonchli tormozlash kerak.
Yuk ortish (yuk tushirish) jarayonida temir yo’l
tarkibini uzatish va
harakatlantirish faqat ekskavator mashinistining
ruxsat etuvchi signali
bo’yicha bajarilishi kerak.