Enzimologiya


Raqobatli ingibitorlarning ta’siri (V.L.Kretovich sxemasi do’yicha)



Yüklə 1,46 Mb.
səhifə9/12
tarix06.07.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#128476
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
kurs ishi (18)

Raqobatli ingibitorlarning ta’siri (V.L.Kretovich sxemasi do’yicha)
Dеmak, ingibitor faqat fеrmеntning faol markazi uchun substrat bilan raqobatlashadi. Fеrmеnt faolligini raqobatli pasaytirish qaytar xarakatеrda bo’lib, substratning miqdori ko’p bo’lganda fеrmеnt - ingibitor komplеksidan ingibitorni siqib chiqarishi mumkin. Fеrmеntativ reaksiyalar faolligini raqobatli pasaytirishga malonat kislotani misol qilib ko’rsatish mumkin. Bunda reaksiya quyidagicha boradi:



Malonat kislota suktsinat kislotaning gomologi bo’lib, undan faqat bitta mеtil guruhi bilan farq qiladi, bu guruh oksidlanish xususiyatiga ega emas. Agar reaksion muhitga ko’p miqdorda malonat kislota qo’shilsa, reaksiya butunlay to’xtaydi. Agar shu reaksiyaga ko’p miqdor miqdorda substrat (suktsinat kislota) qo’shilsa, reaksiya yana davom etadi.
2.3.Raqobatsiz ingibitor. Raqobatsiz ingibitorlar fеrmеntlarning faol markaziga (ya’ni substrat birikadigan joyga) birikmaydi. Shuning uchun fеrmеntning faolliigini pasaytirish darajasi substrat kontsеntratsiyasiga bog’liq bo’lmaydi. [1;107 b]

Raqobatsiz qaytar ingibirlanish [1;108 b]
Raqobatsiz ingibitorlar fermentativ reaksiyalar uchun zarur bo’lgan faol guruhlarning substratga nisbatan tutgan o’rnini buzadi va oqsil molekulasini deformatsiyaga uchratish yo’li bilan fermentativ faollikni pasaytiradi. Raqobatsiz ingibirlanish- fermentlarning substrat bilan bog’lanishiga emas, uning katalitik o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi. Raqobatsiz ingibirlanish fermentning faol markazidagi katalitik guruhlar yoki boshqa qismi bilan bevosita bog’lanib, fermentning substrat bilan o’zaro bog’lanishiga xalal beradigan darajada katalitik markaz strukturasiga ta’sir ko’rsatadi. Raqobatsiz ingibirlanishni raqobatli ingibirlanishdan farqi shundaki, uch tomonlama kompleks hosil bo’ladi;

Raqobatsiz a-ingibitor ta’sirining sxemasi (simob ionlari) va b-fermentning reaktivlanish mexanizmi [1;106 b]
Ammo bu kompleksdan mahsulot hosil bo’lmaydi. Sianidlardan zaharlanish mexanizmi raqobatsiz ingibirlanishga asoslangan. Ular geminli ferment - sitoxromoksidazani katalitik qismidagi uch valentli temir bilan mustahkam
boglanadilar. Natijada nafas olish zanjiri funktsiyasi toxtaydi va hujayra halok
boladi. Fermentlarning raqobatsiz ingibitorlari qatoriga ogir metallar va ularning
organik birikmalari kiradi. Shuning uchun simob, qorgoshin, kadmiy, mishyak
kabi ogir metallarning ionlari juda zaharli. Ular katalitik qismidagi SH -
guruhlarini boglab, ferment faoliyatini cheklaydi. Ferment - ingibitor kompleksi
substratni biriktirishi mumkin, ammo katalitik guruhlar band bolganligi sababli
substrat keyingi ozgarishlarga berilmaydi. Raqobatsiz ingibirlanishda substratni
ortiqcha miqdori raqobatli ingibitorlar singari ferment tasiridan xalos etmaydi,
faqatgina ingibitorlarni bog’lay oladigan moddalargina yordam berishi mumkin.
Bunday moddalarga reaktivatorlar deyiladi.
Og‘ir metallar oz miqdorda raqobatsiz ingibitor bo’la oladi, miqdori ortsa
inaktivator bo’lib, denaturatsiyalovchi modda singari ta’sir etadi.
Raqobatsiz ingibitorlardan farmakologik vositalar sifatida, qishloq xo’jalik
zararkunandalariga qarshi kurashishda zaharlovchi moddalar va harbiy
maqsadlarda qo’llaniladi. Undan tashqari zaharlanganda ulardan ferment ingibitor
kompleksining reaktivatorlari yoki zaharga qarshi moddalar sifatida foydalanish
mumkin. Barcha SH - tutuvchi komplekslar, (sistein, dimerkaptopropanol), limon
kislotasi, etilendiamintetrasirka kislota reaktivatorlar qatoriga kiradi. [3;114-115 b]
Raqobat qilmaydigan ingibirlanish. Raqobat qilmaydigan ingibirlash deb
faqat ferment substrat kompleksiga ingibitorning birikishidan yuzaga keladigan
fermentativ reaktsiyani tormozlanishiga aytiladi. Raqobat qilmaydigan ingibitor
substratsiz sharoitda ferment bilan boglanmaydi. Bundan tashqari, ingibitor
substratni fermentga boglanishini yengillashtiradi, songra ozi boglanib,
fermentni ingibirlaydi. Bu ingibirlashning kamdan-kam uchraydigan shakli
hisoblanadi.
E + S + I → ES + I → ESI
Substratli ingibirlanish. Substratli ingibirlanish fermentativ reaktsiyada
substratni ortiqcha miqdorda bolishi natijasidagi tormozlanishdir. Bunday
ingibirlanish katalitik ozgarishga berilmaydigan ferment substrat kompleksi hosil
bolishida yuzaga keladi. ES2 kompleksida mahsulot hosil bolmaydi, chunki
ferment molekulasi substratga ota toyinishi oqibatida ferment faolligi kamayadi.
Substratli tormozlanishda substrat miqdorini kamaytirish yoli bilan ferment
faolligini qayta tiklash mumkin.
E + 2S → ES2 [3 115b]

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin