Karyer temir yo’l transporti (orasi 1520 mm iz) ko’chma tarkibi,
inshootlari va qurilmalari mohiyati va undan foydalanish amaldagi
«O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan
texnikaviy foydalanish
qoidalari», «O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar
harakati va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnoma» va «O’zbekiston
Respublikasi temir yo’llarida ishora berish bo’yicha yo’riqnoma»
talablarining mazkur Qoidalarga zid bo’lmagan
qismlariga muvofiq
bo’lishi kerak.
Har bir karyerda mahalliy sharoitida qo’llashni
hisobga oluvchi
«Karyerda temir yo’l transportidan foydalanish qoidalari» ishlab
chiqilishi va korxona bosh muhandisi
tomonidan tasdiqlanishi
kerak.
Tor izli temir yo’l transportining karyerda ishlashi korxona bosh
muhandisi tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston
Respublikasi
«Sanoatkontexnazorat» davlat inspekstiyasi organlari bilan
kelishilgan yo’riqnomalar bilan belgilanishi kerak.
Yo’lni yuqori tizilmalari amaldagi Qurilish me’yorlari
va qoidalariga
muvofiq bo’lishi kerak. Karyer va uyumlarda ballasti bo’lmagan temir
yo’llardan foydalanish
taqiqlanadi.
Harakatlanish yo’llari uchun ballast sifatida mahalliy materiallardan
(gil, torf, o’simlik tuprog’i va boshqalari bundan mustasno)
foydalanishga ruxsat etiladi.
Harakatlanish yo’llarini tutash birikmalaridagi
boltlarni soni kamida
to’rtta bo’lishi kerak.
Strelkalar bilan markazlashtirilgan boshqarish qo’llaniladigan stantsiya
va postlarni qordan, jinslar va boshqalardan
tozalash avtomatik,
mexanizatsiyalashgan usul yoki qo’lda kamida ikki shaxs tomonidan
bajarilishi kerak.
Qorong’i paytda, shuningdek tuman va bo’ronlarda strelkani tozalashga
oid ishlar bajariladigan joyga rels kallagidan kamida 0,5 m balandlikda,
kelishi kutilayotgan poezdga qaratib fonar o’rnatish kerak.
Poezdlar harakati jadal
va manevr ishlari katta
bo’lgan temir yo’llarni kesib o’tish joylariga
o’ziturar ogohlantiruvchi belgilar bilan to’silgan
yoki qorong’i paytda yoritiladigan piyodalar
o’tadigan tonneli, ko’prik yoxud yo’laklar
qurilishi
kerak.
Belgilanmagan joylarda temir yo’llardan o’tish