T/rR
|
Bajarilgan ishlar mazmuni
|
Bajargan shaxs
|
Muddati
|
Bajarilgan ishlar mazmuni
|
1
|
Fan oyligi uchun ish reja tuzish, rahbariyat tomonodan tasdiqlatish va jamoaga o`qib eshittirish
|
Metodbirlashma rahbari
Sh.Sotvoldiyeva
|
30.09.2022
|
2022-2023-o‘quv yili sentabroyi – boshlang`ich sinflar fan oyligi uchun ish reja tuzildi, rahbariyat tomonodan tasdiqlatildi va jamoaga o‘qib eshittirildi.
|
2
|
Yangi o‘quv yilining birinchi darsi – Mustaqillik darsi: “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida barcha boshlang‘ich sinflarda namunali dars tashkil etish
|
Sinf rahbarlar
|
|
Yangi o`quv yilining birinchi darsi – Mustaqillik darsi: “Yangi O‘zbekistonda el aziz,inson aziz!” shiori ostida barcha boshlang`ich sinflarda namunali dars tashkil etildi
|
3
|
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida iqtidorli va iste`dodli o‘quvchilarni aniqlash hamda rivojlantirish maqsadida quyidagi tanlovlarni tashkil etish:
1. “Men buyuk yurt farzandiman” mavzusida
rasmlar tanlovini o`tkazish.
2. “Mening qo`llarim sehrgar” mavzusidagi
Tadbir asosida o‘quvchilarning ijodkorlik,
Yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllantirish.
3. “Oltin kuz”mavzusida tadbirlar tashkillash.
|
Metodbirlashmarahbari,fan o‘qituvchilari
|
Fan oylikning
2-haftasi
|
Boshlang`ich sinf o`quvchilari o`rtasida iqtidorli va iste`dodli o`quvchilarni aniqlash hamda rivojlantirish maqsadida quyidagi tanlovlarni tashkil etish:
1. “Men buyuk yurt farzandiman” mavzusida
rasmlar tanlovini o`tkazildi.Bunda 1-2-sinf o‘quvchilari qatnashdi.Faxrli o’rinni olgan o’quvchilar rag’batlantirildi.
2. “Mening qo`llarim sehrgar” mavzusidagi
tadbir asosida o`quvchilarning ijodkorlik,
yaratuvchanlik qobiliyatlari shakllantirildi.Yasagan narsalari asosida ko‘rgazmalar tashkillandi.
3. “Oltin kuz”mavzusida ham 1-4-sinf o‘quvchilari she’rlar va sahna ko’rinishlari namoyish etdilar.
|
4
|
Ko‘p yillik tajribaga ega va yosh pedagoglarga namuna bo`la oladigan boshlang`ich sinf o`qituvchilari tomonidan “ochiq dars”lar tashkil etish.
|
Fan o‘qituvchilari
|
Fan oyligi davomida
|
Belgilangan reja asosida 15-29-sentabr kunlari o‘qituvchilar tomonidan ochiq darslar tashkillandi.Darslarga maktab rahbariyati,o‘qituvchilar va ota-onalar taklif etildi.O‘qituvchilar tomonidan tashkillangan ochiq darslar barchaga yoqdi.
|
5
|
Boshlang`ich sinf o`qituvchilarining bilim saviyasini aniqlash hamda metodik yordam ko`rsatish maqsadida diktant va yozma ish o`tkazish.
|
O‘IBDO‘,metodbirlashma rahbari
|
Sentabrning 3-haftasi
|
O‘IBDO‘ hamda metodbirlashma rahbari tomonidan 3-4-sinflar uchun nazorat ish materiallari tuzildi va o‘quvchilardan yozma ishlar olindi.Har bir sinfning sifat va samaradorligi aniqlandi.
|
6
|
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘rtasida “Namunali dars ishlanma”lar tanlovini o‘tkazish.
|
Fan o‘qituvchilari
|
27.09.2022
|
Mazkur tanlovda barcha boshlang‘ich sinf ustozlari ishtirok etishdilar.Barchalarining dars ishlanmalari juda yaxshi.Ayniqsa,M.Mamayusupova va R.Akramovalarning dars ishlanmalari barchaga ma’qul keldi.
|
7
|
Fan oyligida faol ishtirok etgan o`quvchi va o`qituvchilar, tanlov g`oliblarini maktab ma`muriyati tomonidan rag‘batlantirish
|
Maktab rahbariyati
|
30.09.2023
|
Fan oylikda faol ishtirok etgan o‘qituvchilar va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandilar.
|
8
|
Boshlang ‘ich sinflar fan oyligida amalga oshirilgan ishlar, tadbirlar va ochiq darslar yuzasidan hisobot, fotolavhalar asosida hujjatlar to`plamini tayyorlab, maktab rahbariyati va shahar XTB metodistiga topshirish
|
Metodbirlashma rahbari
|
30.09.2023
|
Boshlang`ich sinflar fan oyligida amalga oshirilgan ishlar, tadbirlar va ochiq darslar yuzasidan hisobot, fotolavhalar asosida hujjatlar to`plamini tayyorlab, maktab rahbariyati va shahar XTB metodistiga topshirildi.
|