Epilepsiya (yunon epilepsio – ushlab olaman)



Yüklə 18,3 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü18,3 Kb.
#137131
  1   2   3
Epilepsiya


Epilepsiya (yunon. epilepsio – ushlab olaman) turli xususiyatga ega takrorlanuvchi epileptik xurujlar bilan namoyon bo‘luvchi bosh miyaning surunkali kasalligi. Tarixi. Epilepsiya atamasi Gippokrat (mil.av.–377-yillar) tomonidan tavsiya etilgan. Keyinchalik ushbu kasallik Abu Ali ibn Sino (980–1037) tomonidan ham o‘rganilgan. Tarixdan ma’lumki, Suqrot, Aflotun, Yuliy Sezar, Bayron, Janna D ‘Ark, Van Gog, Napoleon, rus imperatori Pyotr, F. Dostoevskiy kabi buyuk shaxslar epilepsiya bilan kasallanishgan. Ba’zi mutaxassislar kuchli tafakkur egalari epilepsiyaga moyil bo‘lishadi deyishsa, boshqa birlari esa tutqanoq xurujlari odamda talant kurtaklarini qo‘zg‘ab yuboradi, deb hisoblashadi. Bu fikrlarga to‘liq qo‘shilish qiyin, biroq epilepsiya bilan kasallangan ba’zi bemorlarda kuchli talant alomatlarini uchratish mumkin. Biz ham o‘z amaliyotimizda «Qur’on» va «Hadis» kitoblarini yoddan biladigan yosh yigitni, kuchli rassom, shoir va matematiklarni ko‘p uchratganmiz. Bunday bemorlar orasida inson hayratda qoladigan darajada hikmatli iboralar o‘ylab topuvchilar, hikmatlarga boy bo‘lgan to‘rtliklar bituvchilar ham bor. Doimo xuruj kuzatiladigan bir bemor qizda sezgi va idrok qobiliyatining kuchayganini kuzatganmiz. Biroq epileptik xurujlar erta to‘xtatilmasa, xurujlar soni ko‘payib, bemorning xulq-atvori ham o‘zgarib boraveradi. Epidemiologiyasi. Dunyo bo‘yicha epilepsiyaning tarqalish darajasi 1000 aholiga 5–10 kishini tashkil etadi. Ammo bu ko‘rsatkich Osiyo va Afrika davlatlarida 3,6–4,2 ga teng. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2010-yilda epilepsiya bilan ro‘yxatga olingan bemorlar soni 50 mln. dan oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 75 % bemor rejali tarzda davolanish muolajalarini olishmaydi. Kasallik ayollarga qaraganda erkaklarda ko‘p uchraydi. Epilepsiya yoshga bog‘liq kasallik bo‘lib, epileptik xurujlar bolalar va 60 yoshdan oshganlarda ko‘p kuzatiladi. O‘rta yoshdagilarda bu kasallik kam uchraydi. Epileptologlar fikricha, yer sharining 5 % aholisi butun umri mobaynida epileptik xurujni kamida bir marotaba boshidan kechiradi.

Yüklə 18,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin