Maykop madaniyati Shimoliy Kavkaz tog` oldi hududlarida tarqalgan bo`lib, mil. avv. III ming yillikning 2-yarmiga oiddir. 1897 yilda tekshirilgan. Maykop madaniyatiga ko`plab qo`rg`onlar, ba`zan mustahkamlangan manzilgohlar mansubdir. Maykop madaniyatining so`nggi bosqichida tosh maqbaralar, jumladan, dalmenlar paydo bo`lgan. Asosiy jangovar v mehnat qurollari sifatida mis boltalar, motiga, cho`qmor, pichoq, xanjar, panshaxa, nayza uchlari hisoblangan. Turli bezak buyumlari, Maykop madaniyatiga mansub qabilalar Sharq xalqlari bilan aloqada bo`lishgnidan dalolat beradi. Maykop madaniyatining qizil, ba`zan naqshinkor sopol idishlari kulolchilik dastgohida tayyorlangan. Xo`jlikning yetakchi shakli – chorvachilik va dehqonchilik bo`lgan. Maykop madaniyati qabilalari ibtidoiy jamoa bosqichiga yashaganlar. Ba`zi qo`rg`onlardan topilgan qimmatbaho buyumlar jamiyatda mulkiy tabaqalanish ildiz otganligidan dalolat beradi.
Maykop madaniyatiga xos Maykop qo`rg`oni Maykop shahri (RF ga qarashli Aligeya Respublikasi poytxti, Kuban daryosi irmog`i Belaya daryosi sohida joylashgan) hududida joylashgan. N.I. Veselovskiytomonidan 1897 yilda o`rganilgan. Qo`rg`onning balandligi 11 m bo`lib, undagi boy qabrda qabila sadori va uning ikki xotini dafn etilgan. Maykop qo`rg`onidan kumush taqinchoqlar va ularga mustahkamlangan 4 ta oltin buqa haykalchalari hamda qimmatbaho guldor chodir topilgan. Chodir yopinchig`iga oltin suvi yuritilgan halqalar, sher v buqa suratlari solingan. Sardorning yoniga 2 oltin va 14 kumush idish qo`yilgan. Ulardan biriga Kavkaz tog`i va bir qator bo`lib ketayotgan hayvonlarni tasvirlovchi manzara o`yib ishlangan. Bu idishdagi tasvirlar – eng qadimgi xaritografik rasmlardan biridir. Sardor xotinlari qabridan bezak buyumlari – tillaqoshlar, turli xildagi olitn va serdolik munchoqlar, feruza va la`l tumorchalar, shuningdek, malika kiyimlariga qadalgaan turli hayvon haykalchalari topilgan. Maykop qo`rg`oni topilmaalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanadi.
Mezolit va neolitda terib-termachlab ovqat topishdan yovvoyi o`simliklar ekish va o`tkazish yo`li bilan vujudga kelgan dehqonchilik eneolit zamonida yuqori хo`jalik shakliga aylanadi. Dehqonchilik va chorvachilik ortiqcha mahsulotlar yetishtirishga va mol ayrboshlashni tartibga solinishiga yordam beradi. Eneolitning yana bir xarakterli xususiyati shundaki, Mesopatamiya, Old Osiyo va Osiyo hududlarida dastlabki shahar-davlatlarning paydo bo`lishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi jarayoni ko`zga tashlanadi. Bu jarayonlar ijtimoiy munosabatlarning keyingi davrlardagi rivojlanishiga juda katta ta`sir ko`rsatadi.