Eng qadimgi davrlardan XXI asirning boshigacha bolgan davrda oqi-hozir.org
O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog’liqdir.
SHaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. CHunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak»1.
YUqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy o’qituvchi qanday bo’lishi zarur?
O’qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonunining 5-moddasi 3-bandiga muvofiq ta’lim muassasalarida sudlangan shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug’ullanishlariga yo’l qo’yilmaydi.
Bizning nazarimizda, zamonaviy o’qituvchi-bakalavr qiyofasida quyidagi fazilatlar namoyon bo’la olishi kerak (so’z yuritilayotgan sifatlar mohiyatan o’qituvchi-bakalavr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan vazifa, burch va mas’uliyatlarini ifodalaydi):
1. O’qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro’y berayotgan o’zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi hamda bu borada o’quvchilarga to’g’ri, asosli ma’lumotlarni bera olishi lozim.
2. Zamonaviy o’qituvchining ilm-fan, texnika va texnologiya yangiliklari va yutuqlaridan xabardor bo’lishi talab etiladi.
3. O’qituvchi o’z mutaxassisligi bo’yicha chuqur, puxta bilimga ega bo’lishi, o’z ustida tinimsiz izlanishi lozim.
4. O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilish, ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
5. O’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida eng samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmog’i lozim.
6. O’qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo’lishi shart.
7. O’qituvchi yuksak darajadagi pedagogik mahorat, chunonchi, kommunikativlik layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo’l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, jest) qoidalari chuqur o’zlashtirib olishga erishishlari lozim.
8. O’qituvchi nutq madaniyatiga ega bo’lishi zarur, uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o’zida aks ettira olishi kerak:
a) nutqning to’g’riligi;
b) nutqning aniqligi;
v) nutqning ifodaviyligi;
g) nutqning sofligi (uning turli sheva so’zlaridan holi bo’lib, faqat abadiy tilda ifoda etilishi); jargon (muayyan kasb yoki soha mutaxassisliklariga xos so’zlar); varvarizm (muayyan millat tilida bayon etilayotgan nutqda o’zga millatlarga xos so’zlarni noo’rin qo’llanilishi); vulgarizm (haqorat qilish, so’kishda qo’llaniladigan so’zlar) hamda konselyarizm (o’rni bo’lmagan vaziyatlarda rasmiy so’zlardan foydalanish) so’zlardan holi bo’lishi, o’qituvchining nutqi sodda, ravon va tushunarli bo’lishi kerak;
d) nutqning ravonligi;
j) nutqning boyligi (hikmatli so’zlar, ibora va maqollar, matallar hamda ko’chirma gaplardan o’rinli va samarali foydalana olish).
9. O’qituvchi kiyinish madaniyati (sodda, ozoda, bejirim kiyinishi), ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchining diqqatini tez jalb etuvchi turli xil bezaklar (oltin, kumush taqinchoqlar)dan foydalanmasligi, fasl, yosh, gavda tuzilishi, yuz qiyofasi, hatto, soch rangi va turmagiga muvofiq ravishda kiyinishni o’zlashtirishga erishishi.
10. O’qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o’rnak bo’la olishi lozim.
O’qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi sifatida o’zida bir qator sifatlarning tarkib topishiga erishishi zarur. CHunonchi, u eng avvalo, mulohazali, bosiq, vaziyatni to’g’ri baholay oladigan, mavjud ziddiyatlarni barataraf etishning uddasidan chiqa olishi zarur. O’quvchi, ota-onalar hamda hamkasblari bilan mulohot jarayonida fikrini aniq va to’la bayon etilishiga ahamiyat qaratishi maqsadga muvofiq. Ular bilan munosabat jarayonida so’zni salbiy holatlar haqidagi dalillarni keltirishdan emas, aksincha, o’quvchi (yoki hamkasbi, ota-onalar)ning muvaffaqiyatlarini e’tirof etishi, ularning yanada boyishiga ishonch bildirishi u bilan tillasha olishiga imkon beradi. Muloqot jarayonida o’qituvchining so’zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrihohlik, samimiylik, do’stona munosabat sezilib turishi, shuningdek, imkon qadar ko’tarinki kayfiyatda bo’lishi zarur.
O’qituvchi shaxsining mazkur talablarga muvofiq keluvchi qiyofasi uning o’quvchilar, hamkasblar hamda ota-onalar o’rtasida obro’-e’tibor qozonishini ta’minlaydi.
O’qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy — nazariy asoslari pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy — pedagogik tayyorgarlik, o’qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yo’nalishi va bunda pedagogik mahorat to’g’risida so’z yuritib, shunday yozadi: "o’qituvchi muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o’qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi.
Birinchidan, ilmiy nazariyalar — taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot bo’lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyar-falsafa, pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul“1.
Demak, o’qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukammal egallash talab etiladi, balki pedagogik amaliyotni to’gri va maqsadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy — nazariy ma’lumotlarga ham ega bo’lish lozim. Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o’qituvchi fazilatining mukammalligini o’z mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lishi bilan bir vaqtda bolalarga bo’lgan munosabatida, ularni xuddi o’z farzandlaridek jon-dilidan sevishida ekanligida ko’rgan. Uning ta’kidlashicha, “agar o’qituvchi faqat ishiga havas qo’ygan bo’lsa, u yaxshi o’qshpuvchi bo’ladi. Agar o’qituvchi bolaga faqat otasi va onasi kabi havas qo’ygan bo’lsa, u oldingi o’qituvchidan yaxshiroq bo’ladi. Bordiyu, ikkala xislatni ham o’zida mujassamlashtirsa, u holda u mukammal va mahoratlio’qituvchi bo’ladi”. Ma’lumki, pedagogik mahorat tizimida o’qituvchining pedagogik nazokati (odobi) muhim mavqega ega. O’qituvchi pedagogik nazokasiz, kasb odobisiz yuksak cho’qqilar sari odimlay olmaydi.
Hali maktab bo’lmagan, pedagogik fikr tarkib topmagan davrdayoq qabila a’zolarining bolalarda mehnatsevarlik, axloq-odob, nafosat, do’stlik, mehr-shafqat, insonparvarlik sifatlarini tarkib toptirish sohasidagi aqp idroki va usullari yillar davomida hayot tajribasi va sinovlaridan o’tib, sayqallanib o’sha davrning olijanob mevasi sifatida bizning davrimizgacha etib keldi. VII asrlarga kelib O’rta Osiyoda ilm-fan va madaniyat sohasidagi rivojlanish bevosita ta’lim va tarbiya beruvchi mudarrislarning qizgin faoliyati hamda ularga qo’yiladigan talablarning nihoyatda rang-barangligi va xilma-xilligi bilan diqqatga sazovordir. Ilk ibtidoiy jamoa va quldorlik davrlaridan boshlab, bolalarning ta’lim va tarbiyasiga javobgar ulamolar hamda mudarrislar nasihat, tushuntirish, ragbatlantirish, maqtash, namuna ko’rsatish, tanbeh berish, ta’qiqlash, majbur qilish, po’pisa qilish, qo’rqitish kabi usullardan foydalanganlar.
Y.A.Komenskiy o’qituvchi obrazini tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo’lishi maqsadga muvofiqpigini ta’kidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o’z ishini sevuvchi, o’quvchilarga mexr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg’otuvchi, o’quvchilarni o’z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakllantiruvchi.
I.G.Pestalossi o’qituvchining kasbiy sifatlariga ba\o berish bilan birga, asosan, uning xalq ta’limi tarmog’ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini egallashdagi ahamiyati va vazifapariga to’xtalib o’tadi.
A. Disterverg o’qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho berib, u o’z faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o’quvchilarni qalbdan yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O’qituvchi bolalarning individual xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan darajada psixologik bilimlarga ham ega bo’lishi kerakligini ta’kidlab o’tgan. Pedagog olim Djon Lokk o’qituvchi psixologiyasining eng muhim jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga Mo’tadillik, Gayrat — shijoatlilik, ehtiyotkorlik kabi xislatlarni kiritib, o’qituvchining pedagogik faoliyatndagi rolini asarlarida yoritib bergan.
Chunki maʼlum darajada taʼlim koʻrmagan odam texnika vositalaridan foydalana olmas edi. Buning uchun esa, koʻplab maktab va Oʻ. kerak boʻlardi. Ayni vaqtda, 18—19-asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy Oʻ.laridan foydalanish keng yoyildi.
Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston oʻlkasida ham Oʻ. eng qadimiy va obroʻli kasb hisoblanib, "ustoz" deb eʼzozlangan. Oʻlkaga islom dini kirib kelishi bilan har bir qishloq, shaharlardagi har bir mahallada masjid va deyarli har bir masjid qoshida maktab tashkil etildi. Bu maktablarning Oʻ.lari domla deb ataldi. Shuningdek, maktablar alohida shaxslar uyida ham tashkil etilib, ular maktabdor deyilgan. Oʻlkamizda qizlarni oʻqitishga ham alohida eʼtibor qaratilib, savodli ayollar uylarida otinoyi maktablari tashkil etilgan. Bu maktab Oʻ.lari otinoyi yoki otinbibi deb yuritilgan. Taʼlim davlatdan ajratilganligi, bolalarning oʻqishi, asosan, ota-onalarning ishi hisoblangani uchun ham Turkistonda Oʻ.lik kasbiga maxsus tayyorlanilmagan. Madrasa koʻrgan yoki maktabdan soʻng oʻz ustida ishlagan savodli kishi Oʻ.lik bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan.
19-asrning oxiridan, yaʼni oʻlkada maʼrifatchilik harakati paydo boʻlishi bilan Oʻ.ning saviyasiga alohida eʼtibor beriladigan boʻldi. Turkistonda anʼanaviy yoʻsinda oʻqitadigan Oʻ.lar bilan birga Yevropa mamalakatlaridan oʻzlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi muallimlar ham faoliyat koʻrsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj olgan kezlarda ancha keng yoyildi. Oʻ.lar saviyasining oshganligi millat ruhiyatida uygʻonish boʻlishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi.
Oʻ. oldida turgan vazifalar va uning mavqei jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha boʻlgan. Jamiyat gullabyashnagan davrda unga eʼtibor yuksak boʻddi yoki Oʻ.ning mavqei koʻtarilgani uchun jamiyat rivoj topdi. Oktabr toʻntarishi amalga oshgandan soʻng va shoʻrolarning oʻz oldiga qoʻygan ommani yoppasiga savodli qilish vazifasini bajarish uchun Turkistonda ham tizimli ravishda Oʻ. tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Chunki butun oʻlka boʻylab ochilgan maktablarda ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Shu sababli Oʻ.lar shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida urushga olinmaydigan boʻldi. Taʼlim tizimi ham mafkuraga boʻysundirilgan shoʻro davrida Oʻ.lar hukmron siyosatni oʻtkazuvchi kuchga aylantirildi. Ular bevosita taʼlimtarbiyaga tegishli boʻlmagan turli gʻoyaviy-siyosiy hamda tashkiliy ishlarga meʼyoridan ortiq jalb etildi. Oʻziga xos boʻlmagan ishlar bilan shugʻullanish Oʻ.lar obroʻsining pasayishiga olib keldi.
Sobiq Ittifoq tarkibidagi boshqa respublikalar singari Oʻzbekistonda ham 1936-yil 10 apreldan SSSR MIK va XKS tomonidan shaxsiy Oʻ. unvoni (ixtisosligi) joriy etildi. Oʻshandan boshlab ped. oʻquv yurtini bitirgan va davlat imtihoni topshirgan shaxsga rasmiy tarzda Oʻ. ixtisosligi beriladigan boʻldi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Oʻ. tayyorlashga alohida eʼtibor berila boshlandi. Bu "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonun (1997-yil 29 avgustda qabul qilingan) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oʻz aksini topdi. Oʻzbekistonda Oʻ.lar universitetlar, ped. oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Oʻ. oʻz pedagogik faoliyati jarayonida ilmiy bilimlarni egallab, pedagogik qobiliyatini shakllantirib boradi. Mamlakatda oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimi joriy etilgan, har bir Oʻ. ga oʻqituvchilar malakasini oshirish intlarida bepul pedagogik va metodik yordam olish imkoniyati berilgan. Mamlakatda har yili 1-oktabrda "Oʻqituvchilar va murabbiylar" kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Respublikada "Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" singari faxriy unvonlar mavjud. Oʻ.larga maksimal darajada qisqa ish kuni va haq toʻlanadigan eng uzun mehnat taʼtili belgilangan. Shuningdek, Oʻ.lar uchun xalq taʼlimi va ped. gazeta va jur.lari, jumladan, oʻzbek tilida "Maʼrifat", rus tilida "Uchitelskaya gazeta" ("Oʻqituvchilar gazetasi") gaz.lari, "Xalq taʼlimi", "Boshlangʻich taʼlim", "Uzluksiz taʼlim", "Taʼlim taraqqiyoti", "Taʼlim va tarbiya", "Til va adabiyot taʼlimi" jur.lari, pedagogik va metodik adabiyotlar nashr etiladi.
2002/03 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi kunduzgi umumiy taʼlim maktablarida 461,1 ming oʻqituvchi ishladi. Ulardan 5 kishi (M.Ismatova, M. Madaliyeva, M.Zokirov, V. Pak, A. Mahmudova) Oʻzbekiston Qahramonidir (2005).
Shuni aytish kerakki, Oʻ. alohida ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat aʼzolarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham Oʻ.ning professional jihatdangina yetuk boʻlishi kifoya qilmaydi. Uning maʼnaviy olami oʻquvchilarga singdirilishi koʻzda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga toʻyingan boʻlishi kerak. Oʻ.lar tayyorlanadigan oʻquv yurtlarida ayni shu jihatga alohida eʼtibor qaratiladi.
Hozirgi pedagogika fani Oʻ.ning amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni toʻla uddalaydigan Oʻ.gina bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga taʼsir koʻrsata oladi. Istiqlol davri Oʻ.larida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini taʼminlash omilidir.
http://hozir.org