Enzimologiya



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə8/12
tarix06.07.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#128476
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi (18)

Ingibitorlar ta’siri
Fermentlarning yana muhim xususiyati ma’lum bir ingibitorlar ta’siri ostida inaktivatsiyasi hisoblanadi. Ingibitorlar fermentativ reaksiyalarning qisman yoki to’liq ingibirlanishini keltirib chiqaradigan moddalardir.
Fеrmеntativ reaksiyalarning faolligini pasaytiruvchi moddalar ingibitorlar dеyiladi. Oqsil denaturatsiyasini vujudga keltiruvchi moddalar va
omillar (qizdirish, kislota, ishqor, og‘ir metall tuzlari va boshqalar)
fermentlarni ingibirlaydi. Qaytar va qaytmas ingibirlanish tafovut etiladi.
Qaytar ingibirlanishda reaksiya tezligining pasayishi ingibitor va
ferment o‘rtasidagi reaksiya tezligini qaytar pasayishi hisobiga boradi:
E+I ↔️ EI
Fermentlarning qaytmas ingibirlanishi mustahkam ferment va
ingibitor ta’sirida birikma hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi:
E+ I → Å I
EI kompleksining hosil bo‘lishi kataliz jarayonida ishtirok etuvchi
ferment funksional guruhlari bilan kovalent bog‘ hosil bo‘lishi hisobiga
boradi.[124 b]
Fеrmеntativ reaksiyalarning faolligini pasaytirish ikki xil: konkurеnt (raqobatli) va nokonkurеnt (raqobatsiz) yo’l bilan amalga oshiriladi.
2.2. Raqobatli ingibitor.
Ingibitor tuzilish jihatdan substratga o’xshash modda. Ferment faol markazi bilan bog’lanib, ferment-substrat kompleksi hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Natijada fermentning faol guruhida ingibitor bilan haqiqiy substrat o’rtasida raqobat kelib chiqadi. Raqobatli ingibrlanishda ularning qaysi birining molekulasi ko’p bo’lsa, shu modda bilan bog’lanadi.
E+I=EI (E- ferment, I- ingibitor)
Raqobatli ingibirlanishda boshqalardan farqli ravishda uchtalik kompleks
ESI (ferment-subtrat-ingibitor) hosil bo’lmaydi. Subtratga o’xshash ingibitor ferment molekulasining bir qismini bog’lab, ferment-subtrat kompleksi hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaydi. Ferment molekulalar faol markazidan ingibitorni yuqori kontsentratsiyadagi substrat bilan siqib chiqarilganda tormozlanishni to’xtatish va fermentni katalizlash qobiliyatini tiklash mumkin.
Raqobatli ingibitor subtratga o’xshash bo’lganligi uchun bunday ingibirlash izosterik ingibirlash deb ham ataladi. Ferment faollanishiga tasir etuvchi metabolitlar va yot moddalar raqobatli (izosterik) ingibitorlar bo’lishi mumkin.[3;111-112 b]
Fеrmеnt faolligini raqobatli pasaytirishda reaksiya sur’atini pasaytiruvchi modda (ingibitor) substrat raqibi hisoblanadi va u fеrmеnt substratni biriktirib oladigan joyga, ya’ni fеrmеntning faol markaziga birikib oladi. Ingibitor tuzilishiga qarab raqobatli pasaytirish amalga oshiriladi.


Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin